• Geparmatn muhiti.
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    Server – bu boshqa kompyuter yoki dasturlarga xizmat ko‘rsa-
    tadigan kompyuter yoki dasturdir. Masalan, boshqa kompyuterlar-
    ga o‘zining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi kompyuter 
    Serverdir. Bitta kompyuterda bir nechta server ishlashi mumkin. 
    Masalan, ftp, WWW, elektron pochta serverlari. 


    156
    157
    Mijoz – server resurslaridan va xizmatidan foydalanuvchi 
    kompyuter yoki dasturdir. Xuddi server kabi bitta kompyuterda 
    birdaniga bir nechta mijoz ishlashi (odatda, shunday bo‘ladi) mum-
    kin. Masalan, kompyuter fayl – serverning mijozi bo‘lishi (server-
    da joylashgan fayllarni ko‘rishi va foydalanishi) mumkin, shu bilan 
    bir vaqtda, elektron pochta dasturi bilan ishlashi mumkin. Ya’ni bir 
    necha serverning mijozi bo‘lishi mumkin. 
    Geparmatn muhiti. Internetda ma’lumotlar gipermatn yor-
    damida bayon etiladi. Gipermatn bu matnni giperko‘rsatma yor-
    damida tushuntirishdir. Ya’ni matndagi biror so‘z yoki atamani 
    sharhlashda boshqa matn yoki sahifadan foydalaniladi. Izoh matnli, 
    grafikli, audio yoki video ma’lumot bo‘lishi mumkin. 
    urL (Uniform Resource Locator) Internetga murojaat qilish-
    ning eng oddiy va qulay usuli bo‘lib, u manzilni ifodalaydi. URL 
    manzilidan ixtiyoriy foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Ya’ni 
    bu manzildagi ma’lumotdan siz boshqa xonadagi yoki, masalan, 
    Avstraliyadagi hamkasbingiz ham foydalanishi mumkin. Bu – 
    ma’lumot joylashgan manzilning nomi. 
    URL quyidagi formatga ega: «bog‘lanish sxemasi»: «bog‘lanish 
    sxemasi»ga bog‘liq ma’lumot. «Bog‘lanish sxemasi» bu – http, ftp 
    va gopherlardir. 
    bog‘lanish sxemasi quyidagi ma’lumotlarga ega:
    – foydalanilayotgan ilova haqida; 
    – siz foydalanmoqchi bo‘lgan resurs turi haqida (masa-
    lan,WWW – sahifa, fayl, menyu yoki Gopher hujjati);
    – resursga kirish mexanizmi haqida (masalan, WWW ko‘rish 
    dasturi orqali, FTPning fayllarini almashtirish dasturi yoki Gopher 
    sistemasining mijozlar dasturi orqali). 
    URLning ikkinchi qismi «kirish sxemasiga bog‘liq axborot» 
    quyidagini aniqlaydi:
    – ma’lumotlar joylangan tarmoqning uzoqdagi kompyuterini; 
    – faylning uzoqdagi kompyuter fayl sistemasidagi to‘liq ko‘rsa-
    tilgan manzilini. 
    Bu sxemaning ko‘plab foydalanuvchilarga tanish bo‘lgan bosh-
    qacha tasviri shunday ko‘rinishga ega:


    158
    159
    Bog‘lanish sxemasi: // mashina nomi / domen nomi / faylning 
    to‘liq nomi
    Bog‘lanish sxemasi nomi Internet va kompyuter manzili bilan 
    ikkita qiya chiziq bilan chegaralanadi, u esa bitta qiya chiziq orqali 
    faylning to‘liq nomi bilan ajratiladi. Ko‘pchilik hollarda URL – 
    http, FTP va Gopherlar ko‘rsatilgan ko‘rinishiga ega. 
    URLni batafsilroq tushunish uchun real misoldan foydalanamiz. 
    Misol uchun quyidagi manzil bilan tanishamiz:
    http:// www. city – net. com / ~ gagrimes / gaenl. html
    Bu URL manzilni qanday qismlarga ajralishini ko‘rib chiqaylik:
    – http – resursdan foydalanishda gipermatn (huperTeht Trnsfer 
    Protocol) protokoli ishlatilyapti. www. city-net, com;
    – ushbu ma’lumot joylashgan Internet manzili nomi. /~ gag-
    rimes / galenl. html – faylning kompyuterdagi to‘la nomi. 
    Ko‘pchilik WWW sahifalar nomlanishi shu sxemaga mos kela-
    di. Ba’zan http, ftp yoki gopher tipidagi resurslarga murojaat qilin-
    ganida, faylning to‘liq nomi bitta qiya chiziq bilan tugallanadi. Bu 
    aniq faylga emas, balki belgilangan katalog ostiga murojaat etil-
    ganida bo‘lishi mumkin. Bu manzilga murojat qilinganida, kom -
    pyuter mazkur katalog va faylga mos standart indeksli faylni bera-
    di. http ning standart indeksli fayli, odatda, index. html (yoki index. 
    htm) deb ataladi. Shu bilan birga, u yana home. html, homepage. 
    html, welcome. html yoki deault. html deb atalishi mumkin. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish