10
11
be-rishda axborot-kutubxona tizimining avtomatlashtirilgan tizimi-
da ishlashni nazariy va amaliy jihatdan o‘rgatadi. Axborot-kutub-
xona texnologiya fani axborot-kutubxona
muassasalarida mavjud
bo‘lgan texnika vositalari, axborot-kutubxona texnologiyalari ha-
qida ma’lumot beradi va ulardan mustaqil foydalanishni o‘rgatadi.
Axborot-kutubxona texnologiyasi fanining vazifasi axborot-
kutubxona ishi, kutubxonashunoslik va bibliografiya mutaxas-
sisligini egallashda olib borayotgan talablarni qondirish hamda
avtomatlashtirilgan tizimda ishlaydigan raqobatbardosh kadrlarni
tayyorlash, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida au-
diovizual texnika vositalari, proyeksion texnika apparatlari, video -
magnitafon va videokameralarda ishlash, audio va video konfe-
rensiyalar tashkil qilish, elektron hisoblash texnikasi, kompyuter
texnologiyalari bilan ishlash, multimedia vositalari
va ular bilan
ishlash, nusxa o lish va nusxa ko‘paytirish texnikasi, axborot tizimi,
Internet tizimi, elektron pochta xizmati, telekommunikatsiya va alo-
qa vositalari, axborot-kutubxonalarda transport vositalari, axborot-
ga ishlov berish, ma’lumotlarga ishlov berish, kitoblarni saqlash
va qidirish, muqovalash texnika vositalari haqidagi ma’lumotlarni
o‘quvchilarga yetkazishdan iborat.
Fanni o‘qitishdan maqsad – o‘quvchilarda
axborot-kutubxona
texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini
o‘rgatish, ularni mustaqil ishlatishni, axborot texnologiyalarining
inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llanish asoslarini tushunti-
rishdir.
Asosiy e’tibor – axborot texnologiyalari asosida elektron il miy-
ta’limiy resurslar bilan ta’minlash, axborot-kutubxona texnologi-
yalari nazariyasining
umumiy masalalari, predmeti, o‘rganilayotgan
tizim va obyektlarni tadqiq etishdagi o‘rni va ahamiyati, mo dellarni
ishlab chiqish texnologiyasi, obyekt va tizimlari muammolarini
yechish usullari, rejalashtirish, dasturlashtirish natijasida olingan
ma’lumotlarni qayta ishlash hamda zaruriy
yechimlarni qabul qi-
lish ko‘nikma va malaklarni shakllantirishdir.
12
13
Fanning vazifasi – o‘quvchilarni avtomatlashtirilgan axbo rot-
kutubxona texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari bi-
lan tanishtirish va bu vositalarni ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot
ishlari axborot tizimini va elektron ma’lumotlar bazalarini (elek-
tron kataloglar, elektron darsliklar, multimedia, ensiklopediyalar,
to‘liq matnli ma’lumotlar bazalari va h. k.) ishlab chiqish va ularni
o‘zlashtirish texnologiyasini, xizmat ko‘rsatish, foydalanuvchilar-
ni axborot texnologiyalari asosida elektron ilmiy-ta’limiy resurs-
lar bilan ta’minlash, hujjatlarni elektron shaklda yetkazib berish
texnologiyasini o‘zlashtirish va (IRBIS, MARC, KARMAT, SQL
va boshqalar) o‘rgatish, sozlash, moslashtirish hamda ular bilan
ishlashga hamda o‘quv jarayonlariga tatbiq etish
usullari va ular-
ning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rgatishdan iboratdir.
Axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari va kutubxonala-
rida elektron katalog tuzish, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qidirish,
uzatish, saralash, qayta ishlash kabi ishlar axborot texnologiyala-
rida amalga oshiriladigan ishlarning asosiy qismini tashkil etadi.
Shuning uchun axborot-kutubxona texnologiyalariga alohida ta-
lablar qo‘yiladi. O‘quvchilar axborot-kutubxona, axborot-resurs
markazlari va kutubxonalarda axborot
texnologiyalari va tizim-
lari imkoniyatidan foydalanib, elektron kutubxona texnologiyalari
amallarini bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Shuning uchun
ushbu fan asosiy mutaxassislik fanlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqa-
rish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘inidir.
O‘quv fani bir qator mutaxassislik fanlari bilan, ya’ni kutub-
xonashunoslik, bibliografiya, hujjatlar
fondi va elektron katalog,
kutubxona ishini avtomatlashtirish, Internet tizimi, muqovalash,
elektron kutubxona kabi fanlar bilan o‘zaro bog‘liq.
Masalan, adabiyotlar targ‘ibotida, ommaviy tadbirlar o‘tkazish-
da, kitobga ishlov berishda kutubxonashunoslik fani, IRBIS dasturi
asosida elektron katalog yaratishda axborot-kutubxona resurslari
va elektron katalog fani hamda kompyuterda
ishlashda axborot-ku-
tubxona ishini avtomatlashtirish fani bilan uzviy aloqada ekanligini
ko‘rish mumkin.
12
13
Shuningdek, umumkasbiy fanlar, kutubxonachilik ishi tarixi,
nutq madaniyati, pedogogika-psixologiya fanlari, umumta’lim fan-
laridan informatika, axborot texnologiyalari fanlari va maxsus fan-
larning barchasi bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq.