Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

elektron pochta manzili. Elektron manzil @ belgisi bilan ajra-
tilgan ikki qismdan iborat, ya’ni manzilgoh @ foydalanuvchi nomi. 
Elektron manzilga misol tariqasida tuit@tuit. uz, tuit@inbox. uz 
larni keltirish mumkin, bu elektron manzillar «tuit» nomli ish-
latuvchining http://mail. tuit. uz, http://inbox. uz pochta serverida 
joylashgan pochta qutisi hisoblanadi. 
xabarlarni uzatish va qabul qilish. Tashkil qilingan elektron 
pochta orqali boshqa elektron manzilga xat jo‘natish ketma-ketligi-
ni ko‘rib chiqamiz: dastlab, mail. ru Web sahifasi ishga tushiriladi 
va ekranda hosil bo‘lgan ishchi oynaning Имя darchasida foy-
dalanuvchi elektron manzili va Пароль darchasida paroli kiritiladi 
va Вaйти tugmachasi bosiladi. Кому darchasiga xat jo‘natilishi 
kerak bo‘lgan elektron manzil, Копия darchasiga agar shu xat 
boshqa manzilga ham jo‘natilishi kerak bo‘lsa, o‘sha manzil, Тема 
darchasiga xat mavzusi yoziladi. Xat mazmuni pastki bo‘sh oyna-
ga yoziladi va Отправит tugmachasi bosiladi. Agar xat to‘g‘ri 
jo‘natilgan bo‘lsa, u holda ekranda Успешно отправлен yozuvi 
paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi elektron manzil orqali kompyu ter 
xotirasidagi ixtiyoriy fayllarni ham jo‘natishi mumkin. Buning 
uchun Прикрепит tugmachasi bosiladi. Agar bir nechta faylni 
jo‘natish kerak bo‘lsa, qolgan fayllar ham shu tartibda tanlanadi. 
Foydalanuvchi elektron pochtasiga kelgan xatlarni ko‘rish 
uchun Входяшие buyrug‘ini tanlaydi, natijada ekranda pochtaga 


186
187
kelgan xatlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Unda xat kimdan kelgani, ma-
vzusi, pochtaga qachon kelib tushgan va fayl o‘lchami to‘g‘risida 
ma’lumotlar saqlanadi. Foydalanuvchi xatni o‘qishi uchun Тема
bandiga sichqonchaning chap tugmachasi bosiladi. Ekranda xat 
mazmuni paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi xatni o‘qishi va agar zaru-
riyat bo‘lsa Файл Печат buyrug‘i orqali printerda chop etishi 
mumkin. Elektron pochtadagi keraksiz xatni o‘chirish uchun dast-
lab u belgilanadi va Удалит tugmachasi bosiladi. o‘chirilgan fayl 
Корзинаga borib tushadi. Korzinani tozalash Очистит корзина 
buyrug‘i orqali amalga oshiriladi. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish