DVD ROM – katta hajmdagi ma’lu- motlarni sonli for matda saqlovchi magnit  yuzali moslama.  71- rasm. cd rOM




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

DVD ROM – katta hajmdagi ma’lu-
motlarni sonli for matda saqlovchi magnit 
yuzali moslama. 
71- rasm. cd rOM.
72- rasm. dvd rOM.


134
135
CDRW – ma’lumotlarni kompakt disklarga yozuvchi va o‘quv-
chi qurilma. 
DVDRW – ma’lumotlarni sonli formatda kompakt disk larga yo-
zuvchi va o‘quvchi qurilma. 
7. 5. shaxsiY KOMpYuterLar va
uLarninG turLari 
Axborot-kutubxonalarda, ofislar, firma, davlat muassasalarida 
ishlatiladigan kompyuterlar 2 turga bo‘linadi: 
– stolga qo‘yiladigan kompyuterlar;
– yon daftarcha shaklidagi ixcham kompyuterlar.
stolga qo‘yiladigan kompyuterlar ofislarda, axborot-kutubxo-
na muassasalarida, ishxonalarda ish stoliga o‘rnatiladi. O‘quv yurt-
larida esa o‘quv stollariga joylanadi. 
Yon daftarcha shaklidagi kompyuterlar kichkina bo‘lib, ular 
ishlash va namoyish uchun ishda va safarlarda foydalanishga qulay. 
Kompyuter va qurilmalar ishini maxsus dasturlar amalga oshi-
radi. Bu dasturlar mutaxassislar tomonidan yaratiladi va ishlash-
ga juda qulay. Ular kompyuterning dastur ta’minoti deb ataladi. 
Kompyuter bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi muloqotni operatsion 
tizimlar bajaradi. hozir kompyuterlar Windows operatsion dasturi 
asosida ishlaydi. 
Maxsus amaliy dasturlar kompyuter bajara oladigan barcha 
amallarni amalga oshiradi. 
ixcham (portativ) kompyuterlar. Axborot texnologiyalar 
davrida kompyutersiz samarali ishlash mumkin bo‘lmagani uchun 
barcha sohalarda, shu jumladan, axborot-kutubxona muassasalari-
da ham keng moslashtirilgan ixcham kompyuterlardan foydalanish 
davr talabi bo‘lib qoldi. O‘zining imkoniyatlari bo‘yicha ixcham 
kompyuterlar oddiy stol ustidagi tizimlardan qolishmaydi, ba’zi bir 
ko‘rsatkichilari bo‘yicha esa hatto ulardan o‘zib ketadi. 
Ixcham kompyuterlardan foydalanib, oddiy klaviaturaga va 


134
135
videomonitorga o‘tish mumkin, ixcham kompyuter stol ustidagi 
kompyuterga terminal sifatida ulanishi mumkin, ko‘pchilik model-
lari hisoblash tarmog‘iga ulanish imkonini beradi, ularning ba’zilari 
esa tarmoqqa, shu jumladan, Internet tarmog‘iga, hatto radiokanal 
bo‘yicha masofadan turib ulanib, o‘z egasining to‘liq erkinligini 
ta’minlaydi. 
Ixcham ShK shaxsiy kompyuterlarning tez rivojlanayotgan sin-
fidir. Mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda, 2000- yilda 
50 % dan ortiq foydalanuvchilar aynan ixcham mashinalarni ish-
latganlar. 2002- yilga kelib bu 85 % ga, 2012- yil 90 % gacha ortdi. 
Ko‘pchilik ixcham kompyuterlar elektr manbayi bilan kichik 
o‘lchamli akkumulator orqali avtonom (alohida) ta’minlanadi, le-
kin ular elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishi ham mum-
kin. Akkumulatordan ta’minlanganida avtonom ishlash muddatini 
uzaytirish uchun barcha ixcham kompyuterlar kamaytirilgan ener-
giya iste’moli rejimlariga, masalan, Standy va Sleepga ega. Bun-
dan tashqari, ularning hammasi Advanced Power Management 
(ARM) spetsifikatsiyasini ta’minlaydi, unda iste’mol qilinadigan 
quvvatning boshqarish apparati va dasturli vositalariga qo‘yadigan 
talablari ifodalangan. Standy rejimida eng ko‘p energiya iste’mol 
qiladigan qurilmalar (vinchester, displeyni yoritish lampasi va b.) 
uzib qo‘yiladi, Sleep rejimi energiya iste’molini yanada ko‘proq 
tejashni ta’minlaydi: mikroprotsessorning taktli chastotasi mini-
mumgacha kamaytiriladi, ko‘pgina tizim ko‘rsatkichlari energi-
yaga bog‘liq bo‘lmagan xotiraga yoziladi. Ko‘rsatilgan tadbirlar 
shunga olib keladiki, ba’zida akkumulatorning bir marta quvvat-
lanishi ixcham kompyuterning 10 soat va undan ko‘p avtonom ish-
lashiga yetadi. 
Videomonitorlar sifatida ularda ko‘proq suyuq kristalli disple-
ylar, kamroq hollarda luminessentli yoki gaz razryadli displeylar 
qo‘llaniladi. 
Ko‘pchilik ixcham kompyuterlarda apparat vositalarini kuchay-
tirish PCMCIA kartalar deb ataluvchi maxsus tuzilishli platalarni 
ulash bilan bajariladi (boshlanishda faqat xotira platasiga mo‘ljal-


136
137
langan Personal Computer Card International As-sociation). Deyar-
li hamma PCMCIA kartalar (hozir ular, odatda, qisqacha PC kar-
talar yoki PC Card deb atalmoqda) Plug @ Play («Ula va o‘yna») 
texnologiyasini qo‘llaydi. Ular qo‘shimcha platalar o‘rnatilganida 
ShK uzilishini yoki uning qandaydir qo‘shimcha sozlanishini talab 
qilmaydi. 
PC Card uchun uch tipdagi gabarit o‘lchamlar belgilangan: 
Ture 1, Ture 2 va Ture 3.
Birinchi ikkita tipik o‘lchamlar kengligi 54 mm va uzunligi 
85,5 mm bo‘lgan platalarni aniqlaydi, 1-tipning kalinligi 3,3 mm, 
2- tipniki esa o‘rtasida 5 mm va chetlarida 3,3 mm. 3- tipdagi PC 
Card qalinroq – 10 mm va shuning uchun birinchi ikki tipdagi kar-
talarni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan hajmlarga o‘rnatilmaydi. 
PC Card modemlar, faks-modemlar, tarmoqli va interfeysli 
adapterlar; uyali va peyjingli aloqa nazoratchilari, statik, dinamik 
va flesh-xotira; qattiq disklar, tovush kartalari va boshqalar vazi-
falarini bajaradi. 
TeEQQlari bilan bir qatorda, ixcham kompyuterlarda stol-
liga nisbatan yanada intensivroq DEKQ va flesh-xotira platalari 
qo‘llanilmoqda, so‘ngisi ixcham ShKlarda ko‘pincha diskli xotira 
o‘rnida ishlatiladi. 
Klaviatura ko‘pincha ozgina qisqartirilgan: 84–86 ta tugma (stol 
usti ShKlarda 101 ta), lekin to‘liq klaviaturani ulash uchun hajm 
ham bor; ba’zi bir modellarda klaviatura yig‘iladigan bo‘ladi. Mi-
niatur kompyuterda klaviatura shunchalik kichkinaki, tugmachani 
bosish uchun maxsus ko‘rsatkich tayoqcha ishlatiladi. 
Grafik axborot manipulatori (ko‘rsatuvchi qurilma) sifatida
odatda, sichqoncha emas, balki trekbol, trekpoynt yoki trekpad ish-
latiladi. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



DVD ROM – katta hajmdagi ma’lu- motlarni sonli for matda saqlovchi magnit  yuzali moslama.  71- rasm. cd rOM

Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish