• Yoziladigan kompakt disklar. 3. 5. MuLtiMedianinG aMaLiY dasturLari
  • tezkor to‘plagichli cd rOM




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    tezkor to‘plagichli cd rOM. CD ROM to‘plagichlarini ish-
    lab chiquvchi mutaxassislar nafaqat ma’lumotlarni uzatish tezligini 
    oshirishga, shuningdek, kirishga ketadigan vaqtni qisqartirishga 
    ham katta e’tibor bermoqda. 
    virtual kompakt diskni tayyorlash – bu qattiq diskda kom-
    pakt disk sharhini yaratishdir. Shaxsiy kompakt diskni yaratish 
    uchun ma’lumotlarni shunday tashkil qilish, qayta tuzish va qayta 
    indeksatsiyalash kerakki, natijada qattiq diskda strukturalashtiril-
    gan ma’lumotlarga mos kelsin. 
    Shundan so‘ng tanlangan hajmda yozish uchun fayllarni qay-
    ta nomlash va indeksatsiyalash kerak bo‘ladi. Ma’lumotlarni 
    tayyorlagach va optimallashtirgach, qattiq diskdan sharhi yoki 
    virtual kompakt disk olinadi. Oxirida barcha kerakli tekshiruvlar 
    o‘tkaziladi va disk sharhini yaratish jarayoni boshlanadi. 
    Yoziladigan kompakt disklar. Bir necha yil avval bitta kom-
    pakt diskni yozish uchun bir xona to‘la apparatura, ikki nafar ma-
    lakali mutaxassis va bir necha soat vaqt talab qilinar edi. Bugun esa 
    CD-R yozish to‘plagichda esa Makintosh kompyuteri yordamida 
    bitta diskni bir soatda yozish mumkin. 
    Bu, o‘z navbatida, vaqtni tejash va bajarayotgan ishni sifatli ba-
    jarish imkonini beradi. 
    11- rasm. Yoziladigan kompakt disklar.
    3. 5. MuLtiMedianinG aMaLiY dasturLari
    Multimedia tizimlari hozirgi paytda ta’lim va kasbga tayyorlash 
    sohasida, nashriyot faoliyatida (elektron kitoblar), biznesni kom-


    46
    47
    pyuterlashtirish uchun (reklama, mijozlarga xizmat ko‘rsatish), ax-
    borot markazlarida, axborot-kutubxona muassasalarida va hokazo-
    larda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. 
    Bilimlarni chuqirlashtirishda, o‘qish muddatini qisqartirishda 
    va bir o‘qituvchiga tinglovchilar sonini oshirishga imkon beruv-
    chi kompyuterli dars beruvchi multimedia tizimlari alohida o‘rin 
    egallaydi. Kompyuterli dars berish tizimlari axborot izchil ravishda 
    taqdim etiladigan videokassetadagi kurslarga qiyoslaganda kuchli 
    tarmoq imkoniyatlariga ega va tinglovchilarni qiziqtirgan mavzuga 
    to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishga imkon beradi. Bundan tashqari, mazkur 
    tizimlar bilimlarni o‘zlashtirish va ko‘nikmalarga ega bo‘lish ja-
    rayonlarini baholash va nazorat qilishning samarali vositalari bilan 
    jihozlangan. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish