54
55
2011- yilning 23- fevral kunida Prezidentimizning 2011–2015-
yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bazasida ax-
borot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari sifatini
yanada rivoj-
lantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–1487 sonli Qarori ham
e’lon qilindi.
Mazkur Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Preziden-
tining 2006- yil 20- iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutub-
xona bilan taminlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ № 381-
sonli Qarorida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida
adabiyotlar fondini to‘ldirib borish, kutubxonachilik ishiga yangi
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek,
aholining axborot-kutubxona resurslariga
keng kirib borishini tash-
kil etish bo‘yicha rejali va tizimli ish olib borilmoqda.
hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida 6,3 million kishiga
axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatuvchi 11026 ta axborot-kutub-
xona muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ulardagi adabiyotlar fondi
83,6 mln saqlash biriligidan, shu jumladan, 3,5 mln elektron shakl-
dagi resurslardan iborat.
Barcha axborot-kutubxona tashkilotlari Internet (ZiyoNET)
tarmog‘iga ulangan. Xalq maorif tizimidagi 1639 ta umumta’lim
maktablari axborot-resurs markazlarida (91 %)
lokal tarmoq tashkil
etilgan, 1380 ta markazlar (76,5 %) Internet (ZiyoNET) tarmog‘iga
ulangan.
Axborot-kutubxona muassasalarini zamonaviy kompyuter
texnologiyasi va tashkiliy-texnika vositalari bilan ta’minlash
bo‘yicha ish olib borildi, kompyuterlar soni 2,8 barobarga, nusxa
ko‘payti ruvchi va skanerlovchi texnika 2,3 barobarga oshdi.
Aholiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ax-
borot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning yangi sifat bosqichiga
o‘tishni, axborot-kutubxona muassasalarini yagona axborot may-
doniga birlashtirishni, o‘sib borayotgan yosh avlodning intellek-
tual ehtiyojlarini to‘la
qondirishni, madaniy, ma’naviy-axloqiy
qadriyatlarni saqlash va mustahkamlashni, o‘quv muassasalari
o‘quvchilarining va aholining bilim olishi hamda mustaqil bilim
56
57
olish tizimini rivojlantirishni ta’minlash maqsadida aholiga ax-
borot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida
axborot-kutubxona
va axborot-resurs xizmatini yanada sifatli takomillashtirish doirasi-
da asosiy vazifalar deb quyidagilar belgilanadi: axborot-kutubxona
xizmati sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etishga oid standartlarni va yagona yondashuvni
ishlab chiqish, av-
valo, ma’nan boy va barkamol shaxsning ijodiy rivojlanishi uchun
ma’naviy-axloqiy, madaniy-tarixiy, ilmiy-ta’limiy ahamiyatga ega
bo‘lgan bosma nashrlarning elektron nusxasini yaratish yo‘li bilan
elektron resurslar fondini shakllantirishni tashkil etish; aholi keng
qatlamining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida, jum-
ladan, ZiyoNET tarmog‘i vositasida birlashgan axborot-kutubxona
resurslariga kirib borishni ta’minlash; axborot-kutubxona muassa-
salarining va elektron hujjatlarni elektron yo‘l bilan yetkazib beruv-
chi tashkilotlarning yig‘ma elektron katalogini tashkil etish asosida
axborot resurslaridan hamkorlikda foydalnishni muvofiqlashti-
rish; axborot-kutubxona muassasalarini takomillashti rish, ularni
zamonaviy kompyuter texnologiyalari va
tashkiliy-texnika bilan
ta’minlash kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish; elektron
kutubxonalar zallarini tashkil etish, ularni integrallashgan axborot-
kutubxona tarmog‘iga ulash; axborot-kutubxona muassasalari uchun
zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyasi bilan qurollangan
kadrlarni o‘qitish, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash
tizimini takomillashtirish; Prezidentimizning mazkur qarorini ijro
etish uchun 05. 07. 2011- yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazir-
lar Mahkamasining «Elektron kutubxona to‘g‘risida»gi 198-sonli
namunaviy nizomi hamda «Axborot-kutubxona va
axborot-resurs
markazlarida va kutubxonalarda to‘liq matnli elektron axborot-ku-
tubxona resurslari fondini yaratish haqida»gi reja jadvalini ishlab
chiqilib, hozirgi kunda bu ishlar bosqichma-bosqich amalga oshi-
rilmoqda.
Axborot-kutubxona markazlari bazasida elektron kutubxonalar,
Axborot-resurs markazlari bazasida elektron zallar ochilib, elektron
fond bazalari shakillantirilmoqda. Bu esa foydalanuvchilar, kitob-
xonlar va mutaxassislarning oldiga alohida vazifalar qo‘ymoq da.
56
57
Masalan, xizmat ko‘rsatishda va foydalanishda texnika vositalari-
dan to‘g‘ri foydalanishni bilish, ishlatish, qidirish yo‘llarini bilish
va boshqalar.