58
59
turlari, ya’ni dioproyeksiya va epiproyeksiya orqali ko‘rishimiz
mumkin.
Dioproyeksiya – (bu so‘z yunonchadan olingan bo‘lib, «orasi-
dan» ma’nosini anglatadi) ushbu tasvir tiniq bo‘lgan ko‘gazmali
materiallar orasidan o‘tadigan yorug‘lik oqimlari tufayli shaklla-
nadi.
Epiproyeksiya – (bu so‘z yunonchadan olingan bo‘lib, «yuqori»,
«ustida» ma’nosini anglatadi) ushbu tasvir tiniq bo‘lmagan obyekt-
lar yoritilishidan qaytarilgan nurlar orqali shakllanadi.
Statik ekran orqali o‘qitish vositalari ichida eng ko‘p qo‘llani-
ladiganlari – bu bugungi kunda ba’zi darsliklarda videogramma
deb ataladigan vositalardir.
Statik proyeksiyalar sifatida ekranda tiniq va tiniq bo‘lmagan
obyektlarni
namoyish etadigan dioskoplar, filmoskoplar, kodo-
skoplar, dioproyektorlar, kadroproyektorlar, overxed-proyektorlar,
epidoskoplar, o‘quv apparatlari, epidioproyektorlar kabi moslama-
lari qo‘llaniladi.