• «pushka» mikrofonlari. 5- rasm. pzM mikrofonlari. pzM mikrofonlari
  • «petlichka» mikrofonlari.
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    «pushka» mikrofonlari. Ommaviy tadbirlarni videotasvirga 
    olishda ishlatiladigan «pushka» mikrofonlari videokameralar jam-
    lanmasiga kiradi. 
    Mazkur mikrofonlarning o‘ziga xos nomi ularni 2 metrdan 
    10 metr uzoqlikkacha o‘rnatish imkoni mavjudligi va ovoz man-
    bayini «nishonga olish»idan kelib chiqqan. 


    30
    31
    Mikrofonning uzunligi 15 mm dan 1000 mm gacha bo‘lib, u 
    qanchalik katta bo‘lsa, shuncha kadr tashqarisidan kelayotgan ovoz 
    bosiladi. Bu esa obyektiv qaratilgan hududdagi ovozni ilg‘ab olish 
    imkonini beradi. Shuning uchun ham «pushka»lardan reportaj, om-
    maviy tadbirlar va boshqalarni xonadan tashqari tasvirlarni yozib 
    olishda kamera usti mikrofonlari sifatida foydalaniladi. 
    4- rasm. «pushka» mikrofonlari.
    5- rasm. pzM mikrofonlari.
    pzM mikrofonlari elektro-
    statik mikrofonlarning yangi turi 
    bo‘lib, PZM so‘zi pressure zone 
    microphone, ya’ni «bosim zo-
    nasi mikrofo ni» sifatida tarjima 
    qilinadi. Mazkur mikrofonlar 
    yuqori sezuvchanlik va polusfe-
    rik yo‘nalishga ega bo‘lib, uning 
    bir o‘zi bilan bir nechta teledas-
    tur qatnashchilarining ovozini 
    yozib olishi mumkin. 
    Demak, ular davra suhbatlarini, konferensiya, seminarlar olib 
    borishda juda ham qo‘l keladi. 
    «petlichka» mikrofonlari. Ular, asosan, televideniya sohasida 
    ishlatishga mo‘ljallangan. Jajji, ammo telejurnalist hamda TV re-
    jissyorining ishini ancha osonlashtiradigan, kadrda ko‘rinmaydigan 


    30
    31
    mikrofonlarni «petlichka» deb atashlari bejiz emas. Ular jurnalist 
    yoxud teledastur qatnashchisi kiyimining yoqasiga joylashtiriladi. 
    Ishlab chiqaruvchilar mikrofonning kiyim bilan ishqalanishidan 
    keraksiz ovoz chiqmasligi uchun ularning ovozni ushlab olish 
    yo‘nalishini teskari qilib yasashadi. 
    6- rasm. «petlichka» mikrofonlari.
    Elektrostatik mikrofonlarning ikkita kamchiligi bo‘lib, uning 
    narxi balandligi va doimiy ravishda tokdan oziqlanishi lozimligidir. 
    Aytish joizki, mazkur mikrofonlarni ilk marotaba tok manbayidan 
    oziqlantirayotganda uning ovoz traktida nazorat qilib bo‘lmaydigan 
    amplituda ko‘tarilishini kuzatish mumkin. 
    Shuning uchun ham mikrofon batareyasini almashtirayotganda 
    yoki tokka ulayotganda oziqlanish manbayini eng kam darajaga 
    tushirish lozim. 
    Albatta, mikrofonlarni ishlatayotganda uning boshiga paralon 
    qalpoqchani kiygazish zarur. U «p» hamda «s», «z», «j» tovushla-
    rining jaranglab chiqishining oldini oladi. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish