166
167
Internet resurslari xilma-xildir. Ularning ichida foydali bo‘lgan
ma’lumotlar ham, zararli bo‘lgan ma’lumotlar ham uchraydi. In-
ternet tarmog‘idagi axborot qidiruv tizimlari esa Internet resurs-
lari ichidan so‘ralgan ixtiyoriy ma’lumotlarni qidirib topib
berish
imkoniyatiga ega. Chunki bunday qidiruv tizimlari kalit so‘zlar
bo‘yicha qidirishni amalga oshiradi. Foydalanuvchi tomonidan qan-
day so‘rov
kiritilsa, xuddi shu so‘rovga mos ma’lumotlarni qidirib
topadi. Shu narsani eslatib o‘tish kerakki, har qanday axborot ham
foydali va to‘g‘ri, rost hisoblanavermaydi. Axborot
qidiruv tizim-
laridan faqatgina to‘g‘ri va foydali maqsadda foydalanish maqsad-
ga muvofiqdir. Turli nojo‘ya ma’lumotlardan
foydalanishdan va
tarqatishdan saqlanish kerak.
Faraz qilaylik, siz Internetda biror sahifani ochib ko‘rmoqchisiz.
Manzilni kiritdingiz va sahifani ochdingiz. Qanday qilib bir necha
daqiqada sahifa sizning ekraningizda paydo bo‘ladi?
Bu sahifalarni
topish uchun sizning WWW ko‘rish dasturingiz URLdan qanday
foydalandi? Sahifani topish uchun dastur
provayderda joylash-
gan domen nomlari xizmati
dasturlar majmuyidan foydalanadi. U
DNS (Domain Name Service) deb ataladi va
u kompyuteringizga
Internet o‘rnatilganda kiritiladi. Bizning misolimizda domen nomi
citu-net. com. Netscape Windows bilan birgalikda ishlayotganda,
sizning TCP/IP protokolingizni bu
domen nomi DNS servsrinigiz-
ga uzatadi.
E’tibor bergan bo‘lsangiz, domenlar nomi ko‘pchilik holda