164
165
Bundan tashqari, Internet tarmog‘ida ma’lum sohada
ishlaydigan
ixtisoslashgan qidiruv tizimlari ham mavjud. Bulardan eng omma-
boplari:
«Ktotam» – insonlar to‘g‘risidagi axborotlarni qidirishga
mo‘ljallangan yangi turdagi axborot qidiruv tizimi. Bunda kishilar-
ni ismi, sharifi, familiyasi, kasbi, lavozimi va unvoni bo‘yicha ham-
da tashkilot va boshqa kishilar orqali topish mumkin.
«tagoo» – musiqalarni qidirishga mo‘ljallangan qidiruv tizimi.
Boshqa qidiruv tizimlariga nisbatan ushbu tizim o‘zining kengay-
tirilgan musiqa bazasidan va boshqa saytlarning MP3 resruslaridan
qidirib ularning ro‘yxatini shakllantiradi. So‘rovda
musiqa nomini,
uning ijrochisini hamda albom nomlarini ham kiritish mumkin.
«truveo» – Internetning turli resurslaridagi videomateriallarni
qidirishga ixtisoslashgan axborot qidiruv tizimi. Bu tizim orqali on-
layn video hamda teledasturlar namoyishlarini ham qidirib topish
mumkin.
«Kinopoisk» – filmlar to‘g‘risidagi axborotlarni qidirish tizimi.
Qidiruv vaqtida filmning nomi, chiqqan yili, janri, ishlab chiqqan
davlat nomi,
kompaniya nomi, aktyorlar ismlari hamda rejissyorlar
va senariy mualliflari ism-shariflaridan ham foydalanish mumkin.
«ebdb» – elektron kutubxonalardan kitoblarni qidirishga ixti-
soslashgan axborot qidiruv tizimi. Ushbu saytning ma’lumotlar ba-
zasida elektron ko‘rinishda tarqatiladigan adabiyotlarning ko‘plab
turlari to‘plangan. Qidiruv natijalari kitob nomlari bo‘yicha guruh-
lanadi.
«ulov-umov» – rezume va vakant joylarni qidirish tizimi. Bun-
da qidiruv jarayonida karyera va ishga bag‘ishlangan
hamda ijti-
moiy tarmoq va boshqa saytlar vakansiyalari tekshiriladi va ro‘yxa-
ti shakllantiriladi.