72
73
zidentining 2011- yil 23- fevraldagi PQ № 1487- sonli Qarori mohiyatini
ochib bering.
2. Yorug‘lik proyeksiyasi, uning turlarini aytib bering.
3. Statik proyeksion apparatlar va ularning turlari nimalardan iborat?
4. Dinamik proyeksion apparatlar va ulardan foydalanish haqida ga-
pirib bering.
5. Proyeksion appartlardan foydalanishda ularni turli xil tarmoqqa
ulash haqida aytib bering.
6. Texnika xavfsizligi va ehtiyotlash choralari to‘g‘risida gapirib be-
ring.
v bOb. axbOrOt-KutubxOna
MuassasaLarida zaMOnaviY
prOYeKsiOn apparatLar
5. 1. «Epson» proyektorlari va ulardan foydalanish.
5. 2. «Epson» proyektorlari va ularning turlari.
5. 3. Axborot-kutubxona muassasalarida bosma nashrlar bilan ishlash-
da «Epson» proyektorlari.
5. 4. «Epson» multimedia markazi.
Mavzuning maqsadi: axborot-kutubxona muassasalarida zamonaviy
proyeksion appartlardan foydalanish va ularning ahamiyati, «Epson»
proyektorlari va ularning turlari, uy kinoteatri, multimedia markazi kabi-
lar haqida ma’lumot berish, ularning ishlash prinsiplari o‘ziga
xos xususi-
yatlarini ochib berish va mustaqil ishlashga o‘rgatishdan iborat.
5. 1. «epsOn» prOYeKtOrLari va
uLardan fOYdaLanish
Axborot-kutubxona muassasalarida proyeksion texnika vosita-
lari alohida o‘rin tutadi. Turli xil tadbirlar, konferensiyalar, uchra-
72
73
shuvlar, targ‘ibot va tashviqot hamda boshqa tadbirlarda foyda-
lanilib, tadbir mohiyatini tubdan ochib
berishga va mazmunan boyi-
tishga xizmat qiladi. Proyeksion texnik vositalari ham kundan kun
o‘zgarib, zamon taraqqiyotiga moslashib, yanada yangi avlodlari
ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy proyektordan urli xil yetakchi
davlatlarning «Samsung», «Panasonic», «Epson»
va boshqa kom-
paniyalari tomonidan taqdim etilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.
hozirgi kunda axborot-kutubxona muassasalarida ko‘proq «Ep-
son» proyektorlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
«Epson» proyektorlari ishlatish jihatidan oddiy va qulay bo‘lib,
hech qanday qiyinchiliksiz mutaxassis bo‘lmagan kishi ham be-
malol foydalanishi mumkin. Bu proyektorlarning birinchi avlodi
kompyuter protsessori orqali ishlatilgan. hozirgi kunda taklif eti-
layotgan va ishlatilayotgan «Epson» proyektorlari alohida universal
xarakterga ega bo‘lib, apparatning korpusiga
barcha funksiyalarni
bajaruvchi qurilmalar o‘rnatilgan. Istalgan axborot konsulidan foy-
dalanib, ularni katta ekranga uzatish mumkin.
«Epson» kompaniyasi – dunyo bozorida proyeksion texnika vos-
italari ishlab chiqarishda yetakchi o‘rinda turadi. 3 LCD proyeksion
texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan «Epson» proyektorlari ish-
lash quvvati va oliy sifati jihatidan juda katta farqlanadi.
22- rasm. «epson» proyektori.
74
75
3 LCD texnologiyasi sifatli va tiniq tasvirlarni ko‘rsatishda,
statik yoki dinamik proyeksiyalarni tez, ishonchli va
har qanday
sharoitda namoyish etishga imkon beradi. har bir proyektor zamo-
naviy funksiyalar bilan ta’minlangan.
«Epson» proyektorlari haqida gapirganimizda quyidagi umu-
miy ta’riflarni berishimiz mumkin:
1. «Epson» kompaniyasi butun dunyo va Yevropa mamlakatlari
ichida proyektor sotish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi.
2. «Epson» – bu zamonaviy texnologiyalarni oliy sifatli qilib
ishlab chiqaruvchi Yaponiya kompaniyasi hisoblanadi.
3. Barcha «Epson» proyektorlari 3 LCD texnologiyasi asosida
ishlab chiqarilgan bo‘lib, ularda tasvir sifati juda yuqori.
4. 3 LCD texnologiyasi ko‘zni charchatmaydigan, har
tomon-
lama qulay ko‘rishni kafolatlaydi.
5. «Epson» alohida zavod bo‘lib, boshidan oxirigacha proyek-
torlar bir yerda yig‘iladi.
6. «Epson» kompaniyasi proyektorning lampasini o‘zi ishlab
chiqaradi. Shuning uchun ular arzon va kamxarajat.
7. «Epson» har qanday funksiyaga ega bo‘lishi orqali istalgan
foydalanuvchisini topishi mumkin.
23- rasm. «epson hi–tnd»