52
53
3. 7. axbOrOt-KutubxOna MuassasaLarida
MuLtiMedia vOsitaLaridan
fOYdaLanishninG rOLi va ahaMiYati
hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi xorijiy mamlakatlar
bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma’rifiy aloqalar o‘rnata
boshladi va bu davlatlar o‘rtasida o‘zining sezilarli nufuziga ega
bo‘lmoqda. har bir soha bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or
tajribalarni amaliyotga tatbiq etish uchun o‘zaro shartnomalar tas-
diqlanmoqda. Natijada yurtimizga ilg‘or va samarali texnologiyalar
kirib kela boshladi. Ayniqsa, axborot-kutubxona muassasalar faoli-
yatida multimedia vositalaridan foydalanish, zamonaviy axborot
texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish hozirgi kunning dolzarb
vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanmoqda. Chunki O‘zbekiston Res-
publikasining «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi Qonu-
nining 4- moddasida axborot-kommunikatsion texnologiyalari
asosida axborot-kutubxona resurslaridan foydalanuvchilarga keng
imkoniyat yaratib berish aniq ko‘rsatib o‘tilgan.
Shu Qonunning 19- moddasida foydalanuvchilarning huquqlari
va 20- moddasida foydalanuvchilarning majburiyatlari aniq
ko‘rsatib berilgan. Axborot-kutubxona muassasalarida 2011–2015-
yillarga mo‘ljallangan davlatimiz tomonidan belgilab berilgan
aniq dastur asosida axborot-kutubxona markazlari, axborot-resurs
markazlari va axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kommu-
nikatsion texnologiyalarini joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Axborot-kutubxona muassasalarida multimedia vositalaridan
foydalanish foydalanuvchilarning so‘roqlariga
aniq javob berish,
olinayotgan axborotlarni eslab qolish yoki maxsus fayllar tashkil
etib, matnlarning nusxasini ko‘chirish imkonini yaratadi.
Multimedia – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vosi-
talari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (obyekt-
larning fazodagi harakati) effektlari asosida o‘quv materiallarini
52
53
o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘ri-
nishidir.
Multimedia vositalari orqali axborot
olishning quyidagi afzal-
liklari mavjud:
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘z-
lashtirish imkoniyati bor;
b) ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish
ishtiyoqi yanada ortadi;
d) ta’lim olish vaqtining qisqarishi
natijasida vaqtni tejash im-
koniyatiga erishish;
e) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak
bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalari foydalanuvchilarga ax-
borot berish,
axborotni tahlil qilish, ta’lim berish va qayta tayyor-
lash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori ma-
lakali mutaxassislarni kamol toptirishda katta yordam beradi.