5- Mavzu: Internet xizmatlaridan foydalanish, ma’lumotlarni izlash
Internet
Internet - bu avvaldan qabul qilingan kelushuvlar asosida faoliyat ko'rsatuvchi
jahon global kompyuter tarmog’idir. Uning nomi "tarmoqlararo" degan ma'noni
anglatadi. U mahalliy (lokal), mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlarini
birlashtiruvchi axborot tizimi bo'lib, o'zining alohida axborot maydoniga ega
bo'lgan virtual (hayoliy, faqat kompyuter xotirasida mavjud bo'lgan) to'plamdan
tashkil topadi.
Internet xizmati turlari
Internet, avvalambor, uning foydalanuvchilariga axborot xizmati ko'rsatish
uchun yaratilgandir.
Umuman olganda, internet xizmat turlari nihoyatda ko'p va xilma-xil bo'lib
(yangi xizmat turlari kun sayin paydo bo'lib, ba'zilari yo'qolmoqda), ularni
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- WWW - elektron sahifa xizmati;
- elektron pochta xizmati;
- telekonferensiya (Usenet);
- fayllarni uzatish (FTP);
- slujba imen domen (DNS) (tarmoq hududlariga nom berish xizmati);
- Telnet xizmati;
- IRC - xizmati yoki Chat konferesiya;
- Ma'lumotlarni izlash xizmati.
World Wide Web (WWW)
WWW Internetning eng ommalashgan axborot xizmatlaridan biri
sanaladi.Hozirgi vaqtda internet xizmatining 90% ga yaqinini WWW xizmati
tashkil etadi. Internetga acoc solingandan boshlab (1969 yil) WWW xizmati tashkil
etilgunga qadar, internet sekin rivojlandi va 25 yil davomida bor-yug'i 2 millionga
yaqin foydalanuvchiga ega edi, xolos. WWW xizmati tashkil etilgandan so'ng esa
(1996 yil) hap yarim yilda internet foydalanuvchilarining soni 1,5 barobarga ortib
bordi. Bugungi kunda internet tarmog’ining foydalanuvchilari soni 300 milliondan
ortiq
Qidiruv tizimi — asosan kompyuterda, kompyuter tarmogida yoki butunjahon web tarmogida World Wide Web saqlanayotgan malumotlarni qidirishga mo’ljallangan dasturdir. Internet qidiruv tizimi Information Retrieval systemdan kelib chiqqan. Bu sistema ma’lumotlar bazasi uchun kalit-so’zlar indeksini yaratib, natijada ushbu kalit-so’z qatnashgan qidiruv so’rovnomasiga javob sifatida natijalar ro’yxatini ko’rsatish imkoni paydo bo’ladi. Qidiruv tizimining afzalliklaridan biri bu kerakli ma’lumot yoki axborotni qisqa vaqt ichida kompyuter xotirasidan topib uni foydalanuvchiga yetkazishdir. Qidiruv tizimining asosiy vazifalari, hamda tarkibiy qismlari quyidagilardir
· Indeks yaratish va yangilab turish (hujjatlardagi ma’lumotlar strukturasi)
Qidiruv so’rovnomalarini bajarish
Qidiruv natijasini imkon qadar mazmunli, ya’ni tushunarli shaklda ko’rsatish
Elektron pochta – kompyuter tarmoqlari bo‘ylab elektron xatlar bilan almashish (qabul qilish va yuborish) imkonini beruvchi texnologiyadir. Elektron pochta tuzilishi va ishlash prinsipi jihati tomonidan oddiy (qog‘ozli) pochta tizimiga o‘xshab ketadi. Undagi terminlar (xat, konvert, banderol («посылка»), pochta quti, etkazib berish), unga xos bo‘lgan jihatlar – qulayliklar, xabarlarni jo‘natishdagi kechikishlar, yetarli darajadagi ishonchlilik va shu bilan birga etkazib berishning kafolatlanmasligi kabi xususiyatlar elektron pochtaga ham xos.
|