142
143
– stoldagi kompyuter bilan qiymatlar almashishni qo‘llash;
– matnni kiritish va uni xotirada saqlash imkoniyati;
– har xil hisoblashlar uchun elektron
jadvallar bilan ishlash;
– hujjatlarni bosish uchun printerni ulash imkoniyati;
– fakslarni qabul qilish va yuborish;
– elektron pochta va Internet tarmog‘i bilan ishlash;
– katta, yorqin, yaxshi o‘qiladigan, ko‘pincha yoritiladigan ek-
ran;
– avtonom rejimda
uzoq vaqt ishlash imkoniyati;
– audiotizimlar bilan ishlash;
– inson dastxatini o‘qiy olish va uni bosma harflarga o‘tkazish
qobiliyati.
Cho‘ntak kompyuterlari ko‘p sonli xorijiy firmalar: «Casio»,
«Compaq», «hewlett Packard», «NEC», «Philips», «LG Electro-
nics» va b. tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
7. 6. eLeKtrOn KOtibLar
Elektron kotiblar (PDA – Per-
75- rasm. elektron kotib.
sonal Digital Assistance, ba’zida
ularni hand help – «qo‘l yor-
damchi» deb ham atashadi)
cho‘ntak kompyuteri o‘lchamiga
ega, og‘irligi 0,5 kg dan oshiq
emas,
lekin Palm Topga nisbatan
kengroq funksional imkoniyat-
larga ega, xususan, apparati va
ichiga sozlangan dasturiy ta’mi-
noti nomlar, manzilgohlar va
telefon raqamlari, kun tartibi va uchrashuvlar to‘g‘risidagi ma’lu-
motlar, joriy ishlar ro‘yxati, xarajatlar yozuvini va shu kabilarni
saqlovchi elektron ma’lumotnomalarni tashkil etishga mo‘ljallan-
gan; ichiga sozlangan matnli, ba’zida esa gra fik muharrirga, elek-
tron jadvalga ega.
142
143
Ko‘pchilik PDAlar modemlarga ega
va boshqa ShKlar bilan
ma’lumot almashishi mumkin. hisoblash tarmog‘iga ulanganida
esa elektron pochtani va fakslarni qabul qilishi va jo‘natishi mum-
kin. Ularning ba’zilari hatto avtomatik nomer tergichlarga ham
ega. Boshqa kompyuterlar bilan ma’lumotlarni masofadan simsiz
almashish uchun PDAning eng yangi modellari radiomodemlar va
infraqizil portlar bilan jihozlangan.
Ma’lumotlarni klaviatura yordamida qo‘lda kiritish mumkin
(hP 100 LX, Casio Boss, Psion
Series modellarida QWERTY
klaviaturasi), ba’zi modellarda (Newton Message Pad, Dyna Pad,
Versa Pad va b.) «peroli» kiritish mavjud: sensorli ekran, ko‘rsat-
kich (pero) va klaviaturaning ekranli emulatsiyasi (ko‘rsatkich bi -
lan ekranda klavishalarni «bosish» mumkin). Ba’zi bir model larda
esa (Sharp Wizard) gibridli kiritish mavjud –
klaviatu radan menyu
bandlarini va ba’zi bir qo‘lyozma yozuvlarini tanlash uchun peroli
kiritish mavjud (ma’lumotlar pero bilan kiritiladigan «elektron ko-
tib»)
Elektron kotiblar, odatda, uncha katta bo‘lmagan suyuq kristal-
li displeyga (ba’zida kompyuterning olinadigan qopqog‘ida
joylashtirilgan) va resurslarni PCMCIA spetsifikatsiyasi bo‘yicha
kuchaytirish imkoniyatiga egadir. PDA ko‘rinishidan eng tez ri-
voj lanadigan ixcham kompyuterlarning turidir. Mutaxassislarning
fikricha, 1996- yilda AQShda PDA parki 10
mln donadan oshib
ketgan.
Zamonaviy PDAlar noutbukning kichik modellari bilan raqo-
batlashish imkoniyatiga egadir, ulardan quyidagi ko‘rsatkichlari
bilan sezilarli ustun turadi: ixchamligi, narxi arzonligi, ishlatishga
qulayligi, eng zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini
(uyali telefon, peyjingli aloqa, infraqizil va radioaloqa) qo‘llash-
ning sozlangan imkoniyatlari. Ko‘pchilik mutaxassislar noutbuk
asrining o‘rniga PDA asri keldi deb hisoblashmoqda. Ko‘pgina
firmalar: «Apple», «Casio», «Compaq», «HP», «IBM», «Lacky»,
«LG Electronics», «Motorola», «NEC», «Sony», «Sharp», «Toshi-
ba» va b. o‘zlarining PDAsini chiqardilar.