internet explorer dasturidan chiqish




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

internet explorer dasturidan chiqish. Dastur ishini to‘xtatish 
uchun dastur darchasidagi Закрыт tugmachasini bosish yetarli. 
8. 4. internetda axbOrOtni 
internet OrqaLi qidirish
hozirgi vaqtda Internet millionlab kompyuter va tasavvur qilib 
bo‘lmaydigan son-sanoqsiz axborotni o‘z ichiga olgan, shu bilan 
birga, har soatda kompyuterlar va axborot hajmi ko‘paymoqda. Ta-
biiyki, bu dengizda adashmaslik kerak. Buning uchun Internet da 
maxsus qidiruv bilan shug‘ullanadigan serverlar mavjud. Ular ko‘p 
emas, lekin juda ommabop. Ular katta xotira va tezlikka ega. Shu-
ning uchun birdaniga bir necha so‘rovlarga javob bera oladi. Ko‘p 
hollarda bitta server bir necha (o‘nlab) kompyuterlardan tuziladi. 
har bir qidiruv serveri tarmoq sahifalari bo‘yicha ma’lumotlar 
omborini tashkil qiladi. Omborda axborotning turgan joyi, qisqa-
cha izohi, annotatsiya va boshqalar joylanadi. Ombor millionlab 
sahifalar to‘g‘risida ma’lumotga ega va u, haqiqatan, juda kattadir. 
Qidiruv serverlarining omborlari foydalanuvchilar haqidagi ma’lu-
mot bilan ham to‘ldirib turiladi. Bu – foydalanuvchi manzili, ochil-
gan sahifalar nomi, foydalanilgan qidiruv sistemalari nomi. Agar 
bizga biror ma’lumot zarur bo‘lsa, uni topish uchun ma’lumot joy-
lashgan sahifa manzilini bilsak, bu muammo bir pasda hal bo‘ladi. 


168
169
Sahifa to‘liq manzilini Адрес maydonida kiritamiz, qidirilayotgan 
ma’lumot ekranda namoyon bo‘ladi. Bu maydon asboblar paneli-
dan pastda joylashadi. Manzilni kiritib Enter tugmachasini bosish 
zarur. Bir necha daqiqadan so‘ng so‘ralgan ma’lumot ekranda pay-
do bo‘ladi. 
Masalan, www. cnn. com sahifasini ochish zarur. U holda Адрес 
maydonida shu nomni yozasiz va Enterni bosasiz. Natijada ekranda 
sahifa keltiriladi. 
Ba’zi hollarda ma’lumotning topilmaganligi sabablari keltirila-
di. Masalan, manzil topilmaganligi yoki hozircha unga ulanish 
mumkinmasligi haqida ma’lumot chiqadi. 
Sahifa nomi noma’lum bo‘lsa-chi? Lekin siz qanday ma’lumot 
zarurligini, uning mavzusini bilasiz. U holda Internetning maxsus 
qidirish sistemasidan foydalanish mumkin. WWW da bir necha 
qidirish sistemalari mavjud. Asboblar panelidagi Поиск tugmacha-
sini bosing. Ekranda maxsus qidiruv sahifasi hosil bo‘ladi. U sizga 
ma’lumotni topish uchun mavzu nomini maxsus maydonga kiri-
tishingizni so‘raydi va mavzuni server obmoridan qidiradi. Qidi-
rish natijasi ekranda hosil bo‘ladi. Ro‘yxatdan keraklisini tanla-
shingiz mumkin. 
Masalan, agar jurnalistikaga oid ma’lumotlar zarur bo‘lsa, jur-
nalistika so‘zini qidirish maydoniga yozasiz. Natija hosil bo‘ladi. 
Mavzu aniq bo‘lsa, javob tezda va aniq bo‘ladi. 
Masalan, jurnalistika bo‘yicha konferensiya materiallari kerak 
bo‘lsa, u holda javob tezroq topiladi. 
Yana bir usul – bu manzillar maydonida kerakli mavzuni kiritish 
mumkin. 
Yana bir usul – SIMPLE QUERY so‘rovi. SIMPLE QUERY 
so‘zlardan va atamalardan tashkil topgan. Bunda mavzuni topish 
uchun so‘zni kiritish yetarli. So‘zdan oldin «+» belgisi bo‘lsa, 
bu qidirilayotgan so‘z shu hujjatda borligini, «–» belgisi esa 
shu so‘zning yo‘qligini bildiradi. Topilishi zarur bo‘lgan jumla 
qo‘shtirnoq ichiga olinadi. Agar so‘rov kichik harfda berilsa, natija 
kichik va bosh harfli so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Ya’ni abc so‘rovi 
natijasi – abc, Abs, ABC, ammo ABC so‘rovi abc ni topib bermaydi. 


170
171
Masalan, quyidagi so‘rov:
abc + ABCD – mm + «Sahifa»
abc, Abc, ABC (shunga o‘xshash) va ABCD so‘zlari bo‘lgan. 
mm, MM (va shunga o‘xshash) so‘zlari bo‘lmagan hamda «sahifa» 
jumlasi bo‘lgan barcha sahifalarni topish, yoki qidiruv sistemala-
r idan foydalanish mumkin. Masalan, juda qulay va taniqli Yahoo 
sistemasidan foy dalanishingiz mumkin. Buning uchun manzillar 
maydoniga www. yahoo. com manzilini kiritib Enterni bosish ke-
rak. 
So‘rov natijalari ro‘yxat shaklidagi ilovalar va ularning kichi-
kroq tavsifi bo‘ladi. Unda ma’lumotlar bo‘limlarga, bo‘limlar esa 
bo‘linmalarga bo‘lingan bo‘ladi. 
Masalan, yangi kitoblar bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, kerakli 
satrga sichqoncha tugmachasini bosishingiz yetarli. Ekranda ki-
toblar ro‘yxatining qisqacha tavsifi bilan keltiriladi. 
Sahifaning o‘rtasida bo‘sh yo‘l joylashgan bo‘lib, bu Search tug-
machasi maydonidir. Unda mavzu nomini kiritish va qidiruv nati-
jasini olish mumkin. Pastda esa shu informatsion ombori bo‘limlari 
nomlari keltiriladi. 
Masalan, Arts Architecture and Photography bo‘ linmalaridan 
iborat. Bu bo‘linmalarda qidiruv sahifasi, tematik qidiruv sistema-
si, Yahoo ilovalari, sport, ob-havo va boshqalar bor. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish