|
Yuklash va ko‘chirib olish (upload, download) tushuncha- Pdf ko'rish
|
bet | 90/163 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 17,68 Mb. | | #150187 |
Bog'liq Axborot-kutubxona texnologiyasiYuklash va ko‘chirib olish (upload, download) tushuncha-
lari. Internet tarmog‘ida ma’lumotlar bilan ishlash vaqtida «up-
load» va «download» tushunchalariga juda ko‘p duch kelinadi.
Ushbu atamalarga quyidagi tushunchalarni keltirish mumkin:
– upload – yuklab qo‘yish. Ma’lumotlarni (fayllarni) kompyu-
terdan tarmoqdagi yoki Internetdagi boshqa kompyuterga yoki
serverga yuklab qo‘yish;
– download – yuklab olish. Ma’lumotlarni (odatda, faylni) tar-
moqdagi yoki Internetdagi boshqa kompyuterlar va serverlardan
o‘z kompyuteriga yuklab olish.
internet konferensiyalar. Internet konferensiyalar – bu
muayyan muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilarining In-
ternet tarmog‘i orqali konferens aloqasi yordamida o‘zaro axborot
almashinish jarayonidir. Tabiiyki, bu texnologiyadan foydalanish
huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi cheklangan bo‘ladi. Kom-
pyuter konferensiyasi ishtirokchilari soni audio- va videokonfe-
rensiyalar ishtirokchilari sonidan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin.
Adabiyotlarda telekonferensiya atamasini ko‘p uchratish mumkin.
Telekonferensiya o‘z ichiga konferensiyalarning uch turini: audio-,
video- va kompyuter konferensiyalarni oladi.
Audiokonferensiyalar. Tashkilot yoki firmaning hududiy ji-
hatdan uzoqda joylashgan xodimlari yoki bo‘linmalari o‘rtasida
kommunikatsiyalarni saqlab turish uchun audioaloqadan foy-
dalaniladi. Audiokonferensiyalarni o‘tkazishning eng oddiy texni-
ka vositasi so‘zlashuvda ikkitadan ko‘p ishtirokchi qatnashuvini
ta’minlaydigan qo‘shimcha qurilmalar bilan jihozlangan telefon
aloqasi hisoblanadi.
Audiokonferensiyalarni tashkil etish kompyuter bo‘lishini talab
etmaydi, faqatgina uning ishtirokchilari o‘rtasida ikki tomonlama
audioaloqadan foydalanishni ko‘zda tutadi. Audiokonferensiyalar-
dan foydalanish qarorlar qabul qilish jarayonini yengillashtiradi. U
arzon hamda qulay.
|
| |