148
149
sohalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. XXI asr axborot texnologiyalari as-
riga aylandi. Yangi axborot texnologiyalari vositalari – bu kompyu-
terlar, modemlar, telefon tarmoqlari, audio va video studiyalardir.
Jurnalistlar
ham bu inqilobdan istisno emas, holbuki, gazetalar,
radio va televideniyada materiallarni tayyorlashda, tipografiya ma-
ketlarini va grafik tasvirlarni yasashda kompyuterlardan foydala-
nilmoqda. Shuning uchun axborotlarni yig‘ishda
yoki kitobxonlar-
ga yetkazishda butun dunyoda kompyuterlardan foydalanilmoqda.
Zamonaviy informatsion texnologiyalar o‘zi nima? Texnologiya
bu mahsulotni qayta ishlash, yaratish usullari majmuyidir. Infor-
matsion texnologiyalar bu axborot ustida bajarish mumkin bo‘lgan
amallardir. Bular –
axborotni saqlash, yig‘ish, ishlash, saralash,
uzatish va hokazo.
Zamonaviy informatsion texnologiyalar bu axborot ustida baja-
rish mumkin bo‘lgan zamonaviy texnologiyalardir. Zamonaviy in-
formatsion texnologiyalar: kompyuter texnologiyalari,
tarmoqlar,
Internet, multimedia.
hozirgi kunda zamonaviy informatsion texnologiyalarning qu-
yidagi guruhlari mavjud:
– nashriyotda zamonaviy
informatsion texnologiyalar;
– radioda zamonaviy informatsion texnologiyalar;
– televideniyada zamonaviy informatsion texnologiyalar;
– axborot-kutubxona muassasalarida va boshqa sohalarda infor-
matsion texnologiyalar.
Zamonaviy informatsion texnologiyalardan foydalanish ax-
borot-kutubxona faoliyatida aholiga xizmat ko‘rsatishda,
axborot
so‘roqlarini qondirishda, axborotni qabul qilish va tahlil qilish,
axborotni yetkazish, axborot oqimiga bo‘lgan
ish sifatini davr ta-
labi darajasida olib borishga imkon beradi, mehnat unumdorligini
oshiradi. hozirgi kunning asosiy talabi axborot-kutubxona muta-
xassislarining yuqoridagi texnika vositalaridan erkin foydalanish
va axborot oluvchilarga keng imkoniyat yaratib berishdir.