• Musiqa va filmlarni qidirish.
  • axborotlarni ko‘rsatkichlari bo‘yicha qidirish




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    axborotlarni ko‘rsatkichlari bo‘yicha qidirish. Ko‘rib o‘til-
    ganidek, har bir foydalanuvchi Internet tarmog‘i orqali o‘ziga ke-
    rakli bo‘lgan ma’lumotlarni uning mavzusi hamda tarkibidagi so‘z 
    yoki jumla bo‘yicha qidirib topishi mumkin. Lekin Internet tar-


    162
    163
    mog‘ida ma’lumotlar shunchalik ko‘pki, ba’zida ta’kidlab o‘tilgan 
    usul samara bermasligi mumkin. Bunday hollarda Internet qidiruv 
    tizimlari qidiruvning bir qancha qo‘shimcha usullari bo‘yicha 
    qidiruvni taqdim etadi, bular:
    1) ma’lumotlarni uning tili bo‘yicha qidiruv;
    2) ma’lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo‘yicha 
    qidiruv;
    3) ma’lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo‘yicha qidiruv;
    4) ma’lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo‘yicha qidiruv;
    5) ma’lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi bo‘yicha qi-
    diruv;
    6) ma’lumotlarni xavfsiz qidiruv. 
    rasmlarni qidirish. Rasmlar ma’lumotlarning grafik yoki tas-
    vir ko‘rinishi hisoblanadi. Internet tarmog‘ida grafik ma’lumotlar-
    ning ko‘plab turlari uchraydi, ya’ni chizma (vektor), foto (rasm), 
    harakatlanuvchi (animatsiya) hamda siqilgan rasmlar. Bunday 
    grafik ma’lumotlar tarkibida matnli axborot mavjud bo‘lmaydi. 
    Shundan ko‘rinib turibdiki, demak rasm ko‘rinishidagi ma’lumotlar 
    ustida faqatgina uning nomi yoki turi bo‘yicha qidiruv olib bo rish 
    mumkin. Ko‘pgina Internet qidiruv tizimlari grafik yoki tasvir 
    ko‘rinishidagi ma’lumotlarni qidirish uchun alohida bo‘limga ega 
    bo‘lib, bu bo‘lim orqali ixtiyoriy turdagi rasmlarni ularning nom-
    lari bo‘yicha qidiruvni amalga oshirish mumkin. 
    Musiqa va filmlarni qidirish. Internet tamog‘ida matnli yoki 
    rasm ko‘rinishidagi ma’lumotlardan tashqari, musiqa va video 
    ma’lumotlarning ham ko‘plab manbalari mavjud. Internet tarmog‘i 
    orqali har bir foydalanuvchi musiqa eshitishi, radio tinglashi, tele-
    dasturlar yoki videofilmlarni tomosha qilishi mumkin. Internet 
    orqali radioeshittirish va teledasturlar namoyishi ma’lum ushbu 
    turdagi xizmatlarni taqdim etuvchi tizimlar (serverlar) tomonidan 
    amalga oshiriladi. Internet orqali radio tinglash yoki teleko‘rsatuv-
    ni tomosha qilish uchun ushbu tizimga bog‘lanishning o‘zi kifoya-
    dir. Ammo musiqa va filmlar Internet tarmog‘iga ulangan kompyu-
    terlarda alohida material ko‘rinishida saqlanadi. Ularni tinglash, 


    162
    163
    tomosha qilish yoki kompyuterga ko‘chirib olish uchun, avvalo, 
    keraklisini qidirib topish zarur. 
    Musiqa va video materiallari ustida ham grafik (rasm) material-
    lar kabi uning nomi yoki izohi bo‘yicha qidiruv olib borish mumkin. 
    Bunda musiqa va filmlarni qidirib topish uchun qidiruv tizimi may-
    doniga materialning nomi yoki uning izohiga taalluqli biror jumla 
    kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan so‘ng qidiruv 
    tizimi tomonidan kiritilgan jumlaga mos keluvchi musiqa va vi -
    deo materiallar joylashgan veb saytlarning ro‘yhati shakllantirila-
    di. Ro‘yxatdagi veb saytlar foydalanuvchi tomonidan birin-ketin 
    ko‘rib chiqiladi va kerakli materiallar kompyuterga saqlab olinadi. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    axborotlarni ko‘rsatkichlari bo‘yicha qidirish

    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish