• Trekpoynt
  • Ko‘tarib yuriladigan ehMlarning asosiy tiplari.
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    Trekbol (Treck Ball) – istalgan yo‘nalishda aylanuvchi, 15–20 
    mm diametrli plastmassa shardir (qo‘zg‘almas o‘rnatilgan, to‘nta-
    rib qo‘yilgan sichqonchani eslatadi). Ichiga sozlangan va tashqi 
    trekbollar ish latiladi. Ichiga sozlangani klaviatura blokida yoki 
    displeyning yuza tekisligida ekranning yonida joylashishi mumkin. 


    136
    137
    Tashqi trekbol lar kompyuterga kabel bilan yoki infrakizil simsiz 
    kanal bo‘yicha ulanadi. 
    Trekpoynt (Track Point) rezina tipli klaviaturadagi max sus egi-
    luvchan tugmacha bo‘lib, uning kerakli yo‘nalishga egilishi kur-
    sorni displey ekranida siljitadi. 
    Trekpad (Treck Pad yoki Touch Pad) uncha katta bo‘lmagan 
    planshet bo‘lib, klaviatura blokida joylashgan va yupqa plyonka 
    ostida simlar tarmog‘iga ega. Bu simlar yengil bosilganida bosa-
    yotgan obyektning, masalan, barmoqning siljish yo‘nalishini qabul 
    qiladi. Qabul qilingan signal kursorni boshqarish uchun ishlatiladi. 
    Ixcham kompyuterlarda sensorli ekranlar ham qo‘llaniladi, ular-
    da ularning yuzasiga tegish kursorning tegishli joyga siljishini yoki 
    ekranga chiqarilgan menyu bo‘yicha jarayonni tanlashni amalga 
    oshiradi. 
    Ko‘tarib yuriladigan ehMlarning asosiy tiplari. Ko‘tarib 
    olib yuriladigan kompyuterlar juda rang-barangdir: qo‘pol va 
    og‘ir (15 kg gacha) ixcham ishchi stansiyalardan to 100 g gacha 
    og‘irlikdagi miniaturali elektron yozuv kitobchasigacha mavjud. 
    ixcham ishchi stansiyalar. Ixcham ishchi stansiyalar – eng quv-
    vatli va yirik ko‘tarib yuriladigan ShKdir. U ko‘pincha chamadon 
    ko‘rinishda tayyorlanadi va «nomadic» – «ko‘chmanchi» nomiga 
    ega. Ularning tavsiflari qo‘zg‘almas ShK – ishchi stansiyalarning 
    tavsiflariga o‘xshashdir: ko‘pin cha RISC tipidagi, 300 MHz gacha 
    taktli chastotali kuchli mikroprotsessorlar, 64 Mbayt gacha sig‘imli 
    tezkor xotira, gigabaytli diskli yig‘uvchilar, tezkor interfeyslar va 
    4 Mbaytgacha bo‘lgan videoxotirali videoadapterlar. 
    Aslini olganda, bu oddiy tarmoqdan ta’minlanuvchi ishchi stan-
    siyalardir, lekin konstruktiv jihatdan ko‘tarib olib yurishga qulay 
    korpusga yig‘ilgan va barcha ko‘tarib olib yuriladigan ShKlar kabi 
    VGA sinfidan yuqori bo‘lmagan tekis suyuq kristalli videomoni-
    torga egadir. Nomadic, odatda, modemlarga ega va hisoblash 
    tarmog‘ida ishlash uchun aloqa kanallariga tezda ulanishi mumkin. 
    Bu tipdagi ixcham kompyuterlar ko‘chma taqdimotlar uchun, ay-
    niqsa, multimedia vositalari mavjud bo‘lganda, samarali ishlati lishi 


    138
    139
    mumkin, lekin ish stolida joyni tejashga imkon berib, qo‘zg‘almas 
    variantda ham muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish