Masofaviy ta’lim va uning ahamiyati




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

Masofaviy ta’lim va uning ahamiyati. Masofaviy ta’lim – bu 
o‘qituvchi va o‘quvchi bir-biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratil-
ganligi sababli axborot texnologiyalardan fodalangan holda ta’lim 
berish mexinizmi. 
Bu ta’lim turining bir necha modellari mavjud. Ular masofa-
viy ta’limning tashkil qilinishiga sabab bo‘lgan vaziyatlari bilan 
farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan 
geografik uzoqlashgan hududlar mavjudligi), mamlakatni kompyu-
terlashtirish va informatsiyalashtirish darajasi, transport va kom-
munikatsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta’lim uchun muta-
xasislar mavjudligi, ta’lim sohasida informatsion va kommunikat-
sion texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning ta’lim 
sohasidagi qoidalari. 
Masofaviy ta’lim modellari:
1) birlamchi model;
2) ikkilamchi model;
3) aralashgan model;
4) konsortsium;
5) franchayzing;
6) validatsiya;
7) uzoqlashgan auditoriyalar;
8) loyiha (proyekt)lar. 
salbiy va ijobiy resurslarga ega bo‘lgan veb saytlar va ular-
ning ahamiyati. Internetning ichki tahdidlari tarmoq axborot ma-
konining ahvoli va rivojlanishi uchun salbiy ta’sir ko‘rsatishi mum-
kin bo‘lgan tahdidlardir. Bular: tarmoqning ortiqcha yuklanganligi 
tufayli axborot kollapsi (qulashi); xakerlarning ma’lumotlarni yo‘q 
qilishi yoki o‘zgartirishi, bog‘lamalar va trafikni «chetlab o‘tish» 
yo‘nalishlarini blokirovkalash maqsadida uyushtirgan hujumlari; 
kommunikatsiya kanallarining tasodifiy yoki uyushtirilgan avari-


180
181
yalari; axborot qidiruv tizimlarining mukammal emasligi; proto-
kollarning «ma’naviy» eskirib qolishi va boshqalar. 
Internetning tashqi tahdidlari foydalanuvchilar uchun salbiy 
oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlardir. Tashqi tah-
didlar texnologik va ijtimoiy bo‘lishi mumkin:
– texnologik: tezligi sekin kanallar; tarmoqqa ulanishning unum-
siz uslublari; olib keltirilgan viruslar; axborot «toshqini» va h. k.; 
– ijtimoiy: foydalanuvchilarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga 
bo‘lgan ta’sir; insonlarning shaxsiy ongiga bo‘lgan ta’sir; axborot 
terrori, jinoyati va boshqalar. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish