axbOrOt-KutubxOna MuassasaLarida




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

2. 1. axbOrOt-KutubxOna MuassasaLarida 
OvOzni YOzib OLish va qaYta eshittish 
asOsLari
Ovoz haqida tushuncha. Axborot-kutubxona muassasalarida 
ovozni yozib olish va qayta eshittirish muhim ahamiyatga egadir. 
Turli xil ommaviy tadbirlarda – konferensiyalar, uchrashuvlar, 
turli xil kechalar va boshqalarda so‘zga chiqqanlarning nutqla-
rini yozib olib, undan keyingi kelayotgan kitobxonlarning axborot 
so‘roqlariga javob berish mumkin. Masalan, biror-bir fan nomzodi 
bilan uchrashuv o‘tkazib, uning fandagi yangiliklari shu sohaning 
taraqqiyoti haqidagi fikrlarini yozib olish yoki biror-bir shoir bilan 
uchrashuv o‘tkazib, yangi she’rlarini yozib olish va ularni keyingi 


18
19
kelayotgan kitobxonlarga taqdim etish mumkin. Yozib olingan ax-
borotlarning barchasi axborot-kutubxona fondi sifatida foydalani-
ladi. 
Ovoz yozuvi xalq xo‘jaligida, fan va texnikada keng qo‘llaniladi. 
hozirgi kunda yozib olingan ovoz mashinalar, avtomatik potok 
liniyalarining ishini boshqaradi, telefon orqali ma’lumotnomalar 
beradi. Ovoz yozuvi kosmonavtning Yer bilan suhbatlashish imko-
nini beradi va h. k. Turli radioeshittirishlar, tarixiy anjuman, konfe-
rensiya va kengashlardagi chiqishlar ham, odatda, magnit tasmaga 
yozib olinadi. 
Boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta’limning o‘quv jarayonida ham 
ovoz yozib olish usulidan foydalaniladi. Bizni o‘rab turgan atrof 
muhitdagi tovushlar rang-barang va go‘zal. Qushlarning sayrashi
hayvonlarning ovozi, daraxtlar, barg va o‘tlarning mayin shitirlashi 
juda yoqimli. Qulog‘imiz eshitadigan hamma narsani yozib olish 
va o‘quv maqsadlarida foydalanish mumkin. 
Turli ovozlar – odamning nutqi, musiqani eshitish organlarimiz 
idrok qiladi. Xo‘sh, ovozning o‘zi nima va u qanday vujudga kela-
di? Ovozni tebranuvchi jismlar hosil qiladi. Dutorning torini tarang 
tortib qo‘yib yuborsak, u tebranishi, tovush chiqarishini eshitamiz. 
Torning tebranishlari havoga o‘tadi va havoda ko‘zga ko‘rinmas 
sferik havo to‘lqinlari – ovoz manbayidan hamma tomonga tarqa-
ladigan ovoz to‘lqinlarini hosil bo‘ladi. 
Odamning qulog‘i ovoz tebranishlarini tutadi, ularni sezadi, to-
vush asabi orqali asab uyg‘onishlari impulslarini miyaga o‘tkazadi 
va odam ovozni eshitadi. Demak, ovoz – odam qulog‘i qabul qiladi-
gan havo zarralarining tebranishi, ovoz manbayi esa teb ranuvchi 
jism ekan. Tovush to‘lqinlari faqat havodagina emas, suvda ham 
qattiq, jismlarda ham va boshqa muhitda ham tarqalishi mumkin. 
Ovoz to‘lqinlarining tarqalish tezligi ular harakatlanadigan muhit-
ning xossalariga bog‘liq. Ovoz manbalari kuchi turlicha bo‘lgan 
ovozlarni tarqatadi. Tebranuvchi tor dastlabki eng chekka o‘ng 
vaziyatgacha siljiydi, so‘ngra sekinlik vaziyatiga
qaytadi va eng 
chekka chap vaziyatga siljiydi, yana sokinlik vaziyatini
egallaydi. 


18
19
Torning sokinlik vaziyatidan eng ko‘p og‘ish qiymati, ya’ni
ja-
ranglovchi jismning qulochi tebranish amplitudasi deb ataladi. 
Tebranish amplitudasining qiymati ovoz kuchini belgilaydi. 
Tebranish amplitudasi qancha katta bo‘lsa, ovozning kuchi ham 
shuncha kuchli bo‘ladi. Amplitudadan tashqari, ovoz kuchi muhit-
ning zichligiga ta’sir qiladi. Odamning qulog‘i kuchsiz ovozlarni 
(masalan, shivirlasa va kuchli ovozlarni, masalan portlash, to‘p 
ovozini), ya’ni kuchi turlicha bo‘lgan ovozlarni qabul qiladi. Man-
ba qancha uzoq bo‘lsa, uning ovozi kuchsiz eshitiladi. 
Qabul qilish joyida ovozning balandligiga qarab baholana-
di. Ovoz balandligi va ovoz intensivligi quloq qabul qiladigan 
ovozning eng kichik kuchi intensivligiga nisbati logarifmi bilan 
o‘lchanadi va detsibell (db) bilan ifodalanadi. 
Ovozning balandligi faqat ovoz kuchigagina emas, balki chasto-
tasiga bog‘liq. Ovoz to‘lqinlarining kuchi o‘rtacha ovozga nisbatan 
bir xil bo‘lgan holda juda yuqori va juda pastdek tuyuladi. Masalan, 
bir torni kamroq tebranishga majbur qilish mumkin. Birinchi holda 
qulog‘imiz past tonli ovozni, ikkinchi holda yuqori tonli ovozni 
eshitadi. Demak, ovozning balandligi tebranishlar chastotasi bilan 
bog‘liq. Tebranishlar chastotasi qancha ko‘p bo‘lsa, ovoz shuncha 
yuqori bo‘ladi. Ovozning 1 soniyadagi tebranishlar soni tebranish­

Download 17,68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish