Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

Videokonferensiyalar. Ular ham audiokonferensiyalar qanday 
maqsadlarga mo‘ljallangan bo‘lsa, shunday maqsadlarga mo‘ljal-
langan, lekin bunda videoapparatura qo‘llaniladi. Ularni o‘tkazish 
kompyuter bo‘lishini talab etadi. Videokonferensiya jarayonida 
bir-biridan ancha uzoq masofada bo‘lgan ishtirokchilar televizor 
ekranida o‘zlarini va boshqa ishtirokchilarni ko‘rib turadilar. Tele-
vizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib turadi. Videokonfe-
rensiyalar transport va xizmat safari xarajatlarini ancha qisqartirish 
imkonini bersa ham, aksariyat tashkilot yoki firmalar ularni faqat 
shu sabablarga ko‘ra qo‘llamaydilar. Bu firmalar bunday konferen-
siyalarda muammoni hal qilishga hududiy jihatdan ofisdan ancha 
uzoqda joylashgan ko‘p sonli menejerlarni va boshqa xodimlarni 
ham jalb etish imkoniyatidan foydalanadilar. 
veb sahifa tushunchasi va shakli – Internet manzili (URL) 
bilan bir xil ma’noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U veb sayt-
ning tarkibiy qismidir. Veb sahifa biror voqelik, hodisa yoki obyekt 
to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘zida jamlagan ma’lumotlar faylidir. 
Veb serverlar bazasi veb saytlardan iborat bo‘lsa, veb saytlar esa
o‘z navbatida, sahifalardan iborat bo‘ladi. Fizik nuqtayi nazardan 
u hTML turidagi fayldir. Veb sahifalar matn, tasvirlar, animatsiya 
va dastur kodlari va boshqa elementlardan iborat bo‘lishi mumkin. 
Sahifa statik va dinamik shakllantirilgan bo‘lishi mumkin. Freym-
lardan (qismlar) iborat sahifalarda har bir freymga alohida sahifa 
mos keladi. 
veb sayt tushunchasi va shakli. Sayt inglizcha site ( «joy», 
«joylashish») so‘zining o‘zbekcha talaffuzi. Umumjaxon 
o‘rgimchak to‘ri – ma’lum axborotni topish mumkin bo‘lgan va 
noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy. Mazkur man-
zil veb saytning bosh sahifasi manzilini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, 
bosh sahifada veb saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlar-
ga murojaatlari mavjud bo‘ladi. Veb sayt sahifalari hTML, ASP, 
PHP, JSP, texnologiyalari yordamida yaratilib, matn, grafikka, das-
tur kodi va boshqa ma’lumotlardan tashkil topgan bo‘lishi mum-
kin. Veb saytni ochish uchun brouzer dasturidan foydalanib, uning 


174
175
manzil maydoniga kerakli veb saytning manzili kiritiladi. Veb sayt 
shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish