• Kompyuterlarning telefon liniyasi orqali
  • ineternetda ishlashni nimadan boshlash kerak?




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    ineternetda ishlashni nimadan boshlash kerak? 
    Avvalambor, Internet bilan ishlash uchun maxsus dasturga ega 
    bo‘lgan multimedia kompyuter va kompyuterlarni bog‘lovchi mo-
    dem bo‘lishi shart. Modem telefon tarmog‘i orqali server bilan 
    bog‘lanadi. 
    Server, odatda, Internet provayderda joylashgan bo‘ladi. Inter-
    net provayder bu Internet tarmog‘ining mahalliy vakili hisoblanadi. 
    U sizning Internet bilan ishlashingizni ta’minlaydi: Internet ishini 
    ta’minlaydi, Internet bilan bog‘laydi. Internetga ega bo‘lishingiz 
    uchun Internet provayderga murojaat etishingiz zarur. 
    Nihoyat, Internet kompyuteringizga o‘rnatildi. Ish stolingizda 
    bog‘lanish belgisi paydo bo‘ladi. Sichqoncha ko‘rsatkichini unga 
    bosishingiz bilan Internetga bog‘lanasiz. 
    Asosiy serverga hududiy tarmoqlar ulangan, ular esa lokal tar-
    moqlar bilan o‘zaro muloqotda bo‘ladi. 
    Internetda ishlashni nimadan boshlash kerak? Avvalambor, In-
    ternet bilan bog‘lanishingiz va Internet Explorer dasturini ishga 
    tushirib, sizni qiziqtirgan ma’lu motni topishingiz mumkin. 
    internetga ulanish. Internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa 
    kanali (optik tola, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan 
    kommutatsiyalanmaydigan telefon liniyasi) bo‘yicha doimiy ula-
    nish, shuningdek, kommutatsiyalanadigan, ya’ni uzib-ulanadigan 
    ulanish (Dial-ur access, Dial-ur) ko‘rinishida amalga oshiriladi. 
    Internetga bog‘lanishning bir necha usuli bor. Ularning ko‘pgina 
    imkoniyatlari va tezligi oshishi bilan, narxi ham oshadi. Ularni 
    narxi kamayishi tartibida keltiramiz:
    – to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish (выделенная линия); 
    SLIP va RRR yordamida;
    – «Chaqiruv» yordamida bog‘lanish (Dial-up Access, Dial-up);
    – UUCP yordamida; 
    – boshqa tarmoqlar orqali kirish. 
    telefon liniyasi orqali internetga ulanish. Internet tarmog‘iga 
    oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yor-
    damida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga ulanish-


    154
    155
    da modem qurilmasidan tashqari maxsus dastur (protokol)dan ham 
    foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulangan-
    da telefon liniyasi band qilinadi, seans tugaganidan so‘ng telefon 
    tarmog‘i bo‘shatiladi va undan boshqa foydalanuvchi foydalanishi 
    mumkin. Internetga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug‘i 
    shundaki, ular Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishga imkon beradi. 
    Telefon liniyasi orqali «Chaqiruv» bo‘yicha Internetga bog‘la-
    nish Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz 
    o‘rtasida amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom 
    (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida Internetga to‘g‘ridan 
    to‘g‘ri ulanadi. 
    Bu bog‘lanishning eng sifatli usuli bo‘lib juda qimmat baho-
    lanadi. Siz server yordamida boshqa mahalliy kompyuterlarni In-
    ternetga bog‘lashingiz mumkin. har bir kompyuter Internetning 
    barcha imkoniyatlaridan to‘la foydalanishi mumkin. 
    77- rasm. Kompyuterlarning telefon liniyasi orqali

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ineternetda ishlashni nimadan boshlash kerak?

    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish