170
171
sahifaning
manzilini kiritish shart emas, chunki giperbog‘lanish
barcha kerakli ma’lumotga ega hisoblanadi. Brouzer veb sahifa-
da hTML teglarini topib, ular talabi bo‘yicha ma’lumotni ekranga
chiqaradi. Teglarning o‘zi esa ekranda aks ettirilmaydi.
Bugungi kunda brouzerlarning juda ko‘plab turlari mavjud. Eng
mashhurlari: Internet Explorer (Windows
operatsion tizimi tarki-
bidagi dastur), Opera, FireFox.
Internet Explorer
Opera
Firefox
78- rasm. internetda axborotni qidirish tarmoqlari.
internet radio va televideniye. WWW tarmog‘idagi ma’lumot-
lardan foydalanish uchun faqatgina brouzerlarning xizmati kamlik
qiladi. Ya’ni audio hamda video hujjatlarni aks
ettiruvchi tezkor
dasturlar ham mavjuddir. Bu dasturlar serverlarda joylashgan yoki
to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatilayotgan audio hamda video hujjatlardan
foydalanishga imkoniyat yaratadi. Real pleyer, Quck pleyer, Cos-
mo rlayer, Media pleyer dasturlari shu kabi vazifalarni bajaradi.
hozirgi kunda O‘zbekistonda ham Internet
texnologiyalarining
rivojlanishi natijasida ko‘pgina radioeshittirishlarni Internet orqali
tinglash mumkin. Avvaliga brouzer yordamida kerakli radiokanal-
ning veb sahifasi topiladi va shundan so‘ng eshittirish to‘g‘ridan
to‘g‘ri Internet tarmog‘iga uzatilayotgan kanalga bog‘lanadi. Shun-
da operatsion tizimda mavjud bo‘lgan namoyish dasturlaridan biri
ishga tushishi natijasida foydalanuvchi
ushbu radiokanalni tinglash
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
172
173
Bundan tashqari, Internet tarmog‘i orqali televizion ko‘rsa-
tuvlarni ham tomosha qilish mumkin.
Ushbu holatda ham radio-
eshittirishlar kabi ma’lum veb saytlarga bog‘lanish va ular orqali
ko‘rsatuvlarni tomosha qilish imkoni mavjud. Bunday veb sayt-
larga
mtrk. uz, oriat. uz saytlarini misol sifatida keltirish mumkin.