Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

Magnit kallaklar. Bir xil tuzi-
lishdagi magnit kallaklardan foy-
dalanib, ovoz magnit tasmaga 
yoziladi va qayta eshittiriladi ham-
da yozib olingan fonogramma 
o‘chiriladi. Masalan, yozib oluvchi 
magnit kallak izolatsiyalangan mis 
simli (chulg‘amli) g‘altaklardan 
iborat. G‘altaklar kuchli magnit 
maydoni vujudga keltiradigan tu-
tashmagan halqasimon o‘zakka mahkamlangan.
Mikrofondan klemmalarga keladigan ovoz chastotali 
o‘zgaruvchan tok yozib oluvchi kallak chulg‘ami bo‘ylab o‘tadi va 
ish tir qi shida ovoz chastotali o‘zgaruvchan magnit maydoni hosil 
qiladi. Bu magnit maydonining kuchi va yo‘nalishi tasmaga ovoz 
yozib olish paytida tovush manbayining ovoz tebranishlariga mo-
nand o‘zgaradi. 
Korpus (ekran) magnit kallakli magnitafon elektrodvigateli va 
transformatori hosil qiladigan tashqi magnit ta’siridan saqlaydi. 


24
25
Kallaklar yaxshi ekranlanmagan bo‘lsa, ovoz bilan birga o‘zga-
ruvchan tok foni ham eshitilib turadi. 
Magnitofon quyidagicha ishlaydi. Elektrodvigateli ovoz eltuvchi 
magnit tasmani chapdagi kassetadan o‘ngdagi kassetaga o‘rab tu-
radi. Agar ovoz manbayi mikrofon oldida ovoz tebranishlari chiqa-
rsa, mikrofon ularni ovoz chastotali elektr tokiga aylantiradi. Bu 
tok yozuv kuchaytirgichiga beriladi. Bu yerda kuchaytirilgan ovoz 
chasotali tok yozib oluvchi magnit kallakga keladi, uning ish tir-
qishida ovoz chastotali
o‘zgaruvchi magnit maydoni hosil bo‘ladi. 
Ayni vaqtda, shu kallakka generatordan ultratovush chastotali (70–
90 khz) tok keladi. U yozuv
sifatini oshirish maqsadida kallakni 
magnitlaydi. Magnit tasma yozib oluvchi kallakning ish tirqishida 
bir xil tezlikda harakatlanib, o‘zgaruvchan magnit maydonini kesib 
o‘tadi va ish tirqishidagi magnit maydonining kattaligiga qarab, 
kuchliroq va kuchsizroq magnitlanadi. Tasmada ko‘rinmaydigan 
magnit fonogramma shu tarzda hosil bo‘ladi. 
Ko‘rinishidan magnit tasma ovoz yozilgunga qadar va yozib 
olinganidan so‘ng o‘zgarmagandek tuyuladi, lekin ovoz yozib 
olin ganidan so‘ng u o‘zgaradi, chunki ferromagnit qatlam turli-
cha magnitlanadi. Ovoz yozib olingan magnit tasma o‘ngdagi kas-
setadan chapdagi kssetaga qayta o‘raladi va tasma yozib olingan 
ovozni qayta eshittirishga tayyor hisoblanadi. 
Ovozni qayta eshittirish paytida magnit tasma qayta eshittiruv-
chi magnit kallakning ish tirqishidan bir xil tezlikda (xuddi yozib 
olingandagi tezlikda) harakatlanadi. Tasmaning magnitlangan 
uchastkalari kallak tirqishi oldidan o‘tganida, uning chulg‘amida 
e. yu. k. ni uyg‘otadi va unda ovoz chastotali elekr toki paydo 
bo‘ladi. Bu tok qayta eshittirish kuchaytirgichiga borib kuchayadi 
va radiokarnayda ovozga aylanadi. 
Oldin ovoz yozilgan magnit tasmaga yana ovoz yozib olish 
uchun tasmaga zarar keltirmagan holda eski ovozni o‘chirish mum-
kin. Ovoz yozib olish kuchaytirgichiga montaj qilingan ovozni 
o‘chirish elektr generatori bilan
tutashtirilgan o‘chiruvchi mag-


24
25
nit kallak yangi ovozni yozib olish paytida eskisini o‘z-o‘zidan 
o‘chirib turadi. Generator 30–60 khz chastotali tok ishlab chiqa-
radi va o‘chiruvchi magnit kallakka yuboradi. Bu kallak tirqishida 
yuqori chastotali o‘zgaruvchan magnit maydoni vujudga keladi. 
Magnit fonogrammali tasma o‘chiruvchi kallakning ish tirqishi 
oldidan o‘tganida ko‘p marta qayta magnitlanadi, natijada to‘liq 
magnitsizlanadi, ya’ni eski yozuv o‘chadi. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish