• Nazorat savollari
  •  eLeKtrOn xOtira daftarchaLari




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    7. 7. eLeKtrOn xOtira daftarchaLari
    elektron xotira daftarchalari (organizer – «organayzerlar») 
    ixcham kompyuterlarning «yengil toifa»siga tegishlidir (bu toifaga 
    ulardan tashqari kalkulatorlar, elektron tarjimonlar va b. kiradi); 
    ularning og‘irligi 200 grammdan oshmaydi. Orga nayzerlar foyda-
    lanuvchi tomonidan dasturlashtirilmaydi, lekin kerakli ma’lumot-
    larni yozish va uni tahrirlash mumkin bo‘lgan (ichiga sozlangan 
    matn muharriri bor) keng sig‘imli xotiraga ega; xotirada ishbilar-
    monlik xatlari, bitim matnlari, shartnomalar, kun tartibi va ishbilar-
    monlik uchrashuvlarini saqlash mumkin
    Organayzerlarda ichki taymer va ish to‘g‘risida kerakli vaqtda 
    tovushli eslatish imkoniyati bor. Ruxsat etilmagan murojaatlardan 
    ma’lumotlarni, odatda, parol bo‘yicha himoya qilish imko niyati 
    bor. 
    Kompyuterga ulash uchun hajm va uncha katta bo‘lmagan 
    mono xrom suyuq kristalli displey bor. Akkumulatordan tok quv-
    vatini kam iste’mol qilishi hisobiga zaryadlanmasdan ma’lumot-
    larning 5 yilgacha saqlanishini ta’minlaydi. Baxtga qarshi, 
    ko‘pchilik orga nayzerlar rus tilida dasturlanmagan, dasturni rus-
    chaga o‘tkazishning esa imkoni yo‘q. 
    Nazorat savollari:
    1. Davlatimiz tomonidan axborot-kommunikatsion texnologiyalarini 
    yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab be-
    ring. 
    2. EhMlarning yaratilish tarixi va avlodlarini sanab bering.
    3. Axborot-kutubxonalarda shaxsiy kompyuterlardan foydalanishning 
    roli va ahamiyati haqida gapirib bering.
    4. Shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmalari nimalardan iborat?
    5. Shaxsiy kompyuterlarning qo‘shimcha qurilmalarini ta’riflang.
    6. Shaxsiy kompyuterlar va ularning turlarini aytib bering. 
    7. Ixcham (portativ) kompyuterlar va ishchi stansiyalar haqida gapirib 
    bering.
    8. Nouybuk va netbuk kompyuter-yon daftarchalari sinflariga izoh 
    bering. 


    144
    145
    9. Cho‘ntak kompyuterlar haqida ma’lumot bering.
    10. Elektron kotiblar qanday kompyuterlar turiga kiradi?
    11. Elektron xotira daftarchalariga izoh bering. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish