OvOzni YOzib OLish tarixi




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

2. 2. OvOzni YOzib OLish tarixi
Inson qadimdan ovozni yozib olishga intilib kelgan. Fizik olim 
Jambatista Porta 1589- yildayoq: «Ovoz izsiz yo‘qolib ketmaydi, 
uni iloj qilib saqlash mumkin», – degan edi. Ko‘p olimlar, shu jum-
ladan, mashhur astronom Iogan Kepler (1634) ham ovozni saqlab 
qolish mumkinligi haqidagi fikrni aytgan. Ingliz fizigi Tomas Yung 
birinchi
bo‘lib (1807) ovozni yozib olishga muvaffaq bo‘ldi. U 
Kamertonning ovoz tebranishlarini barabanga o‘ralgan is bosgan 
qog‘ozga yozib olgan. Fransuz Leon Skott 1857- yilda ovoz yozib 
oluvchi apparat – fonoavtografni kashf etdi. Bu asbob ovozning 
«shaxsiy imzosini» yozib olishga imkon bergan. Yung va Skott ix-
tiro qilgan apparatlarda ovoz yozib olinardi-yu, lekin qayta eshit-
tirib bo‘lmasdi. 


20
21
Fransuz Sharl Kro (1842–1888) birinchi bo‘lib ovozni yum-
shoq materialdan qilingan diskka ariqchalar tarzida yozib olish va 
qay ta eshittirishni taklif qildi. Qayta eshittirishda membrana bilan 
bog‘langan igna ariqchada harakatlanishi va tebranishlar mem-
branaga uzatilishi, u esa havoni tebratib, rupor orqali atrofga tarqa-
tishi kerak edi. Lekin Sh. Kro amalda bunday apparatni kashf qila 
olmadi. 
Mashhur amerika elektrotexnika kashfiyotchisi T. A. Edison bi-
rinchi bo‘lib (1877) ovozni yozib oldi va qayta eshittirdi. U fono-
grafni ixtiro qildi. Unda ovoz mum valikka yozilar edi (chuqur 
yozuv). Ovozni qayta eshittirishda fonograf ignasi aylanib turgan 
valik ariqchalarida harakatlanib, membrana va rupor yordamida 
ovozni qayta eshittiradi. Ovozni yozib olishning bunday usuli me­
xanikaviy usul deyiladi. Fonografning asosiy kamchiligi yozilgan 
ovoz nusxasini olish mumkin emasligidir. 
Vaqti kelib fonograf o‘rnini gramofon egalladi. Uni Emil Ber-
liner taklif qilgan. U o‘z apparatini Filadelfiya universitetida 1888- 
yilda namoyish qilgan. Bu apparatda ovoz diskka ko‘ndalangiga 
yozilgan. Bu usul grammofonda ham qo‘llanilgan. 
Taxminan 1907- yilda balandroq ovoz chiqaradigan oksstofon 
deb ataladigan takomillashgan grammofon yaratildi. Bu apparat 
ma’ruzalar paytida diapozitivlarni namoyish qilish va gramplas-
tinkalarni qo‘yishga imkon berdi. 
Ovozni mexanik yozib olish usulining rivojlanishi va takomil-
lashishi bilan, ko‘p olimlar ovozni boshqa usullarda yozishni tak-
lif qilishdi. A. F. Vishemskiy 1889- yilda jahonda birinchi bo‘lib 
ovozni yorug‘likka sezgir materialga optikaviy usulda yozib olish-
ni taklif qildi. Rus fizigi A. G. Stoletov 1888- yil jahonda birinchi 
fotoelementni yaratdi, 1900- yilda esa I. L. Polyakov fotoelement-
dan foydalanib, fotografik fonogrammadan ovozni qayta eshitti-
rishni taklif qildi. 
Sobiq Ittifoq professorlari T. G. Tager va A. F. Shorinlar 1929- 
yilda ovozni kinoplyonkaga yozib olishning yangi optikaviy usul-
larini ishlab chiqishdi. Bu usullar ovozli kino yaratish va rivojlan-
tirishga asos bo‘ldi. 


22
23
Daniya fizigi V. Paulsen birinchi bo‘lib (1898) ovozni po‘lat 
simga magnit usulda yozishni taklif qildi. Ovozni yozib olish va 
qayta eshittirishning quyidagi usullari mavjud:
1) mexanikaviy usul gramplastinkalar ishlab chiqarish usuli 
bo‘lib, hozirgi kunda bu usul o‘rniga muqobil ravishda optik kom-
pakt disklarga ovoz yozish qo‘llanilmoqda;
2) optikaviy (fotografik) usul faqat ovozli kinoda qo‘llaniladi;
3) magnit usul axborot-kutubxonalarda, radioeshittirish, ovozli 
kino, o‘quv-ilmiy tadqiqot ishlari, kundalik turmush (havaskorlar-
ning ovoz yozib olish) va h. k. da qo‘llaniladi. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish