114
115
– avtomatik o‘chirish;
– dasturlashtirilgan texnik xizmati to‘g‘risida
kerakli xabar;
– elektronik gorizantal va vertikal tarzda +10 mm chegara atro-
fida joylashtirish hamda boshqarish uskunasi;
–
rang tanlash uskunasi;
– qog‘oz qabul qiluvchi moslama.
rizografni ishlatish. Rizograf kompyuterga oson ulanadi.
Ya’ni rizograf FR «Apple» Macintosh va IBM kompyuterlariga
to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanadi. Bunda rizograf ishi osonlashtirilib,
1 daqiqada 120 ta nusxa oladi.
Rizograf uzoq masofa orqali ham ulanish xususiyatga ega. Odd-
iy telefon orqali rizografga bosma uchun berilgan xabarlar turli huj-
jatlardan iborat bo‘lishi mumkin.
1/16 miniaturali bosma usuli. Bu vizitka, kartochkalar chiqa-
rish uchun juda ma’quldir. Bu usul orqali bitta va bir nechta nusxa-
da mahsulotlar chiqarish mumkin.
sifatli nusxa ko‘chirish. Bosma
termagolovka va yangi ishla-
tuvchi material orqali sifatli bo‘yoq va yangi master bilan bosma-
ning sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
sifatli ko‘rinish. FR rizograflarning ish sur’atini jadallashti-
rilishi bosma sifatini o‘zgartirmaydi. U o‘zining ish dasturiga ega.
ish jarayonida shovqinini kamaytirish. Konstruksiya
shovqin
chiqarmaydigan qilib ishlanganligi uchun nusxa ko‘chirish vaqtida
rizograf umuman tovush chiqarmaydi.
rizograf nima uchun kerak?
Rizograf – inson faoliyatida kerakli har xil hujjatlar, chizma,
blank, byulleten, fotorabot,
plakatlar, kam sonli gazetalar, reklama
afishalari, taqvimlar, katta hajmli plakatlar, konferensiya va refe-
rendum uchun hujjatlarni ko‘paytirish uchun kerakli apparat. Bu
apparat axborot-kutubxona muassasalari uchun foydali bo‘lib, ke-
rakli va zarur ishlarni bajarishi mumkin. Shuningdek,
buxgalteriya,
kadrlar bo‘limi uchun ham turli qog‘ozlar, blankalar tayyorlab be-
rishda asqotadigan apparatdir.
114
115
hisobot ishlarida muhim ahamiyatga ega. Chunki har kuni ax-
borot materiallarini ko‘paytirib, hisoblab
chiqishda rizograf muhim
ahamiyat kasb etadi.
Rizograf oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari ishlarini osonlash-
tirishda ham yordam berishi mumkin. Rizograf oliygohlarda o‘quv
adabiyotlari bilan ta’minlashga xizmat qila oladi. O‘quv yurtlarida
yetishmaydigan ma’ruza, darslik kitob, lug‘at va boshqa o‘quv
qo‘llanmalari tayyorlashda qo‘l keladi.
Yuqori sifatli ishlab chiarishda rizograf har qanday talabni
qondira oladi. Bu ko‘p miqdorda sifatli nusxa
olish uchun qulay
apparat hisoblanadi.