O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIKNI SAQLASh VAZIRLIGI
TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISh MARKAZI
TOShKENT TIBBIET AKADEMIYaSI
«Tasdiqlayman»
TTA ning o’quv ishlar bo’yicha
Prorektori prof. O.Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. R, Teshaev
«______»___________200 yil
Kafedra :TERI VA TANOSIL KASALLIKLARI
Fan: TERI VA TANOSIL KASALLIKLARI
MAVZU :
TERIDA QIChIShISh BILAN KEChADIGAN TOShMA SINDROMI
BITLASh, QO’TIR, DERMATITLAR( ODDIY KONTAKT, EShAKEMI )_____________________________________________________________________________
(Tibbiy oliy ta’lim muassasalari ukituvchi va talabalar uchun )
Ukuv -uslubiy kullanma
TOShKENT - 200
Tuzuvchilar : t.f.n. D.A.Teri - odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirotlardan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va boshqalarda qatnashadi. Muratxanova –TTA teri tanosil kasalliklar kafedrasi dostenti
T.f.n. A.A. Sadikov -TTA teri tanosil kasalliklar kafedrasi dostenti
T.f.n. b,s, Azizov -TTA teri tanosil kasalliklar kafedrasi dostenti
Takrizchilar : t.f.d. professor X.K.Shodiev –Toshkent pediatriya tibbiet instituti teri tanosil kasalliklar kafedrasi mudiri
T.f.d. professor Kapkaev R.A. –TTA teri tanosil kasalliklar kafedrasi professori, O’zR xizmat ko’rsatgan fan arbobi
Uslubiy tavsiyalar : TTA MUX yigilishi 2007 yil 13 mart 7 sonli baennomasi
TTA Ilmiy kengashi 2007 yil 30 may 11 sonli baennomasi karorlari Bilan tasdiklangan
MAVZU: TERIDA QIChIShISh BILAN KEChADIGAN TOShMA SINDROMI
BITLASh, QO’TIR, DERMATITLAR( ODDIY KONTAKT) EShAKEMI _____________________________________________________________________________
1.Arbob (arab.- xo‘jayin, ega so‘zining ko‘pligi) - 1) ijtimoiy-siyo-siy va boshqa faoliyati bilan xalqqa tanilgan, el orasida obro‘ qozongan mashhur shaxslar - jamoat va davlat A.lari (mas, Ali-sher Navoiy); 2) fan va san’atda o‘z ijo-diy mehnatlari bilan tanilgan shaxslar - fan va san’at A. Mashgulot utkazish joyi, jixozlanishi
-teri tanosil kasalliklar kafedrasi
Tematik xona, yangi axborot texnologiyalar vositalari , kurgazmali kurollar, slaydlar, fotorasmlar , videofilmlar , atlas , mulyajlar
UTV : slaydoskop, multimedia
2. Mashgulotning davomiyligi
- soat
3. Mashgulotning maksadlari
. 3. Mashgulotning maksadlari
- Talabalarga dermatitlar (oddiy kontakt), eshakemi xaqida ma’lumotlar berish kerak
- kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, klinikasi xaqida ma’lumot
- kasalliklarning tashxisi, qiesiy tashxisi xaqida ma’lumot
- davolash xaqida tushuncha
Talabalarga bitlash, ыщtir xaqida ma’lumotlar berish kerak
- kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, klinikasi xaqida ma’lumot
- kasalliklarning tashxisi, qiesiy tashxisi xaqida ma’lumot
- davolash xaqida tushuncha
Status lokalis xaqida tushuncha
Vazifalar
Talaba bilishi kerak
-dermatit
-qo’tir
- bitlash
-eshakemi
-Profilaktika, tashxis qo’yish, UASh taktikasi, tashki davolash, reabilitastiyasi, dispanserizastiya , oldini olish choralari. Toshmalarni aniqlash, gospitalizastiyaga tavsiyalar
Talaba kila olishi kerak
Teri va shillik kavatlarni kuzdan kechirish, teri xolatiga baxo berish
Kasalliklarga oid birlamchi , ikkilamchi toshmalarni ajrata bilishi kerak
Kasallik anamnezini, shkoyatlarini analiz qilishi kerak
Klinika, laboratoriya ma’lumotlari.ga asoslanib tashxis, qiesiy tashxis qo’yishni bilish kerak, laboratoriya ma’lumotlarini interpretastiya qilishi bilish kerak
Kasalliklarni umumiy va maxalliy davosini qila orlishi kerak
-
Mavzuni asoslash
Umumiy amaliet shifokori xar kuni teri tanosil kasalliklar bilan boglik muammolarga duch keladi. , BITLASh, QO’TIR, DERMATITLAR( ODDIY KONTAKT) EShAKEMI
to’g’ri tashxis qo’yish, ifodalash, qiesiy tashxis o’tqazish , resteplavrni to’g’ri ezish talabalar xususan dermatologiyani o’rganganda, xamda UASh kerak bo’ladi.
-
Fanlararo va Fan ichidagi b ogliklik
Shu mavzuni ukitish talabalarning terini anatomiyasi, gistologiyasi, normal va patologik fiziologiyasi buyicha olgan bilimlariga asoslanadi.
Dars davomida olingan bilimlar teri tanosil kasallliklarni urganishda, terapiya, akusherstvo-ginekologiya. xirurgiya, urologiya , allergologiya va boshka klinik yunalishlarda kerak buladi.
-
Mashgulot mazmuni :
-
Nazariy kismi
DERMATITLAR, EShAKEMI, BITLASh,, QO’TIR
Dermatit – terining yallig’lanishi. Dermatitlar xillaridan oddiy kontakt dermatit, allergik dermatit va tokisikodermiya ajratiladi Oddiy kontakt dermatit tashqi muҳit ta’sirotlari natijasida paydo bo’ladi va bu ta’sir to’xtashi bilan, teridagi yallig’lanish belgilari, davosiz ҳam, vaqt o’tgach yaxshi bo’lib ketadi.
Dermatitni keltirib chiqaruvchi omillar tabiatga ko’ra mexanik (qisilish, qattiq bosim), fizik (yuqori va past temperatura, quyosh, radioaktiv va rentgen nurlari), kimyoviy (kislota, ishqor, tuzlar) va biologik (krapiva, meduza, ҳasharotlar chaqqanda) turlarga bo’linadi va ular ko’proq shartsiz ta’sirotlarga kiradilar. Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.
Bu ta’sirotlar (kislota, ishqor va boshqa) teriga tekkan joyida vaqt o’tmasdan yallig’lanish belgilarini vujudga keltiradi. Misol qilib, terini issiq dazmol bilan kuyishini keltirsak bo’ladi va bunda teridagi o’zgarishlar chuqurligi faqat bu ta’sirning (temperatura) kuchiga va qancha uzoq davom etgani bilan bog’liq bo’ladi.
Shartsiz ta’sirotlar natijasida ro’y bergan terining yallig’lanishi oddiy kontakt dermatit yoki artifistial (sun’iy) dermatit deyiladi.
Allergik dermatit esa ayrim, faqat qandaydir fakultativ, shartli omillardan biriga (ayrim o’simliklar, dori-darmon, parfyu-mer maҳsulotlari va boshqa) terisini giperergik sezuvchanligi bor (monovalent sezgirlik) insonlarda, faqatgina shu allergen ta’siri natijasida kuzatiladi. Allergen teriga ta’sir qilgan vaqtdan orada muayyan inkubastion davr o’tgach (birinchi kasallanish bo’lsa, allergen takror ta’sir qilganidan so’ng), xuddi allergen tushgan joyida, ko’proq tananing ochiq joylarida, yallig’lanish belgilari paydo bo’ladi. Bemordagi allergik kontakt dermatit sababi bo’lgan allergen bartaraf qilinsa, dermatit tez o’tib ketadi. Vaqt o’tib, allergen takror ta’sir qilsa, yallig’lanish belgilari birinchidan simmetrik qismlarda paydo bo’ladi, keyinchalik tananing boshqa, uzoq qismlarida ҳam paydo bo’lishi mumkin. Ammo eng achinarlisi, bitta moddaga bo’lgan o’ta sezuvchanlik (monovalent sezuvchanlik) vaqtida davolanmasa, takror qaytarilgan (allergen) ta’sirlar oqibatida, asta-sekin boshqa allergenlarga sezuvchanligi ҳam oshib, polivalent sezuvchanlikka, ya’ni ekzema rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Allergen organizmga og’iz, to’g’ri ichak, nafas yoki parenteral (inekstiya) yo’l orqali tushib, idiosinkraziya yoki orttirilgan sezuvchanlik oqibatida, terida va ichki a’zolarda yallig’lanish jarayonini keltirishi toksikodermiya deyiladi. Bunda bemorning aҳvoli og’ir ke-chib, klinik manzara juda boy, terida boshidan simmetrik joylash-gan, tarqoq, o’tkir yallig’langan toshmalar va ichki a’zolarning jaro-ҳat-langani aniqlanadi.
ODDIY KONTAKT DERMATIT KLINIKASI
Odatda oddiy kontakt dermatitga uchragan bemor terida paydo bo’lgan toshmalar sababini (shartsiz ta’sirotni) aniq ko’rsatib beradi va ko’pincha yallig’lanish o’chog’ida achish, og’riq, kamroq qichishishga shikoyat qiladi.
Shartsiz ta’sirotni kuchli va qisqa vaqtli ta’sir oqibatida vujudga keladigan teri yallig’lanishini o’tkir oddiy kontakt dermatit (kuyish) va uzoq vaqt qaytalama kuchsiz ta’sir oqibatidagi teri yallig’lanishi xronik oddiy kontakt dermatit (uzoq vaqt mexanik ishqalanish oqibatida qaloq paydo bo’lishi) deyiladi.
Ko’rilganda, bemor terisida faqatgina tashqi omil ta’sir qilgan joyida, omilning shakli va kattaligiga teng, aniq chegarali o’tkir yallig’langan dog’ kuzatiladi (eritematoz davr). Qizargan teri shishadi va infiltrastiyalashadi, ustida bir yoki bir necha seroz yoki gemorragik suyuqli pufak va pufakchalar paydo bo’lishi mumkin (bullez davri). Tashqi omilning tanaga bo’lgan ta’siri juda kuchli bo’lsa teri nekrozi ҳam uchrashi mumkin (nekrotik davr).
Oddiy kontakt dermatitni keltirgan tashqi ta’sirni bartaraf qilsa, yallig’lanish ancha tez kamayib yo’qoladi. Bemor davolanmasa, pufaklar vaqt o’tib quriydi yoki ko’proq yoriladi va o’rnida paydo bo’lgan eroziyalarga ikkilamchi infekstiya qo’shilishi mumkin. Natijada yiringli ajratmalar paydo bo’lib, bemorda piodermiyalik asoratlar rivojlanib ketishi mumkin.
Differenstial tashxisi
1.Dermatitis allergica.
2.Impetigo bullosa.
3.Pemphigus vulgaris.
.
EShAKEM (URTICARIA)
Eshakem – allergik kasalliklar guruҳiga kirib, teri va ba’zan shilliq qavatlarda faqat qavarchiqlardan iborat toshmalar bilan kechadi.
Kasallikning rivojlanishiga moyillik keltirib chiqaruvchi omil-larning ekzogen (fizik, mexanik, kimyoviy, dori-darmon va oziq-ovqatlar) va endogen (ichki a’zolardagi patologik jarayonlar, misol, jigar, o’t qopi, oshqozon-ichak, asab sistemasi, qalqonsimon bezi ishlash faoliyatining buzilishi) etiologik guruҳlari ajratiladi. Bu omillarning ta’sir mexanizmi eshakemning patogenezida ko’plab bir-biriga o’xshaydi va organizmda gistamin, serotonin turidagi biologik aktiv moddalar miqdorini ortish natijasida kapillyarlar yallig’lanib kengayadi, ularning o’tkazuvchanligi oshish oqiba-tida, epidermisda va dermaning so’rg’ich qavatida o’tkir shish paydo bo’lib, qavarchiq toshmalar vujudga keladi. Organizmdagi ayrim prostesslar gistamining rezervuardan ajralib chiqishga sabab bo’lib, qavarchiqlar paydo bo’lishini aktivlashtiradi. Oddiy misol qilib, organizm-dagi antigen – antitelo reakstiyasini keltirish mumkin va bunda IgE va komplement asosiy rol o’ynaydi.
Tasnifi va rivojlanish mexanizmlari
Klinikasi. Eshakemning klinik ko’rinishlari turli bo’lishi mumkin va bugungi kunda o’tkir eshakemi, Kvinkening o’tkir chegaralangan shishi, surunkali qaytalanib turuvchi, quyosh ta’siridagi va kontakt eshakemi turlarini ajratadilar.
Turg’un tugunchali eshakem va bolalar eshakemida qavarchiqlar keyinchalik tuguncha va tuguncha-pufakchaga aylanishini ko’zda tutib, ko’p olimlar ularni qichima kasallikning turlariga kiritganlar.
Eshakemi kasalligi terida bo’rtmali (qavarchiq) toshmalar toshishi bilan xarakterlanadi. Oqish-qizg’ish bo’rtmalar, pilakchalar epidermisda va dermaning yuzaki qismida, qisqa muddatli ҳujayralar ichida shish ҳosil bo’lishi ҳisobiga vujudga keladi. Kvinke shishi derma va gipodermada katta-katta yuzali shishlar evaziga kuzatiladi. Ҳar ikkala kasallik o’tkir yoki surunkali qaytalovchi turda kechishi mumkin. Eshakemi va Kvinke shishi birgalikda yoki ayri-ayri uchrashi mumkin. Nasldan-naslga o’tuvchi Kvinke shishida eshakemi kamdan-kam ҳollarda ҳamkorlikda kuzatiladi.
Sinonimlari: eshakemi-urticaria; Kvinke shishi-oedema Quinc-ke, angionevrotik shish, gigant eshakemi.
Ҳar olti kishidan biri (ayrim mualliflar ma’lumotiga ko’ra – ҳar to’rt kishidan biri) ҳayoti mobaynida bir bor bo’lsa ҳam eshakemi yoki Kvinke shishini boshidan kechiradi. Eshakemi bilan og’rigan bemorlarning 25% qismida kasallik ertami yoki kech surunkali turga o’tadi.
Differenstial tashxisi:
Qumursqalar chaqishi
Medikamentli eshak emi
Kontaktli eshakemi
Urtikar vaskulit
V-gepatiti.
Profilaktika.
Provokastiya xususiyatiga ega bo’lgan omillar – kimyoviy vositalar yoki dori-darmonlar (aspirin, oziq-ovqatga qo’shuvchi maҳsulotlar)ni bartaraf etishga urinishlar kam ҳollarda, xususan surunkali eshak-emida naf beradi.
Davosi.
1. Antigistamin xususiyatiga ega bo’lgan vositalar: N1-blokator-lardan boshlanadi, masalan, gidroksizin yoki terfenadin. Agar bu vositalar samarasiz bo’lsa, N2-blokatorlari (stimetadin) va semiz ҳujayralarni stabillashtiruvchi preparatlar (ketotifen) qo’shiladi.
2. Prednizolon.
3. Maҳalliy davo teridagi o’zgarishlarga qarab.
Bo’rtmalar – to’g’ri chiziqli, to’q qizil gardishli, terining mexanik ta’-sir-lanuvchi soҳalarida uchraydi, qichimali. Yo’q Teriga oҳis-ta mexanik ta’sir etilsa, tezda qichimali bo’rtma ҳosil bo’ladi.
Sovuqdan paydo bo’luvchi eshakemi. Teriga sovuq jism yoki suyuqlik tekkan soҳada shish, oqarish yoki qizarish paydo bo’lib, qichishadi. Bor 10 daqiqa mobaynida teriga muz bo’-lagi tekka-zib tu-ril-sa, 15 da--qiqa ichida bo’rtmalar ҳosil bo’-lishiga olib keladi.
Vibrastion Kvinke shishi 20–50 Terining bosim ta’sir etuvchi soҳasida (kaft, tovon, dumba) katta-katta shish, og’riq va qichishish kuzatiladi. Yo’q Teri yuzasiga perpendikulyar ҳolatda, bosim ta’sir etishidan so’ng 1–4 soat o’tgach (latent davri) turg’un qizarish va shish paydo bo’ladi.
Quyosh nuri ta’siridan paydo bo’luvchi
Eshakemi. Quyosh nuri yoki ultrabinafsha nuri ta’siridan so’ng, teri shishi oqarishi yoki qizarishi kuzatiladi. Bor 2,5 kVt quvvatga ega bo’lgan (290–690 nm) lampa bilan 30–120 sekund nurlatilgach, 30 daqiqadan keyin bo’rt-malar paydo bo’ladi.
Xolinergik eshakemi. Ko’plab, mayda (5 mm. gacha), bir xil bo’rtmalar ta-nada, bo’yinda, qo’l-oyoq-larda uchrab, qichima be-zovta etadi. Jismoniy mashq, meҳnat, issiq suvli dush toshmalar toshishiga sabab bo’ladi.
ng shishi yoki bronxospazm natijasida qorinda og’riq, eshakem, teri qichishi.
s olish shovqinli, aritmik, auskultastiyada «soqov» o’pka eshitiladi.
QO’TIR (SCABIES)
Qo’tir – yuqumli parazitar, asosan, kechasi kuchayadigan teri qichinishi bilan kechadigan kasallik.
Etiologiyasi. Kasallikni qo’tir kanalari – Sarcoptes hominis chaqiradi. Kasallik yuqumli bo’lib, bemor yoki uning buyumlari orqali yuqadi.
Asosiy belgilari. Sog’ teriga kana tushgandan keyin 7–14 kun o’tgach, bemor terida qattiq qichinish va toshmalarga e’tibor beradi. Bemor terisida mayda pufakchasimon tugunchalar va egri-bugri, kulrang, uzunligi 5–10 mm keladigan chiziqlar (qo’tir yo’llari) va qora nuqtalar ko’rinib turadi. Qo’tir yo’lining uchi ochiq (mayda eroziya), oxiri yopiq bo’lib, u erlarda pufakchalar (tuguncha) bo’lib, ular doim juft joylashadilar (eroziya – tuguncha). Odatda bu joylarga kanalar joylashgan bo’ladi. Qo’l panjasi ustki bo’g’imlari, barmoq oralari, qo’ltiqning oldi, ayollarda ko’krak uchi terisida juft-juft joylashgan pufakcha (tuguncha) va eroziyalar uchraydi. Qichinish, ayniqsa, kechasi zo’rayib, qashinish oqibatida terida tirnalishlar kelib chiqib, ikkilamchi infekstiyaga yo’l ochiladi. Kechqurun zo’rayadigan qichinish, qo’tir yo’llari, eroziya va pufakchasimon tugunchalarning o’ziga xos joylashishi, kanalar topilishi, kasallikka to’g’ri tashxis qo’yishga yordam beradi.
Davolash: kattalarda 33 % li oltingugurt malҳami, 1 kunda bir marotaba (4–6 kungacha surkaladi), so’ngra dush qabul qilib, kiyimlar almashtiriladi. Bugungi kunda ko’pincha benzilbenzoatning 20% li suvdagi eritmasi qo’llaniladi (4 kun, kuniga 10 daqiqa davomida 10 daqiqa tanaffusdan so’ng 2 marta surkaladi). DEMYaNOVICh USULI: 1/1 eritma, ya’ni 60 % li natriy tiosulfat bilan 10 daqiqa orasida butun tana, qo’l-oyoq terisiga zo’r berib surkaladi (tananing ҳar qismiga 2 daqiqadan va 5 daqiqa tanaffusdan so’ng 2 marotaba) 10 daqiqa tanaffusdan keyin 1/2 eritma bilan, ya’ni xlorid kislotaning suvdagi 6 %li eritmasi xuddi shunday usul bilan surtib chiqiladi. Natriy (arab, natrun, yun. nitron - tabiiy soda; lot. natrium), Na - Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Ishkr-riy metall. Tartib rakami 11, atom massasi 22,9898. Bitta tabiiy izotopi 23Na bor. 4 kun davodan keyin bemor cho’miladi va uning ko’rpa-to’shagi, ichki kiyimlari almashtiriladi.
Albatta bemorning oila a’zolari, yaqin muloqotda bo’lgan insonlarni tekshirib davolab, epid o’chog’ni yo’qotish zarur (ilova X).
ChOV BITLAShI
(PEDICULUS PUBICUS)
ChOV bitlashi – parazitlar, ya’ni xo’jayinlarda yashashga mos-lash-gan bitlar orqali vujudga keladigan, yuqumli kasallik. Bitlar odamdan-odamga, uning o’rin-ko’rpalari, kiyim-boshlari orqali o’tadi va xo’jasining qoni bilan oziqlanadi. Bir kunda 0,3–0,5 ml gacha qon so’rishi mumkin. Bit qon so’rganida odam terisiga yopishib olib, unga so’lak chiqaradi va terini sensibilizastiyalab qichitadi.
Bitlar 3 xil bo’ladi – bosh biti (Pediculus capitis), kiyim biti (Pediculus corporis) va chov biti (Pediculus pubis) uchraydi.
Chov biti kulrang qora tusda bo’lib, junlarning asosiga maҳkam yopishib oladi. Bitlar asosan, qov, qorin va sonning chegara qismlaridagi terida yashaydi, lekin ba’zan o’rmalab, tananing jun bilan qoplangan boshqa qismlariga (qo’ltiq, ko’krak, soqol, kiprik, qoshga) o’tib oladi. Bu ҳasharotlar odatda jinsiy aloqa vaqtida bir odamdan ikkinchi odamga o’tadi, ammo ichki kiyim, o’rin-ko’rpa jildlari orqali ҳam o’tishi mumkin.
Bugungi kunda, bitlashning bu turi jinsiy yo’l bilan yuquvchi kasalliklar guruҳiga kiritilgan.
Bitlar chaqqanda qattiq qichishish yuzaga kelib, ko’p sonli uzunchoq tirnalishlar (ekskoriastiya), shilinishlar ҳosil bo’lib, ikkilamchi infekstiyalar tushishiga yo’l ochadi. Chov satҳida – bitlar chaqqan joylarda oldin qizil rangli ekximoz toshmasi, keyin vaqt o’tgach, rangi o’zgarib kulrang, yumaloq shaklda, ustidan bosganda yo’qol-may-digan dog’lar ҳosil bo’ladi. Dog’ o’rtasida nuqtadek eroziya – bit qon so’rgan o’rni turadi. Dog’lar odatda 7–10 kun saqlanib turadi. Bit chaqqan joy terisi qattiq qichishib shu soҳalarda tirnalishlar paydo bo’ladi va butunligi buzilgan teri yuzasiga ikkilamchi piodermiya va ular bilan bir qatorda boshqa jinsiy aloqa yo’li bilan yuqadigan infekstiyalar ҳam yuqtirilishining eҳtimoli yuqori bo’ladi.
Tashxisi – aniq klinik belgilari;
– terida qov biti topilishi.
Davosi.
– davolashdan oldin jinsiy a’zolar, anus atrofi va boshqa soҳalardagi junlar qirib tashlanadi.
– 2–3 kun 10%li simobli malҳam, 20% li benzilbenzoat, oltingugurt malҳami.
Ichki kiyim va ko’rpa-to’shak jildlari dezinfekstiyalanadi yoki sovun bilan issiq suvda yuvilib almashtiriladi yoki 10%li sovunli-solvent pastali eritmada bir necha soat saqlanadi va keyin quyoshda quritilib dazmollanadi. Xuddi shu eritmaning 20% lisi xonalarni tozalash uchun ishlatiladi.
Bitlashning oldini olish va profilaktikasi. Bitlashning oldini olish, asosan, aҳolining moddiy farovonligi va sanitariya madaniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va uni ҳayotga tadbiq etishdan iborat. Shaxsiy gigienaga rioya qilish, choyshab, ichki kiyim, o’rin-ko’rpa jildlarini ҳar ҳaftada almashtirib turish, yuvilgan kiyimlarni dazmollab kiyish, birovlarning o’rnida yotmaslik, oiladan chetta va tasodifan jinsiy aloqa qilmaslik.
Mashgulotga qo’llaniladigan yangi pedagogik texNOLOGIYaLAR:
“Miya xujumi” usulini qo’llash
Ushbu usul mashgulot davomida xamkorlikda ishlash va xar bir talabaning faol katnashishini ko’zda tutadi, o’qituvchi butun gurux bilan ishlaydi.
O’qituvchi g’oyani aniqlashda xalaqit beradigan xech qanday tanbex va nojo’ya gaplarni ishlatmasligi kerak . Fikrlash qobiliyatiga ta’sir qilmaslik kerak. Xar xil g’oyalarni kombinastiyasini qo’llash kerak.
Ushbu usul talaba nutqi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va talabada mustaqil fikrlash, muloҳaza yuritishni shakllantiradi. Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
Savollar :
Dermatitlarni tasnifi
EShAKEMINI tasnifi
Dermatitlarni klinikasi
Eshakemini klinikasi
bitlashni klinikasi
ыщtirni klinikasi
6.2.Taxliliy kismi
Vaziyatli masalalr
1.Be’mor 40 eshda. Uzok vakt tovon epidermofitiyasi bilan kasallangan, yod preparatlarini ko’llagandan so’ng butun tanasiga mayda toshmalar toshgan.
Yod preparatini ishlatmagandan keyin asta sekin toshmalar so’rilgan.
2.Poliklinikaga 14 yashar qiz chap qo’lida pufakli toshmalar paydo bo’lishiga shikoyat qilib bordi. Be’mor dazmollaganda qo’li dazmolga tegib ketgan. Chap qo’lida uchburchak, aniq chegarali, o’tkir yallig’langan dog’ kuzatiladi, ustida seroz suyukli pufak bor.
-
6.3.Amaliy kismi
Be’morni professional ko’ruvi
Maksad: be’morlarni tekshitruvdan utkazish
Bajariladigan bosqichlar:
№
|
Amaliy kunikma
|
Bajarmadi
(0 ball)
|
To’liq to’g’ri
bajardi
|
|
Kuruv xonasi erug bulish kerak
|
0
|
5
|
2.
|
Kuruv xonasining temperaturasi 22- 23 gradus bulishi kerak
|
0
|
5
|
3.
|
Teri rangiga etibor berish kerak teri rangi ok pushti rang eki kora bulishi mumkin
|
0
|
10
|
4.
|
Terining turgori eki elastikligi namligi va kurukligi aniklanadi
|
0
|
20
|
5
|
Boskichma boskich yuz kul tana genitalniy va oeklar kuzdan kechiriladi Toshmalar borligi va ularning xarakteriga e’tibor beriladi Birlamchi va ikkilamchi elementlar aniklanadi .
|
0
|
30
|
|
Birlamchi ikkilamchi toshmalarni aniklashadi
|
0
|
30
|
|
Jami
|
0
|
100
|
Qo’tir quzg’atuvchisini aiiklash
Maksad : qo’tir kanasini aniqlash
Jixozlanish: ruchka, lupa, skalpel, buyum oynachasi, mikroskop
Bajariladigan boskich:.
|
Tadbir
|
Bajarmadi (0)
|
Tulik tugri bajardi
|
1
|
Be’morni ko’ruv uchun tayyarlash
|
0
|
5
|
2
|
Tekshiriladigan jaraenni aniqlash
|
0
|
20
|
3
|
Yangi kutir toshmalaridan birini sharikli ruchka bilan lupa erdamida chegaralab chizib olinadi.
|
0
|
30
|
2
|
Skalpel uchi eki igna erdamida kutir yuli oxirida joylashgan pufakchaning tomi sanchilib buziladi, kutir kanasining yuli buyicha yunaltirilib teri kuporiladi.
|
0
|
30
|
3
|
Buyum oynachasiga 10foizli natriy ishkori tomiziladi olingan material shu eritma bilan aralashtiriladi va koplovchi oyna bilan epiladi. ..
|
0
|
10
|
4
|
Tayerlangan material 10 20 minutdan sung mikroskop ostida okulyar 10 ob’ektiv 8 kondensator tushirib kuzatiladi.
|
0
|
10
|
5.
|
Mikroskop kurish maydonchasida kanna eki uning bulakchalari tuxumlari eki ekskrementlari topiladi.
|
0
|
20
|
|
Ja’mi
|
0
|
100
|
7.Malaka , ko’nikma va bilimni tekshirish usullari :
-og’zaki
-ezma
-vaziyatli masala
-o’zlashtirilgan amaliy ko’nikmalarni namoyish etish
8.Joriy baxolash mezonlari
№
|
O’zlashtirish
(%) va ballarda
|
Baҳo
|
Talabaning bilim darajasi
|
1.
|
96-100
|
A’lo «5»
|
Piodermiya, kutirning klinik tasnifi buyicha etarli darajada uz fikrni bayon eta oladi, be’morlarni mustakil tekshirib, xulosa bera oladi va tegishli qaror qabul qiladi, mavzu buyicha kasallik tarixini tuldira oladi va to’ldirishga o’z fikrini bayon eta oladi. dermatitlar, toksikodermiyalar, ekzema, neyrodermatozlar, eshakemi kasalliklarini ijodiy fikrlay oladi va yangi materiallar bera oladi, mustaqil mushoxada yuritadi Vaziyatli masalalarni to’g’ri va ijodiy echish, javoblarni to’liq asoslab berish. Interaktiv o’yinlarda faol va ijodiy qatnashish va ularni echishda ijobiy xulosalar va taҳlil qilish. TMI bo’yicha xozirgi zamonga mos bo’lgan kurgazmali qo’llanmalar eki oliy sifatli 7-10 manbaidan va internet ma’lumotalridan olingan referatlar tayyorlaydi.
|
7.Malaka , ko’nikma va bilimni tekshirish usullari :
-og’zaki
-ezma
-vaziyatli masala
-o’zlashtirilgan amaliy ko’nikmalarni namoyish etish
Amaliy kщnikmalar baxoni 20% tashkil etadi
8.Joriy baxolash mezonlari
№
|
O’zlashtirish
(%) va ballarda
|
Baҳo
|
Talabaning bilim darajasi
|
1.
|
96-100
|
A’lo «5»
|
dermatitlar, toksikodermiyalar, ekzema, neyrodermatozlar, eshakemi kasalliklari: ularning klinik tasnifi buyicha etarli darajada uz fikrni bayon eta oladi, be’morlarni mustakil tekshirib, xulosa bera oladi va tegishli qaror qabul qiladi, mavzu buyicha kasallik tarixini tuldira oladi va to’ldirishga o’z fikrini bayon eta oladi. dermatitlar, toksikodermiyalar, ekzema, neyrodermatozlar, eshakemi kasalliklarini ijodiy fikrlay oladi va yangi materiallar bera oladi, mustaqil mushoxada yuritadi Vaziyatli masalalarni to’g’ri va ijodiy echish, javoblarni to’liq asoslab berish. Interaktiv o’yinlarda faol va ijodiy qatnashish va ularni echishda ijobiy xulosalar va taҳlil qilish. TMI bo’yicha xozirgi zamonga mos bo’lgan kurgazmali qo’llanmalar eki oliy sifatli 7-10 manbaidan va internet ma’lumotalridan olingan referatlar tayyorlaydi.
|
2.
|
91-95%
|
A’lo «5»
|
Talabalar dermatitlar, toksikodermiyalar, ekzema, neyrodermatozlar, eshakemi kasalliklari: buyicha bajarilishi kerak vazifani o’zlashtirib, amalda mustakil tekshirish va baxolash ishlarini amalga oshira oladi va amaliyotga qo’llay olish davomida o’qituvchining kerakli ko’rsatmasi kerak. Bayonnomalarni xulosasida o’qituvchining fikri kerak, talabalning aniq fikr buladi terining virusli kasalliklarini moҳiyatini tushuntira olish, nazariy bilish darajasini aytib bera olishda, erkin tasavvurga ega bo’lish kerak bulganda ukituvchi bilan uz fikrini almasha oladi. Interaktiv o’yinlarda faol va ijodiy qatnashish, to’g’ri qaror qabul qilish. Vaziyatli masalalarni to’g’ri va ijodiy echish, javoblarni to’liq asoslab berish. Interaktiv o’yinlarda faol va ijodiy qatnashish va ularni echishda ijobiy xulosalar va taҳlil qilish. TMI bo’yicha xozirgi zamonga mos bo’lgan kurgazmali qo’llanmalar eki oliy sifatli 3-5 manbaidan va internet ma’lumotalaridan olingan referatlar tayyorlaydi. Javob berganda 1 xato, eki ayrim qilingan noanikliklar kuzatiladi.
|
3.
|
86-90%
|
Yaxshi «4»
|
dermatitlar, toksikodermiyalar, ekzema, neyrodermatozlar, eshakemi kasalliklari buyicha bajarilishi kerak bulgan vazifani o’zlashtirib, amalda mustakil tekshirish va baxolash ishlarini amalga oshira oladi va amaliyotga qo’llay olish davomida o’qituvchining kerakli ko’rsatmasi kerak. Bayonnomalarni xulosasida o’qituvchining fikri kerak, talabalning aniq fikr buladi Mavzuni moҳiyatini tushuntira oladi. Qo’yilgan savollarni to’liq erita oladi, lekin 1-2 qo’pol bo’lmagan xatoga yul qo’yilishi mumkin. Mustaqil taxlil qiladi, vaziyatli mamsallarni to’g’ri echadi, lekin ayrim noaniqlar , 2-3 garmmatik xato , javob berganda mavzu buyicha 1 xato kuzatiladi. TMI bo’yicha xozirgi zamonga mos bo’lgan kurgazmali qo’llanmalar eki oliy sifatli 3-5 manbaidan va internet ma’lumotalridan olingan referatlar tayyorlaydi.
|
2.
|
81-85%
|
Yaxshi «4»
|
Mustaqil mushoxada yuritish davomida talabaga aniq fikrda o’zgarishlar kuzatiladi, javob berishda olgan nazariy va amaliy bilimini amalda qo’llay olishda ayrim sezilarsiz darajada xatolarga yo’l qo’yadi va o’qituvchining ishtirokida fikrni to’g’ri taxlil qila oladi, mavzuni moҳiyatini etarli darajada yordam bilan tushuntira oladi, mavzuga etarli darajada bilimga ega bo’lib, o’qituvchi yordamida o’z fikrni aytib beradi. Vaziyatga baxo berishda xulosalarni o’rnini almashtirib yuborish xolatlari kuzatiladi.2-3 qo’pol bo’lmagan xatoga yo’l qo’yiladi. Vaziyatli masalalarni to’g’ri echib, javoblari to’liq yoritilmaydi. Interaktiv o’yinlarida faol qatnashadi, to’g’ri qaror qabul qiladi. TMI bo’yicha xozirgi zamonga mos bo’lgan kurgazmali qo’llanmalar eki oliy sifatli 3-5 manbaidan va internet ma’lumotalridan olingan referatlar tayyorlaydi.
|
3.
|
76-80%
|
Yaxshi «4»
|
dermatitlar, toksikodermiyalar, ekzema, neyrodermatozlar, eshakemi kasalliklari ning moҳiyatini tushunadi, tulik taxlil kilib bera olmaydi aniq bilish darajasi etarli emas, o’qituvchining qo’shimchalari zarur, bilish, aytib berish darajasi etarli darajada emas, dermatitlar, toksikodermiyalar,ekzema, neyrodermatozlar, eshakemi kasalliklari yuzasidan etarli darajada to’liq tasavvurga ega bo’lmaydi, fikrni boyitsa va yordamchi vositalardan keyin taxlil qilib boyitsa bo’ladi TMI bo’yicha xozirgi zamonga mos bo’lgan kurgazmali qo’llanmalar eki oliy sifatli 1-2 manbaidan va internet ma’lumotalridan olingan referatlar tayyorlaydi.
|
4.
|
71-75%
|
Yaxshi «4»
|
Savollar to’g’ri, lekin to’liq eritilmaydi. Interaktiv o’yinlarda faol qatnashadi, vaziyatli masalalrga to’liq javob bermaydi. dermatitlar, toksikodermiyalar, ekzema, neyrodermatozlar, eshakemi kasalliklarining moҳiyatini tushunadi, etarli darajada tushuntirib beradi, to’liq taxlil qilib bera olmaydi, bilish darajasi past, o’qituvchining qo’shimchalari zarur, bilish, aytib berish darajasi etarli darajada emas, mavzu yuzasidan etarli darajada to’liq tasavvurga ega bo’lmaydi. Fikrni boyitsa va yordamchi vositalardan keyin taxlil qilib boyitish darajasi past, vaziyatli masallarga to’liq javob bermaydi. 2-3 grammatik xato, mavzu buyicha 3-4 xatoga yul qo’yadi. TMI bo’yicha xozirgi zamonga mos bo’lgan kurgazmali qo’llanmalar eki oliy sifatli 4-6 manbaidan va internet ma’lumotalridan olingan referatlar tayyarlaydi.
|
5.
|
66-70%
|
Qoniqarli
«3»
|
dermatitlar, toksikodermiyalar, ekzema, neyrodermatozlar, eshakemi kasalliklari ni etarli darajada yoritib bera olmaydi, nazariy va amaliy bilimning usulublarini ajrata olmaydi. Talaba bilan doimiy dars davomida ukituvchi ishlashi kerak. oldingi darslardagi talabaning samaradorligi taxlil qilinishi kerak. O’zi mustaqil ishlay olmaydi.Savollarga javob berilganada xatolarga yul qo’yiladi. Vaziyatli masallarni to’g’ri echish, lekin javoblar asoslab berilmasligi. kuzatiladi.
|
5.
|
61-65%
|
Konikarli «3»
|
Savollarning yarmi xatolarga yul qo’yilgan xolda eritiladi. Talabaning bilimi aniq tasavvurga ega emas, mavzu etarli darajada yoritib bera olmaydi, nazariy va amaliy bilimning usulublarini ajrata olmaydi. Talaba bilan doimiy dars davomida ukituvchi ishlashi kerak. oldingi darslardagi talabaning samaradorligi taxlil qilinishi kerak. Tarqatma materiallar, vaziyatli masalalarni o’qituvchining to’liq ishtirokida ishlash tartibini bilishi mumkin. Vaziyatli masallarni echganda xatoga yul qo’yishi mumkin.
|
5.
|
55-60%
|
Konikarli «3»
|
Talabaning bilimi aniq tasavvurga ega emas, mavzu etarli darajada yoritib bera olmaydi, nazariy va amaliy bilimning uslublarini ajrata olmaydi. Talaba bilan doimiy dars davomida ukituvchi ishlashi kerak. oldingi darslardagi talabaning samaradorligi taxlil qilinishi kerak. Tarqatma materiallar, vaziyatli masala-larni o’qituvchining to’liq ishtirokida ishlash tartibini bilishi mumkin. O’zi mustaqil ishlay olmaydi. Javobi noanik, mavzu bo’yicha bir muncha tasavvurga ega. Vaziyatli masalani echishda xatoga yul qo’yadi.
|
5.
|
50-54%
|
Konikarsiz
«2»
|
Savollarning 1/3 to’g’ri eritilgan. Vaziyatli masalalar noto’g’ri echilgan, kup xatolarga yul qo’yilgan.
|
6.
|
46-49%
|
Konikarsiz
«2»
|
Savollarning 1/4 to’g’ri eritilgan. Vaziyatli masalalar noto’g’ri echilgan, kup xatolarga yul qo’yilgan.
|
7.
|
41-45%
|
Konikarsiz
«2»
|
Savollarning 1/5 to’g’ri eritilgan. Vaziyatli masalalar noto’g’ri echilgan, juda kup xatolarga yul qo’yilgan.
|
8.
|
36-40%
|
Konikarsiz
«2»
|
Savollarning 1/10 to’g’ri eritilgan. Vaziyatli masalalar noto’g’ri echilgan, kup xatolarga yul qo’yilgan.
|
9.
|
31-35%
|
Konikarsiz
«2»
|
Savollarga javob bermadi. Vaziyatli masalalar echa olmadi, mavzuni anglay olmaydi, bilmaydi.
|
9. Mashg’ulotning xronologik xaritasi
№
|
Mashg’ulot bosqichlari
|
Mashg’ulot shakli
|
Davomiyligi
|
1
|
O’qituvchining kirish so’zi (mavzuni asoslash)
|
|
08.30-08.35
|
2
|
Amaliy mashg’ulot mavzusini muxokama qilish , yangi pedagogik texnologiyalar, shuningdek ko’rgazmali materiallarni qo’llagan xolda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish
|
So’rov, tushuntirish
|
08.40-09.20
|
3
|
Muxokamaga yakun yasash, mustaqil kurastiya
|
|
09.25-10.05
|
4
|
Talbalarni mashgulotning amaliy kismini o’qituvchi erdamida egallash (tematik be’morlar kurastiyasi)
|
|
10.15-11.40
|
5
|
Katta tanaffus
|
|
11.40-12.20
|
6
|
Tematik be’morni laboratoriya, instrumental tekshiruvlardan olingan natitjalari taxlili , differenstial diagnotsika, davolash va soglomlashtirish rejasi tuzish , resteptlar ezish
|
Kasallik tarixini urganish
|
12.20-13.00
|
7
|
Talabalarning o’zlashtirgan nazariy bilimlari va aamalliy ish natijalarini muxokama qilish va mashg’ulot maksadiga erishilganlik darajasini xisobga olgan xolda gurux faoliyatini baxolash
|
Og’zaki so’rov, yozma, test, amaliy ish natijalarini tekshirish, munozara-baxs
|
13.05-14.00
|
8
|
Ushbu mashg’ulot bo’yicha o’qituvchining xulosasi, xar bir talaba faoliyatini 100 ballik tizim bo’yicha baxolash va e’lon qilish. Keyingi dars tayerlanish uchun talabalarga vazifa berish ( savollar to’plami)
|
Aҳborot mustaqil tayerlanish uchun savollar
|
14.00-14.30
|
10. Nazorat uchun savollar
1. dermatitlar, toksikodermiyalar, ekzema, neyrodermatozlar, eshakemi kasalliklarining etiologiyasi va patogenezi
2. dermatitlar, toksikodermiyalar, ekzema, neyrodermatozlar, eshakemi kasalliklarining klinik kurinishi
3. dermatitlar, toksikodermiyalar, ekzema, neyrodermatozlar, eshakemi kasalliklarining boshka kasalliklar bilan kiesiy tashxislash
4. dermatitlar, toksikodermiyalar, ekzema, neyrodermatozlar, eshakemi kasalliklarini davolash usullari
5. dermatitlar, toksikodermiyalar, ekzema, neyrodermatozlar, eshakemi kasalliklarining profilaktikasi
11. Adabietlar
Asosiy
1 Arifov S.S., Eshbaev E.X. Teri-tanosil kasalliklar. T.,1997
2 Vaisov A.Sh. Teri-tanosil kasalliklari. T., 2004
3 Vladimirov V.V., Zudin V.I. Kojnыe i venericheskie bolezni. 4Atlas. Uchebnoe posobie dlya studentov med. VUZov.
5 Skripkin Yu.K. Kojnыe i venericheskie bolezni. Uchebnik dlya medistinskix institutov. M.,1979., 1980,
6 Skripkin Yu.K. Rukovodstvo po kojnыm i venericheskim boleznyam. M.Medistina, 1995.
7 Pavlov S.T., Shaposhnikov O.K.. Samstov V.I., Ilin I.I. Kojnыe i venericheskie bolezni. L 1989g
8 Shadiev X.K., Axmedov. Teri-tanosil kasalliklar.,T.1993.
9 Karimov A.M. Ter iva tanosil kasalliklari 1995 y
10 Kapkaev R.A. « Spravochnik dermatoveenrologa» 1997g.
Qo’shimcha
1. Kalamkaryan A.A., Mordovstev V.N. ,Trofimova Klinicheskaya dermatologiya, M.1989
2.Somov B.A., Dolgov A.B. Professionalnыe zabolevaniya koji v veduщix otraslyax narodnogo xozyaystva. M.1976.
3.Studnistin A.A., Berenbeyn B.A. Differenstialnaya diagnostika kojnыx zabolevaniy. M.Med.,1989
4. Shaposhnikov O.K., Venericheskie bolezni. L.1991.
Internet ma’lumotlari quyidagi saytlardan olinadi :
1) www tma uz
2)www .mediashhera aha.ru // dermatol// derm –mn htm
3)www . matrix ucdavis edu // DOJ . htm l
4)www.c.c. emory .edu //WHCL// medveb. Dermatology .html/
5)www I . Mosbycom // Mosbi // Periodicals // medicals // CPDM // dm / html
6)www. Skindex . com .
7)www amaassu/org//journals // standing // derm // dermhome .htm
8)www.crawford .com //epo // mmwz //world.html
|