O‘zbekiston respublikasi hukumat portali




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

O‘zbekiston respublikasi hukumat portali. O‘zbekiston Res-


176
177
publikasi Vazirlar Mahkamasining «Internet tarmog‘ida O‘zbekis-
ton Respublikasining hukumat portalini yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2007- yil 17- dekabrdagi 259- sonli 
Qaroriga asosan, hukumat portali Internet tarmog‘ida O‘zbekiston 
Respublikasi hukumatining rasmiy davlat axborot resursi hisobla-
nadi. Bu bilan hukumat portalida chop etilgan axborot ommaviy 
axborot vositalarida chop etilgan axborot bilan teng kuchga ega 
ekanligi belgilab berilgan. 
asosiy maqsadlari:
1. Respublika aholisi hamda xalqaro jamoatchilikning O‘zbekis-
ton Respublikasi hukumati faoliyati to‘g‘risida, respublikaning 
ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayot-
gan islohotlardan xabardorligini ta’minlash.
2. Tashkilotlarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro 
hamkorligi samaradorligini oshirishga ko‘maklashish. 
3. Axborotlarni ayirboshlash va tarqatish tezligi darajasi, tashki-
lotlarning xabardorligi darajasi o‘sishi hisobiga tashkilotlar faoli-
yatining sifati va samaradorligini oshirishga ko‘maklashish.
4. Axborotlarni idoralararo elektron ayirboshlashni bir xillash-
tirish. 
O‘tgan vaqt mobaynida portal yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilib, 
kengaytirib borildi. Portalning funksional imkoniyatlarini mukam-
mallashtirish, foydalanuvchilar qulayligi uchun do‘stona interfeys 
yaratish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati 
to‘g‘risida dolzarb va tezkor ma’lumotlarni joylashtirish bo‘yicha 
ishlar olib borildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009- yil 20- yanvarda 
qabul qilingan «Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada 
rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 
PQ № 1041- sonli Qaroriga asosan, «Qo‘shimcha modullar (G to V 
va G to S) kiritilgan yangi platformadagi yangi hukumat portalini 
ishga tushirish» loyihasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi hukumat portalining yangi versiyasi ishlab chiqildi 
va 2009- yil 1- oktabrdagi Internet tarmog‘ida asosiy domen www. 
gov. uz manzili bo‘yicha joylashtirildi. 


178
179

Download 17,68 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi hukumat portali

Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish