• Multimedia vositalari.
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    3. 2. MuLtiMedia vOsitaLari
    hozirgi kunda axborot-kutubxona muassasalarida axborot-
    kommunikatsion texnologiyalar, ya’ni multimedia vositalarining 
    ahamiyati alohida o‘ringa ega bo‘lmoqda. Ayniqsa, ta’lim tizimida 
    multimedia vositalarining qo‘llanishi o‘z samarasini bermoqda. 


    38
    39
    Barkamol avlodni har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib shakllanishi-
    da, malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda o‘z hissasini 
    qo‘shmoqda. 
    Multimedia – bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik 
    ko‘rinishiga ega bo‘lgan audio va video axborotlardan foydalanish 
    bilan bog‘liq sohadir. 
    Multimedia (multimedia – ko‘p muhitlik) vositalari bu apparat 
    va dasturlar to‘plami bo‘lib, u insonga o‘zi uchun tabiiy bo‘lgan 
    juda turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, ani-
    matsiya va boshqalardan foydalangan holda kompyuter bilan mu-
    loqot qilish imkonini berdi. Multimedia foydalanuvchiga fantastik 
    dunyoni (virtual haqiqiy) yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni 
    ochib beradi, bunda foydalanuvchi u yerda avj olayotgan hodisa-
    larda faol ishtirok etadi, shu bilan birga, muloqot foydalanuvchi 
    uchun birinchi navbatda, tovushli va video obrazlar tilida bo‘lib 
    o‘tadi. 
    9- rasm. Multimedia vositalari.
    Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni au-
    dio – (nutqli) va video kiritish va chiqarish qurilmalari; yuqori si-
    fatli tovush (sounol) va video platalar, videoqamrash platalari (vide 
    grabber) ular videomagnitafondan yoki videokameradan tasvirni 


    40
    41
    oladi va uni kompyuterga kiritadi. Yuqori sifatli kuchaytirgichli, 
    tovush kalonkali, katta video ekranli akustik va video qabul qiladi-
    gan tizimlar, hozirgi kunda keng tarqalgan skanerlar (kompyuterga 
    bosma matnlar va rasmlarni avtomatik kiritish imkonini beradi); 
    printer va plotterlar – bularning hammasi multimedia vositalari 
    asosini tashkil etadi. 
    Multimedia vositalari yuqori ishonchli, ko‘pincha tovushli va 
    video ma’lumotlarni yozish uchun ishlatiladigan optik va raqam-
    li video disklardagi katta sig‘imli tashqi eslab qolish qurilmalarni 
    ham kiritish mumkin. Ixcham kompakt disklarning (CD) narxi ular 
    ommaviy ko‘paytirilganda qiymati emas, ularning katta sig‘imi 650 
    Mbayt va undan yuqori. Multimedia vositalarida axborot manbala-
    rining turli xil texnik axborot kanallaridan olish va uzatish mumkin. 
    Multimedia – gurkirab rivojlanayottan zamonaviy axborotlar 
    texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar ki-
    radi:
    – axborotning xilma-xil turlari: ananaviy (matn, jadvallar, be-
    zaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan par-
    chalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy 
    mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro‘y-
    xatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, 
    audio tizimlar, optik kompakt disklar, televizor, videomagnitofon, 
    videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda 
    kompyuter boshqaruvida bajariladi;
    – muayyan vaqtdagi ish: o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn 
    va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqt-
    ning ma’lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi. Video va audio axborot-
    larni kompyuterda qayta ishlatish va aks ettirish uchun markaziy 
    protsessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining 
    o‘tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video xotira, katta sig‘imli 
    tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish 
    kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshi-
    rilishi talab etiladi;
    – «inson–kompyuter» interaktiv muloqotining yangi darajasi: 


    40
    41
    bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har to-
    monlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta’lim, ishlash yoki 
    dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. 
    Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim berish va 
    kadrlarni qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dol-
    zarb masalalaridandir. Multimedia – bu informatikaning dasturiy 
    va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va ani-
    matsiya (obyektlarining fazodagi harakati) effektlari asosida o‘quv 
    materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan 
    holdagi ko‘rinishidir. 
    Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish quyidagi 
    afzalliklarga ega:
    a) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘z-
    lash tirish imkoniyati bor; 
    b) ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish 
    ishtiyoqi yanada ortadi;
    d) ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida vaqtni tejash im-
    koniyatiga erishish;
    e) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak 
    bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi. 
    O‘quvchilarga ta’lim berish va qayta tayyorlash jarayonida 
    zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan keng foydalanish kela-
    jakda yetuk va yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptirishga 
    katta yordam beradi. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish