• WWW tushunchasi.
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    internet servislari. Internet servesi yoki xizmatlari deganda 
    tarmoqdagi serverlar tushuniladi. Bu quyidagi servislardir:
    – telnet – kompyuterga uzoqdan bog‘lanish; 
    – ftp – fayllarni uzatish; 
    – e-mail – xabarlarni uzatish
    – Usenet – elektron e’lonlar taxtasi; 
    – telekonferensiyalar; 
    – gopher – matnli hujjatlarni ko‘rish va topish
    – WWW – grafik, audio va video materiallarni o‘z ichiga olgan 
    gipermatnli hujjatlarni ko‘rish va topish. 
    WWW tushunchasi. WWW (World Wide Web) – «butun ja-


    158
    159
    hon o‘rgamchak to‘ri» deb nomlanuvchi tarmoq. WWW – bu Inter-
    netga ulangan turli kompyuterlarda joylashgan o‘zaro bog‘langan 
    hujjatlarga murojaat qilishni ta’minlab beruvchi tarqoq tizimdir. 
    Aynan mana shu xizmat Internetdan foydalanishni soddalashtirdi 
    va ommaviylashtirdi. WWW asosida to‘rtta poydevor mavjud:
    1) barcha hujjatlarning yagona formati (shakli);
    2) gipermatn;
    3) hujjatlarni ko‘rish uchun maxsus dasturlar (brouzer);
    4) yagona manzilni ko‘rsatish tizimi (domen);
    internet provayderlari va ularning vazifalari. Internet pro-
    vayder – Internet tarmog‘i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. 
    hozirgi kunda Internet provayderlarining ikki turi mavjud: Inter-
    netga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder ham-
    da Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder. 
    Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan 
    www, elektron pochta, hosting (veb resurslarni joylashtirish) kabi 
    Internet xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Internetga ulangan tarmoqlarni 
    qurishda undagi kompyuterlarga beriladigan manzillar (IP manzil) 
    provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan tanlab olinadi. 
    Provayder tomonidan berilgan manzillarga ega bo‘lmagan 
    kompyuterlar mahalliy tarmoqlar uchun zaxiralangan oraliqdagi 
    manzillarga ega bo‘lishi va mahalliy tarmoq kompyuterlar bilan 
    ishlashi mumkin:
    192. 168. 0. 1–192. 168. 255. 255 172. 16. 0. 1–172. 16. 255. 
    255 10. 0. 0. 1–10. 255. 255. 255
    hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida bir qancha Internet 
    provayderlari xizmat ko‘rsatmoqda, bular: UzNet, Sarkor Telecom
    Sharq Telecom, TPS, ARS Inform, Cron Telecom va boshqalar. 
    Internetning ishlash sifati uni sizga o‘rnatuvchi provayderga 
    bog‘liq. Shuning uchun provayderni tanlashda quyidagilarni hisob-
    ga olish maqsadga muvofiq:
    – provayder qanday tarmoqdan foydalanadi, qanday tarmoqlar 
    bilan ma’lumot almashadi, tarmoqning ma’lumotni o‘tkaza olish 
    qobiliyati qanday? 


    160
    161
    aloqa sifati, provayder modemiga telefon qila olish qobiliyati, 
    provayder modemi turi (bir xil korxona modemlari muntazam alo-
    qani o‘rnatadi);
    – bog‘lanish va ma’lumotlarni uzatish tezligi; 
    – texnik xizmat ko‘rsatilishi;
    – xizmatlar ro‘yxati va ularning bahosi. 
    1997- yildan boshlab O‘zbekistonda Internet provayderlar xiz-
    mat ko‘rsata boshladi. Quyida ularning ba’zilari nomini va sahifasi 
    manzilini keltiramiz. 
    ZiyoNET
    http://www. Ziyonet. uz
    UZPAK
    http://www. uz/
    Globalnet
    http://www. glb. net/
    Uzbekistan FreeNET
    http://www. freenet. uz /
    Ishonch
    http://www. ishonch. uz/
    Naytov
    http://www. naytov. com/
    Perdca
    http: //www. silk. org/
    UZNET
    http ://www. uznet, net/
    TV Inform
    http://www. eanetways. com

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish