|
Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd Pdf ko'rish
|
bet | 92/163 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 17,68 Mb. | | #150187 |
Bog'liq Axborot-kutubxona texnologiyasi8. 5. veb pOrtaL tushunchasi
Veb portal (inglizcha portal – «darvoza» so‘zidan olingan) –
bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta,
qidiruv, yangiliklar, forumlar va h. k.) ko‘rsatuvchi yirik veb sayt.
Portallar gorizontal (ko‘p rejani qamrovchi) va vertikal (ma’lum
mavzuga bag‘ishlangan, masalan, avtomobil portali, yangiliklar
portali), xalqaro va mintaqaviy (masalan, Uznet yoki Runetga te-
gishli bo‘lgan), shuningdek, ommaviy va korporativ bo‘lishi mum-
kin.
veb saytlarning toifalari va vazifalari. Veb saytlarning asosiy
vazifasi shundan iboratki, ular biror faoliyat, voqea va hodisa yoki
biror shaxsning Internetdagi imijini yaratadi. Internet tarmog‘ida
mavjud bo‘lgan saytlarni bir necha xil toifalarga ajratish mumkin:
1. Ta’lim saytlari. Bu turdagi saytlarga ta’lim muassasalari, il-
miy-tadqiqot muassasalari va masofaviy ta’lim saytlari kiradi, ma-
salan, edu. uz, eduportal. uz.
2. Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga, asosan, reklama agent-
liklari va reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi.
3. Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga Internet do‘konlari, In-
ternet to‘lov tizimlari va Internet konvertatsiya tizimlari saytlari ki-
radi, masalan, websum. uz, webmoney. ru, egold. com
4. Ko‘ngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter
o‘yinlariga, fotogalereyalarga, sayohat va turizmga, musiqa va kino
namoyishlarga bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan,
mp3. uz, melody. uz, cinema. uz
5. Ijtimoiy tarmoqlar saytlari. Bu turdagi saytlarga tanishish,
do‘stlarni qidirish, anketalarni joylashtirish va o‘zaro muloqot
o‘rnatishga bag‘ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan,
sinfdosh. uz, id. uz, odnoklassniki. ru
176
177
6. Korxona va tashkilotlar saytlari. Bu turdagi saytlarga davlat
korxonalari, xo‘jalik va boshqaruv organlari saytlari kiritiladi.
|
| |