Nazorat savollari:
1. Ovoz deb nimaga aytiladi, unga izoh bering?
2. Ovozni yozib olish tarixi haqida so‘zlab bering.
3. Ovozni yozib olish va qayta eshittirish turlarini aytib bering.
4. Magnit usulda ovozni yozib olish va axborot-kutubxonalarda ular-
ning roli va ahamiyatini ochib bering.
5. Magnitafonlar va ularning turlari haqida gapirib bering.
6. Ovoz kuchaytirgichlari va axborot-kutubxonalarda ulardan foyda-
lanishni aytib bering.
7. Mikrofonlar ularning turlari haqida gapirib bering.
8. «DAEWOO» musiqa markazi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini
so‘zlab bering.
34
35
iii bOb. axbOrOt-KutubxOna
MuassasaLariLarida MuLtiMedia
vOsitaLari
3. 1. Axborot-kutubxona muassasalarida multimedia vositalarining
tavsifi.
3. 2. Multimedia vositalari.
3. 3. Distant uslubi.
3. 4. Multimedia tyumlarining texnik ta’minoti.
3. 5. Multimedianing amaliy dasturlari.
3. 6. Xorijiy tillarni o‘rganish uchun tizimlar.
3. 7. Axborot-kutubxona muassasalarida multimedia vositalaridan
foy da lanishning roli va ahamiyati.
Mavzuning maqsadi: axborot-kutubxona muassasalarida multimedia
vositalari, ularning ishlatilishi, multimedia vositalarining tasnifi, distant
uslubi, multimedia tyumlarining texnik ta’minoti, amaliy dasturlari, CD-
DVD disklar, elektron kitoblar, xorijiy tillarni o‘rganishdagi tizimlar,
Partner elektron so‘zlovchi cho‘ntak kinozali haqida ma’lumot, Jet Book
elektron o‘quv kitobi, axborot-kutubxonalarda multimedia vositalaridan
foydalanishning roli va ahamiyatini ochib berish, ulardan foydalanishni
o‘rgatishdan iborat.
3. 1. axbOrOt-KutubxOna
MuassasaLariLarida MuLtiMedia
vOsitaLarininG tavsifi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011–2015- yillarda
Axborot-kommunikatsion texnologiyalari bazasida axborot-ku-
tubxona va axborot resurs xizmatlari sifatini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ № 1487- sonli Qarori mazkur
yillarda axborot-kutubxona tizimida olib boriladigan ishlarning
Davlat dasturini aniq belgilab berdi. 2011- yil 13- aprelda qabul
qilingan «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
36
37
Respublikasi Qonunining qabul qilinishi yuqorida olib boriladigan
ishlarni qonunchilik asosida olib borishni ta’minlaydi.
Ta’lim va o‘qitish, axborot-kutubxona sohalarida qo‘llaniladigan
multimedia (Computer Based Training – CBT) shaxsiy foydalanish
hamda biznes ishlarini yo‘lga qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Mul-
timediani axborot-kutubxona sohasida qo‘llash ko‘lami kundan
kunga yanada ortib bormoqda. Chunki yuqori kasbiy malakani
ta’minlovchi bilim har doim tez o‘zgarib turadi. Bugungi o‘sish da-
rajasi, ayniqsa, texnika sohasida doimiy yangilanishni talab qiladi.
Shu bois raqobatga asoslangan axborot-kutubxona o‘z faoliyatida
ancha moslanuvchan bo‘lishi lozim. Bu oddiy xodimlar uchun
ham, rahbarlar uchun ham birday haqqoniy yo‘l. Kompyuterlardan
foydalangan holda o‘qitish uchun ma’lum tizim kerak, lekin bun-
day tizimni ishlab chiqarish uchun bunga ixtisoslashgan firmaga
buyurtma berish kerak. Shu kunga qadar kompyuterlar yordamida
o‘rgatish, xodimni o‘qitish va malakasini oshirish uchun nisbatan
ishlab chiqarish sohasida ko‘proq qo‘llanilar edi. «Opel» firmasi
xodimlari jamoa bo‘lib o‘qitishning yangi usulini ilgari surmoq-
dalar. «IBM» firmasi ham lokal tarmoqlar ishini namoyish qilish
uchun kompyuterlardan foydalanilgan holda o‘qitish usulini qo‘lla-
moqda.
Yetmishinchi yillarda o‘qitish uchun ilk bor kompyuterlardan
foydalanish ancha samarasiz bo‘ldi. Chunki o‘sha paytlardagi
texnikaviy va dasturiy vositalarni ishlab chiqarish sifati uncha
yuqori bo‘lmagan. Bundan tashqari, dasturlar yetarli darajada
moslanuvchan emas edi.
Bugungi kunda esa o‘qitish dasturlari shunday tuzilganki, foy-
dalanuvchi o‘qitishning turli variantlaridan foydalanishi mumkin.
Ya’ni u o‘quv materialini o‘zlashtirish davomida o‘qitish tezligini,
material hajmini va uning murakkablik darajasini o‘zi belgilaydi.
Ko‘pgina tadqiqotlar kompyuterlardan foydalangan holda o‘qi-
tish tizimining muvaffaqiyatlarini e’tirof etmoqda. Eski an’anaviy
ta’lim usullari bilan obyektiv taqqoslash juda qiyin, ammo multi-
media bazasida o‘zgaruvchi interaktiv dastur bilan ishlashga e’tibor
36
37
ikki baravar kuchaydi. Aniq bir materialni o‘rganish uchun vaqtni
tejash an’anaviy ta’lim usullariga nisbatan o‘rtacha 0 % ni tashkil
qilyapti, o‘zlashtirilgan bilim esa xotirada ancha uzoq saqlanadi.
Marketing bo‘yicha ekspertlar allaqachon (o‘qish tizimida mul-
timedia ilovasi paydo bo‘lmasdan avval) ko‘p martali tajribalarida
o‘qish uslubi bilan o‘zlashtirilgan materialni xotirada tiklash (es-
lash) o‘rtasida kuchli aloqa borligini isbotlashgan. Masalan, eshitil-
gan materialning faqat to‘rtdan bir qismigina xotirada qoladi. Agar
o‘quvchi ushbu materialni ko‘rish orqali o‘zlashtirish imkoniga
ega bo‘lsa, xotirada qolgan material hajmi o‘ttiz foizga ko‘payadi.
Mabodo, ham ko‘rish, ham eshitish orqali material o‘zlashtirilsa,
uning 50 foizi xotirada qolar ekan. Agar o‘quvchi o‘rganish jara-
yonida faol harakat qilishga jalb etilsa, masalan, multimedia ilovasi
kabi interaktiv o‘qitish dasturi yordamidan foydalanilsa, o‘zlashti-
rish hajmi 75 % ni tashkil qiladi.
Biz bu yerda hatto taxminiy raqamli ma’lumotlarni keltirish
qiyinligini ta’kidlab o‘tmoqchimiz, chunki turli tadqiqotlarda
bu borada turli natijalar keltiriladi. Tajriba natijalarining har xil
bo‘lishi tajriba xulosalarini noto‘g‘ri chiqarishdagina emas, balki
turli ko‘rsatkichlarga ham bog‘liq. Ya’ni o‘zlashtirish, eslab qolish
qobiliyati bir xil bo‘lgan kishilardan iborat ikkita guruhni topish
mumkin emas. Shu bois bu mavzuda bundan buyon keltiriladigan
ma’lumotlar o‘rtacha nisbatda olinganligiga e’tibor bering.
O‘z xodimlarining malakasini oshirish uchun har yili o‘qishga
ma’lum bir moliyaviy mablag‘ ajratuvchi yirik firmalarning yuqori-
da aytilgan omillarni hisobga olgan holda ancha yirik mablag‘ni
iqtisod qilishlari mumkin. Masalan, «DEC» firmasi o‘qitish va qa-
yta o‘qitishdagi xarajatlarni kompyuter texnologiyasidan foydalan-
gan holda 40 mln dollarga iqtisod qildi.
Bilim olishdagi bunday usulga quyidagilar sababchi:
– o‘rganilayotgan materialni chuqurroq va yaxshiroq tushinish;
– o‘quvchini yangi ilm sohasi bilan aloqaga kirishiga ishonti-
rish;
– o‘qitish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish hisobiga vaqtni
tejash;
38
39
– o‘zlashtirilgan bilim xotirada uzoq vaqt qoladi va amaliyotda
qo‘llash lozim bo‘lganida qisqacha takrorlansa, tezda esga keladi.
Multimedia bozori bilan shug‘ullanuvchi Shveytsariyaning
Prognos institutining tadqiqotlariga ko‘ra, yaqin kelajakda kor-
xonalarda multimedialar juda keng qo‘llanila boshlanadi. To‘g‘ri,
apparat vositalarining narxi tushib bormoqda, lekin hisoblash
texnikasi tizimi (hTT)dan foydalanish natijasida, o‘qitish tizimini
joriy etish xarajatlari ancha o‘sib bormoqda. Bitta o‘quv dasturi-
ning bir soatlik o‘quv vaqtini yaratishga, odatda, dasturlovchining
200–250 ish soati ketadi. Dasturlarni yaratish uchun asbob-uskuna
vositalarining sifati yaxshilangani va imkoniyati kengaytirilganiga
qaramay, o‘quv dasturini yaratish xarajatlari ko‘payib bormoqda.
Chunki dastur interfeysiga nisbatan talablar kuchaymoqda, shu-
ningdek, multimedianing yangi elementlarini dasturlarga kiritishga
to‘g‘ri kelyapti. Albatta, muvaffaqiyatga erishish, ma’lum ma’noda,
qo‘yilgan maqsadga ham bog‘liq. Agar biz amaliy faoliyat usul-
larini yangilashdan kelib chiqadigan bo‘lsak, multimedianing in-
teraktiv dasturidan foydalangan holda o‘qitish uslubini kelajakda
katta zafarlar kutmoqda.
Yana bir kamchilik shundan iboratki, hisoblash texnikasi tizimi-
dan foydalanib, o‘qitish tizimini yaratishga bo‘lgan buyurtma
uchinchi tomonning axborot va ishlab chiqarish sirlarini ochish bi-
lan bog‘liq. Bunda shuni unitmaslik kerakki, bunday multimedia
ilovalari iste’mol bozorida manfaat predmeti bo‘lib qoladi va bu
manfaat zarur qurilmalar narxining doimiy tushishi bilan bog‘liq.
«Lotus» firmasida, masalan, multimedia elementlariga ega
bo‘lgan o‘qitish dasturi joylashtirilgan kompakt disklar mavjud.
|