• Taktik bo’g‘inlarda
  • Umumqo’shin bo’linmalari dala aloqa uzellarining tarkibi va mo’ljallanganligi




    Download 1,04 Mb.
    bet5/6
    Sana09.06.2024
    Hajmi1,04 Mb.
    #261953
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    A.Amirov Malaka amaliyot dasturi

    Umumqo’shin bo’linmalari dala aloqa uzellarining tarkibi va mo’ljallanganligi
    Dala aloqa uzellari asosan jangovar holatlarda aloqani ta’minlash uchun tayinlanadi. Tinchlik davrida ular qo’shinlarni o’quv bo’yicha ko’tarilishi va dala o’quvlarida yig‘ilish (jamlanish) hududlarida aloqani ta’minlash uchun mo’ljallangan. Dala aloqa uzellari avtomobillarga, bronetronsporterlarga va uchuvchi vositalarga o’rnatilgan aloqa vositalaridan iborat bo’ladi.
    Taktik bo’g‘inlarda – qo’mondonlik-kuzatuv punktlari (QKP), vzvod va jangovar guruhlarda – kuzatuv punktlari tashkil qilinadi.
    Motoo’qchi bataloni QKP aloqa uzeli mo’b aloqa guruhi tomonidan yoyiladi. (3-rasm).

    3-rasm. mo’b aloqa guruhining tashkiliy tuzilishi.
    mo’b QKP aloqa uzeli batalon aloqa tizimining asosiy elementi hisoblanadi,
    hamda bo’ysunuvchi va biriktirilgan bo’linmalarni boshqarishni ta’minlash, brigada
    komandiri va shtabidan buyruq va farmoyishlarni olish, ma’lumotlar almashish
    uchun mo’ljallangan.
    QKP aloqa uzelining tarkibiga:
    qo’mondonlik-shtab mashinalari guruhi;
    telefon stansiyasi;
    olib yuriluvchi (ranesli) radiostansiyalar guruhi;
    elektr ta’minoti va aloqa vositalariga tehnik xizmat ko’rsatish posti kiradi.
    (4-rasm).

    4-rasm. mo’b QKP aloqa uzeli strukturasi.
    Qo’mondonlik-shtab mashinalari (QSHM) guruhi tarkibiga:
    batalon komandirining BMP-1KSh (R-145BM, R-142N) qo’mondonlik-shtab mashinasi;
    shtab bos’hlig‘ining BMP-1KSH (R-145BM, R-142N) qo’mondonlik-shtab
    mas’hinasi kiradi.
    QSHM guruhi batalon komandiriga va shtabiga harakatda hamda, joyda
    joylashganda radioaloqani ta’minlashga mo’ljallangan. Qo’mondonlik-shtab mashinalari asosan, komandir va shtab boshlig‘ining ish joylaridan 500 m gacha uzoqlikda, panada yoki joyning himoyalovchi hususiyatlaridan
    foydalangan holda joylashtiriladi.
    Telefon stansiyasi brigada komandiri va shtabi bilan, bo’ysunuvchi, biriktirilgan va hamkorlikda harakatlanuvchi bo’linmalar komandirlari bilan telefon aloqasini o’rnatish, mo’b QKPda ichki aloqani ta’minlash, shuningdek radiostansiyalarni masofadan boshqarish uchun mo’ljallangan bo’lib, P-193M dala telefon kommutatori asosida quriladi.
    Olib yuriluvchi radiostansiyalar guruhi brigada komandirining, batalon
    komandirining va hamkorlik radiotarmoqlarida radioaloqani tashkil qilish uchun
    mo’ljallangan. Batalonning og‘ir texnikalarsiz harakatlarida – batalon komandiriga va shtabiga to’la hajmda radioaloqani ta’minlash imkonini beradi.
    Aloqa vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va elektr ta’minoti posti (punkti) olib yuriluvchi radiostansiyalarning akkumulator batareyalarini zaryadlash hamda, aloqa vositalarini joriy ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan.
    Batalon QKP aloqa uzelining ko’chishi batalon QKP bilan birgalikda, batalon
    shtab boshlig‘ining ko’rsatmalari asosida amalga oshiriladi. QKP aloqa uzelini qo’riqlash, mudofaa qilish, ommaviy-qirg‘in qurollaridan himoyalash batalon QKPni qo’riqlash va himoya qilish rejasiga asosan amalga oshiriladi.
    Aloqa uzelini muhandislik jihozlanishi va niqoblanishi ham batalon QKPning
    umumiy muhandislik jihozlanishi doirasida amalga oshiriladi. mo’b QKP aloqa uzelini yoyish va unga xizmat ko’rsatish batalonning aloqa guruhi shahsiy tarkibi tomonidan amalga oshiriladi. QKP aloqa uzelining ishga tayyorlik vaqti, asosan QShMlarining, ichki aloqa va masofadan boshqaruv
    liniyalarining yoyish vaqti bilan belgilanadi va 25-30 daqiqani tashkil qiladi. mo’b QKP aloqa uzeli aloqani tashkillashtirish bo’yicha quyidagi
    imkoniyatlarga ega:
    qisqa to’lqinli (QT) radiotarmoqlarda - 4 gacha radiokanal tashkillashtirish;
    ultraqisqa to’lqinli radiotarmoqlarda (UQT) - 8 tagacha radiokanal
    tashkillashtirish;
    10 km masofagacha simli aloqa liniyalarini yoyish va bir vaqtning o’zida 10 ta telefon abonentiga xizmat ko’rsatish;
    AKBni zaryadlash, aloqa vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mir
    o’tkazish.
    Qo’mondonlik punkti aloqa uzeli qo’shilma aloqa tizimining asosini tashkil
    qiladi. Undan yuqori qo’mondonlik shtabiga, bo’ysunuvchi va hamkorlikdagi
    qismlarga (bo’linmalarga), ilg‘or boshqaruv punktiga to’liq hajmda aloqa
    tashkillashtiriladi. Qo’mondonlik punkti aloqa uzeli ishdan chiqqan hollarda aloqani
    ta’minlash tayinlangan batalonning qo’mondonlik-kuzatuv punkti aloqa uzeliga
    yuklatiladi.
    Qo’shilma (qism) qo’mondonlik punkti aloqa uzeli tarkibiga quyidagi elementlar kirishi mumkin: qo’mondonlik-shtab mashinalari guruhi (QSHM gr) (R-142M2, R-142N, R-145BM, BMP-1KSh); o’rta quvvatli radiostansiya (O’QRst) (R-140M, R-161A2M); kanal hosil qiluvchi guruh (KHQgr) (R-409, R-408); mahfiy aloqani tashkillashtirish seksiyasi (Tlf st) (P-244TN, P-288U); elektrta’minot stansiyasi (Yelst) (AD-10-T/400) (5-rasm).

    5-rasm. Qo’shilma QP aloqa uzeli strukturasi
    Aloqa uzellarining mo’ljallanganligi va jangovar vaziyat shariotlariga ko’ra ayrim elementlar bo’lmasligi yoki aloqa uzelining boshqa elementlari bilan birlashishi mumkin. QSHM guruhi boshqaruv punkti mansabdor shahslari uchun, ularning ish joylaridan bevosita aloqani ta’minlash uchun mo’ljallangan.

    6-rasm. R-142N QShM

    7-rasm. BMP-1KSh
    Telefon stansiyasi turli vositalar bilan hosil qilingan kanallar orqali abonentlarni mahfiylashtirilgan ochiq va yopiq telefon, elektron malumotlarni uzatish, videokonferens aloqalarini, hamda boshqaruv punkti ichki aloqasini ta’minlash uchun mo’ljallangan.

    8-rasm. P-244TN
    Kanal hosil qilish guruhi (stansiyasi) radiorele aloqa vositalari yordamida to’g‘ridan - to’g‘ri aloqa liniyalarida kanallarni (oqimlarni) hosil qilish va yuqori shtabning tayanch aloqa uzeli birlamchi tarmoqlaridan kanallarni (oqimlarni) qabul qilish uchun mo’ljallangan.

    9-rasm. R-409
    O’rta quvvatli radiostansiyalar guruhi (stansiyasi) telefon va telegraf radiokanallarni hosil qilish uchun mo’ljallangan. Elektrta’minot stansiyasi aloqa uzeli elementlarini markazlashtirilgan tartibda elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun mo’ljallangan.

    10-rasm. elektrta’minot stansiyasi AD-10-T/400
    Bundan tashqari aloqa vositalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash va ularni jangovar qo’llash samarasini ko’tarish uchun aloqa vzvodida aloqa boshlig‘ining ko’rsatmasi bilan tehnik hizmat ko’rsatish guruhi tayinlanishi mumkin. Ilg‘or boshqaruv punktining aloqa vositalari qo’mondonlik punkti aloqa uzeli tarkibidan ajratiladi. Front orti boshqaruv punkti aloqa uzeli komandirning front orti va qurol aslaha bo’yicha o’rinbosarlariga yuqori shtab boshqaruv punkti, texnik va front orti ta’minot bo’linmalari komandirlari, hamda o’z qo’shilmasining qo’mondonlik punkti bilan aloqani ta’minlash uchun mo’ljallangan (11-rasm).

    11-rasm. Qo’shilma FOBP aloqa uzeli strukturasi
    Front orti bos’hqaruv punkti aloqa uzeli tarkibiga quyidagi elementlar kirishi mumkin: qo’mondonlik-shtab mas’hinasi (QShM) (R-142M2, R-142N); mahfiy aloqani tashkillashtirish seksiyasi (TLFst) (P-244TN, P-288U); kanal hosil qiluvchi stansiya (R-408). Qo’shilma tizimidagi qo’mondonlik punkti va front orti boshqaruv punkti aloqa uzellarini yoyish va unga hizmat ko’rsatish qo’shilmaning aloqa vzvodi shahsiy tarkibi tomonidan amalga oshiriladi. mo’br aloqa vzvodi qo’mondonlik punkti aloqa guruhi, front orti qo’mondonlik punkti aloqa guruhi, tinchlik davri shtatiga qo’shimcha statsionar aloqa uzelidan tashkil topgan bo’ladi (12-rasm).

    12-rasm. Qo’shilma aloqa vzvodining tashkiliy tuzilishi.


    Download 1,04 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumqo’shin bo’linmalari dala aloqa uzellarining tarkibi va mo’ljallanganligi

    Download 1,04 Mb.