20
21
Tabiatda mavjud bo‘lgan g‘oyat turli-tuman tovushlarni nutq
tovushlari, musiqa (musiqa asboblari) ovozlari va shovqinlarga
ajratish mumkin.
Odam nutqi va musiqa asboblarining ovozi
murakkab tebra-
nishlar bo‘lib, tonlar deb ataladigan – bir-birining ustiga tushadi-
gan oddiy (garmonik) tebranishlardan tashkil topadi. Demak, har
bir tebranuvchi jism turlicha ton chiqaradi.
Past ton asosiy ton deb
ataladi va u ovoz chastotasini belgilaydi. Boshqa chastotali tonlar
esa
obertonlar (yuqori ton) deb atalib, ular
asosiy tondan doimo
yuqori bo‘ladi. Obertonlar turli musiqa asboblari va odam ovozla-
rining balandligi bir xil bo‘lgan ovozlarni ajratishga imkon beradi;
ular har bir ovozga o‘ziga
xos ohang beradi, bu ohang
ovoz tembri
deb ataladi va bir xil tondagi turli ovozlarni bir-biridan ajratishga
imkon beradi.
Shovqinlar – turli-tuman nogarmonik tebranishlar bo‘lib, ba-
land ligi va kuchi tez hamda keskin o‘zgarib turadi (masalan,
shtir-
lash, taqillash,
zarb ovozi, portlash,
arraning ovozi, vishillash,
hushtak va h. k.).