60
61
olgan. Bu yerda yorug‘likning manbayi bo‘lib shag‘am ishtirok
etgan.
1839- yilda L. Dager ismli fransuz rassomi fotografiya (suratga
tushish)ni ixtiro etgan. Bu esa sur’atlarni shishali diopozitivlarda
namoyon qilish imkonini bergan.
XIX asrga kelib proyektorlardagi yorug‘lik manbayi sifa-
tida elektr lampalar ishlatila boshlanib, ushbu lampalar ham ikki
xilda bo‘lgan bular: qizdirilgan ko‘mir lampasi va «Yablochkov
shag‘am»laridir.
XIX asrning boshlariga kelib Moskvada maktab dasturlariga
muvofiq bo‘lgan o‘quv diopozitivlari ishlab chiqarila boshlangan.
1904–1905- yillarga taalluqli plyonkali birinchi diofilmlar paydo
bo‘lgan va ular «proyeksion fotogrammalar» deb atalgan.
Axborot-kutubxona muassasalarida qo‘llaniladigan grafo-
proyektor, dioproyektor, epiproyektor, kinoproyektor
kabi proyek-
torlarda kichik hajmdagi kvars galogen lampalari ishlatiladi (KGM
12–100, KGM 24–150, KGM 220–500 va b.). Ushbu lampalarning
oddiy lampaladan ustunlik tomonlari ko‘p. Masalan, bu lampalarda
doimiy ravishda yorug‘lik oqimi va rangli harorat ta’minlanib, ular
hajm jihatidan unchalik katta bo‘lmasa-da, foydali ish koeffitsiy-
enti hamda xizmat qilish davri juda balanddir.
Lampaning asosiy qismi volfram ipdan iborat bo‘lib, maxsus
kvarsli shisha idishga joylashtirilgandir.
Kvarsli shisha idish yod
va gaz bilan to‘ldirilgan. Shuningdek, galogen lampalarda molib-
den folga (zar qog‘ozi)ni yoki oddiy simni kvarsga qalaylab ham
ishlatishadi. Bu holatda galogen lampaning harorati 350 °C dan
oshmasligi kerak, aks holda, lampa oksidlanib, kvarsning yori-
lishiga olib kelishi mumkin. Kvars galogen lampalari ekspluatatsi-
ya qilinayotganida elektr ventilatorlardan foydalanish o‘ta
muhim
hisoblanadi.
Mazkur lampalardan foydalanayotganda yana bir muhim nar-
saga e’tibor qaratish lozim, ya’ni lampaning tashqi ballon qismini
ochiq qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydi. Chunki
bu holatda ballonda
60
61
barmoq izlari qolib, lampaning yorug‘lik quvvatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi va lampa tez orqada ishdan chiqadi.
Lampalarning tashqi ballon qismiga maxsus markalar ham
qo‘yiladi. Bu markalarda lampaning quvvati ko‘rsatiladi. Masa-
lan, K–30–400 – bu kinoproyeksion lampa, PJ–220–500 – bu
epiproyektorlar uchun ishlatiladigan projektorlik lampasi, KGM–
12–150 – bu kichkina hajmli kvarsli galogen lampasi va h. k.
Endi statik proyeksion apparatlar haqida batafsilroq to‘xtalsak.
Ta’lim muassasalarida eng ko‘p qo‘llaniladigan dioproyektorlar bu
«Svityaz» va «Peleng» apparatlaridir.
«Svityaz» dioproyektori 50 × 50 mm
2
o‘lchamdagi rangli va oq-
qora diopozitivlarni namoyish qilish uchun mo‘ljallangan.
14- rasm. «svityaz» dioproyektori.
1 – itargich; 2 – proyeksion
lampani yoqish uchun tugmacha; 3 – kas-
seta; 4 – obyektivni aniq ko‘rsatuvchi ruchka; 5 – diorpoektorni yechish
uchun qopqoq; 6 – qopqoqni yechish uchun vint; 7 – proyeksion obyek-
tiv.
«Peleng–700AV», «Peleng–
15- rasm. «peleng–700av»