• Ikkinchi tamoyil
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti




    Download 1,04 Mb.
    bet4/6
    Sana09.06.2024
    Hajmi1,04 Mb.
    #261953
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    A.Amirov Malaka amaliyot dasturi

    aloqa ko’rinishi bo’yicha – telefon markazi (stansiyasi), telegraf markazi (hujjatli ma’lumotlar uzatish aloqa markazi, stansiyasi).
    Bundan tas’hqari, aloqa uzeli elementlariga elektr ta’minot markazi (stansiyasi) ham kiradi.
    Afzalliklari:
    aloqa uzeli tarkibida mahfiylovchi apparaturalar va yakuniy apparatura komplektlarining manyovr qilishining mavjudligi;
    bog‘lash liniyalarida ko’p kanalli vositalarni, hamda uzel tarkibidagi krosslar va telefon-telegraf stansiyalarini qo’llash uchun sharoitning mavjudligi;
    turli yo’nalishdagi barcha aloqalarga qo’mondonlik va zahira qo’mondonlik boshqaruv punktlari boshqarmalari va bo’limlari mansabdor shahslarining to’liq ruhsati;
    chastota-distpecherlik hizmatini tashkillashtirish vazifalarini yengil hal qilinishi, mahfiy aloqa havfsizligini ta’minlanishi.
    Kamchiliklari:
    uzel elementlarining bir joyda mavjudligi sababli aloqa uzelining yashovchanligini va uning barqaror ishlashining kamligi;
    telefon-telegraf stansiyalari, kanallar uzatish liniyalaridagi ko’p kanalli kross vositalarining ko’pligi;
    uzel krosslarida kanallarni markazlashtirilgan holda tarqatishda kanallarga ishlov berish vaqtining bir muncha ko’pligi;
    aloqaning, aloqa uzelining bir nechta elementi orqali amalga oshirilishi oqibatida aniq aloqa yo’nalishlarida aloqaning holatiga javobgar shahsning yo’qligi, joylashuv joylarida va uzel ichiga kabel yotqizishda aloqa uzeli elementlari orasida yoyilib joylashishning qiyinlashuvi.
    Ikkinchi tamoyil - turli aloqa vositalarining tezkor – taktik tayinlanganligiga asosan birlashishi, yani turli aloqa vositalarining boshqaruv punkti boshqarmalariga yoki bo’limlariga (mansabdor shahslariga) yoki aniq axborot yo’nalishlariga biriktirish. Aloqa uzelining bunday elementlariga artilleriya bos’hligining boshqaruv punkti aloqa uzeli, ma’lum mansabdorshahslarni aloqa bilan ta’minlovchi radio, kanal hosil qiluvchi, yakuniy vositalar bilan jihozlangan yerdagi havo boshqaruv punktining ulovchi punktini misol qilish mumkin.
    Afzalliklari:
    aloqa uzeli va uning elementlari ishlashining yashovchanligi va barqarorligining oshishi;
    mahfiy aloqani tiklash va kanallarga ishlov berish vaqtining qisqartirilishi;
    aloqa uzeli elementlarini joylashtirishning osonligi;
    aloqa uzeli elementlarida aniq aloqalarni ta’minlashda va ularning holatiga mansabdor shahslarning javobgarligini oshishi.
    Kamchiliklari:
    uzel ichida mahfiylovchi apparaturalar komplektining, hamda aloqa uzeli kanal hosil qiluvchi vositalarning kanallar bilan manevr qilishining qiyinlashuvi;
    uzel ichidagi telefon va telegraf stansiyalarini qo’llash imkoniyatining yo’qolishi va aloqa uzelida kabellar yoyilishining qiyinlashuvi;
    barcha axborot yo’nalishlarida turli boshqarmalar va bo’limlar mansabdor shahslarini aloqa bilan ta’minlashga to’liq ruhsatning yo’qligi;
    aloqa uzelida boshqaruvning, chastota-distpecherlik hizmati vazifalarini va mahfiy aloqa havfsizligini ta’minlashning qiyinlashuvi.
    Bundan tashqari, ikkinchi tamoyilni bajarishda aloqa uzelida apparatlar sonini ko’paytirish talab qilinadi. Taktik boshqaruv bo’g‘inidagi aloqa tizimida asosan boshqaruv punktlari aloqa uzellarini bevosita bog‘lash tamoyili qo’llaniladi. Birinchi tamoyilga ko’ra aloqa uzellari faqat qo’shilma, qism va bo’linmalarning boshqaruv punktlarida yoyiladi. (1-rasm)

    1-rasm. Boshqaruv punktlari aloqa uzellarini bevosita bog‘lash
    Aloqa tizimini ushbu tamoyilga muvofiq qurish bir qancha afzalliklarga ega: aloqani o’rnatish va ta’minlash, yo’nalishlar bo’yicha aloqa javobgarligini taqsimlash, aloqa tizimini boshqarishni ta’minlash, aloqa uzellarini qo’riqlash va mudofaa qilish kabi masalalar oson yechiladi.
    Bular bilan bir qatorda ushbu tamoyil qo’llanilganda boshqaruv punkti aloqa uzellarida aloqa vositalari va xizmat ko’rsatuvchi shahslarning ko’p to’planib qolishiga olib keladi va bu kanalli (yuqori tezlikli) vositalarni ishlatish samaradorligini kamaytiradi. Bundan tashqari elektromagnit moslashuv, aloqa uzellarini niqoblash, shuningdek qo’shinlar qayta guruhlanganda va bo’ysunuvchilar tarkibi o’zgartirilganda yangi aloqalarni o’rnatish qiyinroq bo’ladi.
    Aloqa tizimini ikkinchi tamoyilga binoan qurishda bos’hqaruv punktlari orasidagi aloqalar to’g‘ridan-to’g‘ri emas, balki yordamchi (tayanch) aloqa uzellari orqali ta’minlanadi (2-rasm). Ushbu tamoyil bo’yicha qurilgan aloqa tizimida aloqa uzellari nisbatan kam sonli va ihcham bo’ladi, ko’p kanalli (yuqori tezlikdagi) vositalarni samarali qo’llash, aloqa uzellarini bir nechta yordamchi (tayanch) aloqa uzellariga bog‘lash bilan aloqa tizimining yuqori mustahkamligiga va aylanma aloqa kanallariga erishish, qo’shinlar qayta guruhlangan paytlarda radiorele va simli aloqalarni tezkor qayta o’rnatish mumkin. Lekin bunday aloqa tizimi bir qator kamchiliklarga ham ega:
    yordamchi (tayanch) aloqa uzellari va liniyalarning soni qanchalik ko’p bo’lsa, aloqa tizimi dushman qurollari ta’siriga shunchalik chidamsiz bo’ladi;
    jangovar harakatlar paytida qo’shinlar va boshqaruv punktlarining holatlari tinmay o’zgarib turishi sababli yordamchi aloqa uzellarida ham kanallar tinmay qayta taqsimlanib va kommutatsiya qilinib turadi, bu tadbirlar va kanallar parametrlarini o’lchash ishlariga ko’p vaqt talab etiladi;
    aloqa tizimini boshqarish hamda, uning tarkibiy qismlarini qo’riqlash va mudofaa qilish qiyinlashadi.

    2-rasm. Boshqaruv punktlarini yordamchi (tayanch) aloqa uzellari orqali bog‘lash.
    Yuqoridagilardan ko’rinadiki, u yoki bu tamoyilga asosan qurilgan aloqa tizimi o’ziga hos affzallik va kamchiliklarga ega bo’ladi. Ya’ni faqat birinchi yoki ikkinchi tamoyilga amal qilish kutilgan samara bermaydi. Shuning uchun zamonaviy jangda aloqa tizimini qurish uchun ikkala tamoyilning qoyidalarini baravar qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi.


    Download 1,04 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti

    Download 1,04 Mb.