• 4. 4. dinaMiK prOYeKsiOn apparatLar
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    Maktab epidioskopi. Maz-
    kur epidioproyektorlarni ish-
    latish uchun tayyorlash, uni 
    o‘quv xonasiga o‘rnatish va dio-
    pozitivlarni namoyish etish usul-
    lari dioproyektorlarniki bilan 
    deyarli bir xildir. 
    Epidioproyektor «EPD–1» 
    tiniq bo‘lmagan obyektlar bilan 
    ishlayotganda ekranga uncha 
    ko‘p bo‘lmagan (kam) yorug‘lik 
    nurlari tushadi. Shuning uchun ham bu proyektor bilan ishlayot-
    ganda o‘quv xonasi to‘laligicha qorong‘i bo‘lishi lozim, chunki 
    tiniq bo‘lmagan obyektlar ekranda namoyish etilayotganida sinf 
    yorug‘ bo‘lsa, obyektlarning ko‘rinishi xira bo‘ladi. 
    Shuningdek, ushbu apparat o‘z vaqtida sovutilib turilishi lozim. 
    «EPD–455» epidioproyektorlari obyektlarni namoyish etishda 
    «EPD–1»dan ancha ustunroqdir. Bu apparatda avtomatik ravishda 
    sovutadigan moslama o‘rnatilgan bo‘lib, u obyektlarning ekran-
    da anchagina aniqroq namoyish etish quvvatiga ega va u deyarli 
    qizib ketmaydi. Bu apparatda yorug‘lik manbayi sifatida konden-
    sor linzali va aks ettiruvchi parobal oynali 500 vatli, 110 yoki 220 
    voltda ishlaydigan lampalar ishtirok etadi. Apparatni ishlatish uc-
    hun xona qorong‘i bo‘lishi shart emas. 
    4. 4. dinaMiK prOYeKsiOn apparatLar
    Dinamik proyeksiya bu proyeksiyaning xilma-xilligi bo‘lib, 
    ekrandagi suratlarni bir qancha kattaroq va harakatliroq namo-


    66
    67
    yon qilib berishdir. Dinamik proyeksiyalarning moslamalari sifa-
    tida turli xil kinomoslamalar (kinoproyeksiyalar), videotexnika va 
    videoproyeksion moslama (multimediaproyektor)larni ishlatilishi 
    mumkin. Masalan, KD 1. 1. 6. JKD videoproyektori. Mazkur vi-
    deoproyektorni to‘g‘ri ulash uchun quyidagilar bajariladi:
    – videoproyektorni stolga to‘g‘ri joylash;
    – videoproyektor past-balandligini to‘g‘rilash;
    – proyektor past-balandligi uning old tarafida joylashgan ikkita 
    sozlagichdan foydalanib to‘g‘rilanadi. 
    1) proyektorning old tarafini ko‘taring, so‘ng yon tarafida 
    joylashgan ikkita sozlash tugmalarini bosing. Sozlovchi oyoqlar 
    bo‘shashib uzayadi; 
    2) sozlanmani mustahkamlash uchun sozlovchi tugmalar qo‘yib 
    yuboriladi; 
    3) aniq sozlash uchun sozlovchilarni burang. 
    Izoh: Agar siz proyektorni joylashdan oldin uni avvalgi holiga 
    keltirmoqchi bo‘lsangiz, sozlovchi richaglarni bosing va proyektorni 
    asta-sekin tushiring. Shundan keyin u oson joylashadi. Agar proyektor 
    holati bilan ekran o‘rtasida nomutanosiblik bo‘lsa, tasvir buzilib va 
    yoyilib chiqadi.

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish