O’zbekiston respublikasi sog’likni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiet akademiyasi «Tasdiqlayman»




Download 1.07 Mb.
bet6/13
Sana04.04.2017
Hajmi1.07 Mb.
#2869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ODDIY KONTAKT DERMATIT KLINIKASI
Odatda oddiy kontakt dermatitga uchragan bemor terida paydo bo’lgan toshmalar sababini (shartsiz ta’sirotni) aniq ko’rsatib beradi va ko’pincha yallig’lanish o’chog’ida achish, og’riq, kamroq qichishishga shikoyat qiladi.

Shartsiz ta’sirotni kuchli va qisqa vaqtli ta’sir oqibatida vujudga keladigan teri yallig’lanishini o’tkir oddiy kontakt dermatit (kuyish) va uzoq vaqt qaytalama kuchsiz ta’sir oqibatidagi teri yallig’lanishi xronik oddiy kontakt dermatit (uzoq vaqt mexanik ishqalanish oqibatida qaloq paydo bo’lishi) deyiladi.

Ko’rilganda, bemor terisida faqatgina tashqi omil ta’sir qilgan joyida, omilning shakli va kattaligiga teng, aniq chegarali o’tkir yallig’langan dog’ kuzatiladi (eritematoz davr). Qizargan teri shishadi va infiltrastiyalashadi, ustida bir yoki bir necha seroz yoki gemorragik suyuqli pufak va pufakchalar paydo bo’lishi mumkin (bullez davri). Tashqi omilning tanaga bo’lgan ta’siri juda kuchli bo’lsa teri nekrozi ҳam uchrashi mumkin (nekrotik davr).

Oddiy kontakt dermatitni keltirgan tashqi ta’sirni bartaraf qilsa, yallig’lanish ancha tez kamayib yo’qoladi. Bemor davolanmasa, pufaklar vaqt o’tib quriydi yoki ko’proq yoriladi va o’rnida paydo bo’lgan eroziyalarga ikkilamchi infekstiya qo’shilishi mumkin. Natijada yiringli ajratmalar paydo bo’lib, bemorda piodermiyalik asoratlar rivojlanib ketishi mumkin.


Differenstial tashxisi

1.Dermatitis allergica.

2.Impetigo bullosa.

3.Pemphigus vulgaris.

.

EShAKEM (URTICARIA)



Eshakem – allergik kasalliklar guruҳiga kirib, teri va ba’zan shilliq qavatlarda faqat qavarchiqlardan iborat toshmalar bilan kechadi.

Kasallikning rivojlanishiga moyillik keltirib chiqaruvchi omil-larning ekzogen (fizik, mexanik, kimyoviy, dori-darmon va oziq-ovqatlar) va endogen (ichki a’zolardagi patologik jarayonlar, misol, jigar, o’t qopi, oshqozon-ichak, asab sistemasi, qalqonsimon bezi ishlash faoliyatining buzilishi) etiologik guruҳlari ajratiladi. Bu omillarning ta’sir mexanizmi eshakemning patogenezida ko’plab bir-biriga o’xshaydi va organizmda gistamin, serotonin turidagi biologik aktiv moddalar miqdorini ortish natijasida kapillyarlar yallig’lanib kengayadi, ularning o’tkazuvchanligi oshish oqiba-tida, epidermisda va dermaning so’rg’ich qavatida o’tkir shish paydo bo’lib, qavarchiq toshmalar vujudga keladi. Organizmdagi ayrim prostesslar gistamining rezervuardan ajralib chiqishga sabab bo’lib, qavarchiqlar paydo bo’lishini aktivlashtiradi. Oddiy misol qilib, organizm-dagi antigen – antitelo reakstiyasini keltirish mumkin va bunda IgE va komplement asosiy rol o’ynaydi.

Tasnifi va rivojlanish mexanizmlari

Klinikasi. Eshakemning klinik ko’rinishlari turli bo’lishi mumkin va bugungi kunda o’tkir eshakemi, Kvinkening o’tkir chegaralangan shishi, surunkali qaytalanib turuvchi, quyosh ta’siridagi va kontakt eshakemi turlarini ajratadilar.

Turg’un tugunchali eshakem va bolalar eshakemida qavarchiqlar keyinchalik tuguncha va tuguncha-pufakchaga aylanishini ko’zda tutib, ko’p olimlar ularni qichima kasallikning turlariga kiritganlar.

Eshakemi kasalligi terida bo’rtmali (qavarchiq) toshmalar toshishi bilan xarakterlanadi. Oqish-qizg’ish bo’rtmalar, pilakchalar epidermisda va dermaning yuzaki qismida, qisqa muddatli ҳujayralar ichida shish ҳosil bo’lishi ҳisobiga vujudga keladi. Kvinke shishi derma va gipodermada katta-katta yuzali shishlar evaziga kuzatiladi. Ҳar ikkala kasallik o’tkir yoki surunkali qaytalovchi turda kechishi mumkin. Eshakemi va Kvinke shishi birgalikda yoki ayri-ayri uchrashi mumkin. Nasldan-naslga o’tuvchi Kvinke shishida eshakemi kamdan-kam ҳollarda ҳamkorlikda kuzatiladi.

Sinonimlari: eshakemi-urticaria; Kvinke shishi-oedema Quinc-ke, angionevrotik shish, gigant eshakemi.

Ҳar olti kishidan biri (ayrim mualliflar ma’lumotiga ko’ra – ҳar to’rt kishidan biri) ҳayoti mobaynida bir bor bo’lsa ҳam eshakemi yoki Kvinke shishini boshidan kechiradi. Eshakemi bilan og’rigan bemorlarning 25% qismida kasallik ertami yoki kech surunkali turga o’tadi.

Differenstial tashxisi:

Qumursqalar chaqishi

Medikamentli eshak emi

Kontaktli eshakemi

Urtikar vaskulit

V-gepatiti.

Profilaktika.

Provokastiya xususiyatiga ega bo’lgan omillar – kimyoviy vositalar yoki dori-darmonlar (aspirin, oziq-ovqatga qo’shuvchi maҳsulotlar)ni bartaraf etishga urinishlar kam ҳollarda, xususan surunkali eshak-emida naf beradi.

Davosi.

1. Antigistamin xususiyatiga ega bo’lgan vositalar: N1-blokator-lardan boshlanadi, masalan, gidroksizin yoki terfenadin. Agar bu vositalar samarasiz bo’lsa, N2-blokatorlari (stimetadin) va semiz ҳujayralarni stabillashtiruvchi preparatlar (ketotifen) qo’shiladi.

2. Prednizolon.

3. Maҳalliy davo teridagi o’zgarishlarga qarab.

Bo’rtmalar – to’g’ri chiziqli, to’q qizil gardishli, terining mexanik ta’-sir-lanuvchi soҳalarida uchraydi, qichimali. Yo’q Teriga oҳis-ta mexanik ta’sir etilsa, tezda qichimali bo’rtma ҳosil bo’ladi.

Sovuqdan paydo bo’luvchi eshakemi. Teriga sovuq jism yoki suyuqlik tekkan soҳada shish, oqarish yoki qizarish paydo bo’lib, qichishadi. Bor 10 daqiqa mobaynida teriga muz bo’-lagi tekka-zib tu-ril-sa, 15 da--qiqa ichida bo’rtmalar ҳosil bo’-lishiga olib keladi.

Vibrastion Kvinke shishi 20–50 Terining bosim ta’sir etuvchi soҳasida (kaft, tovon, dumba) katta-katta shish, og’riq va qichishish kuzatiladi. Yo’q Teri yuzasiga perpendikulyar ҳolatda, bosim ta’sir etishidan so’ng 1–4 soat o’tgach (latent davri) turg’un qizarish va shish paydo bo’ladi.

Quyosh nuri ta’siridan paydo bo’luvchi

Eshakemi. Quyosh nuri yoki ultrabinafsha nuri ta’siridan so’ng, teri shishi oqarishi yoki qizarishi kuzatiladi. Bor 2,5 kVt quvvatga ega bo’lgan (290–690 nm) lampa bilan 30–120 sekund nurlatilgach, 30 daqiqadan keyin bo’rt-malar paydo bo’ladi.

Xolinergik eshakemi. Ko’plab, mayda (5 mm. gacha), bir xil bo’rtmalar ta-nada, bo’yinda, qo’l-oyoq-larda uchrab, qichima be-zovta etadi. Jismoniy mashq, meҳnat, issiq suvli dush toshmalar toshishiga sabab bo’ladi.

ng shishi yoki bronxospazm natijasida qorinda og’riq, eshakem, teri qichishi.

s olish shovqinli, aritmik, auskultastiyada «soqov» o’pka eshitiladi.


QO’TIR (SCABIES)

Qo’tir – yuqumli parazitar, asosan, kechasi kuchayadigan teri qichinishi bilan kechadigan kasallik.

Etiologiyasi. Kasallikni qo’tir kanalari – Sarcoptes hominis chaqiradi. Kasallik yuqumli bo’lib, bemor yoki uning buyumlari orqali yuqadi.

Asosiy belgilari. Sog’ teriga kana tushgandan keyin 7–14 kun o’tgach, bemor terida qattiq qichinish va toshmalarga e’tibor beradi. Bemor terisida mayda pufakchasimon tugunchalar va egri-bugri, kulrang, uzunligi 5–10 mm keladigan chiziqlar (qo’tir yo’llari) va qora nuqtalar ko’rinib turadi. Qo’tir yo’lining uchi ochiq (mayda eroziya), oxiri yopiq bo’lib, u erlarda pufakchalar (tuguncha) bo’lib, ular doim juft joylashadilar (eroziya – tuguncha). Odatda bu joylarga kanalar joylashgan bo’ladi. Qo’l panjasi ustki bo’g’imlari, barmoq oralari, qo’ltiqning oldi, ayollarda ko’krak uchi terisida juft-juft joylashgan pufakcha (tuguncha) va eroziyalar uchraydi. Qichinish, ayniqsa, kechasi zo’rayib, qashinish oqibatida terida tirnalishlar kelib chiqib, ikkilamchi infekstiyaga yo’l ochiladi. Kechqurun zo’rayadigan qichinish, qo’tir yo’llari, eroziya va pufakchasimon tugunchalarning o’ziga xos joylashishi, kanalar topilishi, kasallikka to’g’ri tashxis qo’yishga yordam beradi.

Davolash: kattalarda 33 % li oltingugurt malҳami, 1 kunda bir marotaba (4–6 kungacha surkaladi), so’ngra dush qabul qilib, kiyimlar almashtiriladi. Bugungi kunda ko’pincha benzilbenzoatning 20% li suvdagi eritmasi qo’llaniladi (4 kun, kuniga 10 daqiqa davomida 10 daqiqa tanaffusdan so’ng 2 marta surkaladi). DEMYaNOVICh USULI: 1/1 eritma, ya’ni 60 % li natriy tiosulfat bilan 10 daqiqa orasida butun tana, qo’l-oyoq terisiga zo’r berib surkaladi (tananing ҳar qismiga 2 daqiqadan va 5 daqiqa tanaffusdan so’ng 2 marotaba) 10 daqiqa tanaffusdan keyin 1/2 eritma bilan, ya’ni xlorid kislotaning suvdagi 6 %li eritmasi xuddi shunday usul bilan surtib chiqiladi. 4 kun davodan keyin bemor cho’miladi va uning ko’rpa-to’shagi, ichki kiyimlari almashtiriladi.

Albatta bemorning oila a’zolari, yaqin muloqotda bo’lgan insonlarni tekshirib davolab, epid o’chog’ni yo’qotish zarur (ilova X).

ChOV BITLAShI

(PEDICULUS PUBICUS)

ChOV bitlashi – parazitlar, ya’ni xo’jayinlarda yashashga mos-lash-gan bitlar orqali vujudga keladigan, yuqumli kasallik. Bitlar odamdan-odamga, uning o’rin-ko’rpalari, kiyim-boshlari orqali o’tadi va xo’jasining qoni bilan oziqlanadi. Bir kunda 0,3–0,5 ml gacha qon so’rishi mumkin. Bit qon so’rganida odam terisiga yopishib olib, unga so’lak chiqaradi va terini sensibilizastiyalab qichitadi.

Bitlar 3 xil bo’ladi – bosh biti (Pediculus capitis), kiyim biti (Pediculus corporis) va chov biti (Pediculus pubis) uchraydi.

Chov biti kulrang qora tusda bo’lib, junlarning asosiga maҳkam yopishib oladi. Bitlar asosan, qov, qorin va sonning chegara qismlaridagi terida yashaydi, lekin ba’zan o’rmalab, tananing jun bilan qoplangan boshqa qismlariga (qo’ltiq, ko’krak, soqol, kiprik, qoshga) o’tib oladi. Bu ҳasharotlar odatda jinsiy aloqa vaqtida bir odamdan ikkinchi odamga o’tadi, ammo ichki kiyim, o’rin-ko’rpa jildlari orqali ҳam o’tishi mumkin.

Bugungi kunda, bitlashning bu turi jinsiy yo’l bilan yuquvchi kasalliklar guruҳiga kiritilgan.

Bitlar chaqqanda qattiq qichishish yuzaga kelib, ko’p sonli uzunchoq tirnalishlar (ekskoriastiya), shilinishlar ҳosil bo’lib, ikkilamchi infekstiyalar tushishiga yo’l ochadi. Chov satҳida – bitlar chaqqan joylarda oldin qizil rangli ekximoz toshmasi, keyin vaqt o’tgach, rangi o’zgarib kulrang, yumaloq shaklda, ustidan bosganda yo’qol-may-digan dog’lar ҳosil bo’ladi. Dog’ o’rtasida nuqtadek eroziya – bit qon so’rgan o’rni turadi. Dog’lar odatda 7–10 kun saqlanib turadi. Bit chaqqan joy terisi qattiq qichishib shu soҳalarda tirnalishlar paydo bo’ladi va butunligi buzilgan teri yuzasiga ikkilamchi piodermiya va ular bilan bir qatorda boshqa jinsiy aloqa yo’li bilan yuqadigan infekstiyalar ҳam yuqtirilishining eҳtimoli yuqori bo’ladi.

Tashxisi – aniq klinik belgilari;

– terida qov biti topilishi.

Davosi.


– davolashdan oldin jinsiy a’zolar, anus atrofi va boshqa soҳalardagi junlar qirib tashlanadi.

– 2–3 kun 10%li simobli malҳam, 20% li benzilbenzoat, oltingugurt malҳami.

Ichki kiyim va ko’rpa-to’shak jildlari dezinfekstiyalanadi yoki sovun bilan issiq suvda yuvilib almashtiriladi yoki 10%li sovunli-solvent pastali eritmada bir necha soat saqlanadi va keyin quyoshda quritilib dazmollanadi. Xuddi shu eritmaning 20% lisi xonalarni tozalash uchun ishlatiladi.

Bitlashning oldini olish va profilaktikasi. Bitlashning oldini olish, asosan, aҳolining moddiy farovonligi va sanitariya madaniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va uni ҳayotga tadbiq etishdan iborat. Shaxsiy gigienaga rioya qilish, choyshab, ichki kiyim, o’rin-ko’rpa jildlarini ҳar ҳaftada almashtirib turish, yuvilgan kiyimlarni dazmollab kiyish, birovlarning o’rnida yotmaslik, oiladan chetta va tasodifan jinsiy aloqa qilmaslik.




Download 1.07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 1.07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi sog’likni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiet akademiyasi «Tasdiqlayman»

Download 1.07 Mb.