• 8. 7. eLeKtrOn KutubxOnaLar va virtuaLLiK
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet105/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    mashish madaniyati. hayotdagi etika kabi elektron pochtada ham 
    etika mavjud. Ularning ba’zilariga to‘xtalib o‘tamiz:
    – pochtangizni tez-tez o‘qib turing. Ko‘pchillik foydalanuvchi-
    lar o‘z xatlarini faqatgina bo‘sh vaqtlaridagina o‘qiydilar. Bu kor-
    respondentlarga nisbatan bo‘lgan behurmatlikdir. Buning oqibatida 
    siz juda ham muhim bo‘lgan axborotni qo‘ldan boy berishingiz 
    mumkin. Foydalanuvchi pochtasini har doim, o‘z vaqtida o‘qib 
    borishi lozim; 
    – xatda, albatta, sarlavha (subject) ko‘rsatish zarurdir. Bu mijoz-
    larni ortiqcha ishlardan qutqaradi; 
    – xatingizni oluvchini biling va hurmat qiling
    – xatni xatosiz yozing. Grammatik va orfografik xatolar bilan 
    yozilgan xat jo‘natuvchi to‘g‘risida yaxshi taassurot qoldirmaydi; 
    – qisqa yozing. Elektron pochtada yozayotgan xatingizning 
    mazmunini qisqa va aniq bayon qila biling. Xatingizdagi xatolar va 
    mavzu doirasidan chiqib ketish, birinchi o‘rinda xatingizni emas
    balki sizning o‘zingizni xarakterlaydi; 
    – o‘z xatingizni boshqa manzillarga ko‘chirishdan saqla ning. 
    O‘z xatingizni faqatgina shu xat tegishli bo‘lgan manzillarga 
    jo‘nating. Aks holda, xatlarni ko‘p manzillarga jo‘natish hamkor-
    laringizda yaxshi taassurot uyg‘otmasligi mumkin;
    – kerak bo‘lmagan taqdirda o‘z xatingizga javob va so‘rovlar 
    yo‘llamang. Kerak bo‘lmagan taqdirda «iltimos javob bering» yoki 
    «iltimos xatni tasdiqlang» kabi so‘rovlarni yo‘llamang; 
    – so‘rovlarga to‘liq javob bering. So‘rovlarga javob berishda 
    qisqa «ha» yoki «yo‘q» kabi javob bermang. Bu hol xat oluvchida 
    tushunmovchiliklar keltirib chiqarishi mumkin. 


    190
    191
    8. 7. eLeKtrOn KutubxOnaLar
    va virtuaLLiK 
    Elektron kutubxona – Internetning ajoyib imkoniyatlaridan 
    biridir. Bu kutubxonaning elektron shaklidir. Kutubxona deganda, 
    odatda, ko‘z oldimizga kitoblar turgan uzundan uzun kitob javonli 
    katta xonalar keladi. Elekt ron kutubxonada javonlar vazifasini jild-
    lar, kitoblar vazifasini Internet sahifalar bajaradi. 
    Bu kutubxona ma’lumotlari elektron ko‘rinishda bo‘ladi va 
    kompyuterda joylashadi. Bu kutubxonadan foydalanish juda qulay. 
    Siz dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan elektron kutubxona ma’lumot-
    laridan foydalana olishingiz mumkin. Yana bir qulay tomoni, zarur 
    ma’lumot nusxasini ko‘chirib olishin giz mumkin. Elektron kutub-
    xonadan foydalanishingiz uchun kompyuter, modem va Internet 
    tarmog‘i bo‘lishi yetarli. 
    Faraz qilaylik, elektron kutubxonadan foydalanmoqchisiz. Biror 
    ma’lumot bilan tanishmoqchisiz. Kompyuter va In ternet yordami-
    da ma’lumotni bir necha daqiqada topish mum kin. Ma’lumot dun-
    yoning ixtiyoriy nuqtasidan bir pasda ekranda tasvirlanadi. Buning 
    uchun siz kompyuterning tugmachasini bosishingiz va elektron ku-
    tubxonaga kirishingiz kifoya. Bir necha daqiqada ma’lumot ko‘z 
    oldingizda namoyon bo‘ladi. Bu mo‘jizani eslatadi. Bu mo‘jiza vir­
    tuallik deb ataladi. 
    Bunga faqat kompyuter va maxsus tarmoq orqali erishish mum-
    kin. Bir necha yil avval bir maqolani topishga bir necha oy vaqt 
    sarflash zarur edi. Hozirgi kunda boshqa shaharga borish va vaqt 
    sarflash zarurati yo‘qoldi, buning uchun elektron kutubxonalar yor-
    damga keldi. Elektron kutubxonalarni turlicha nomlashadi:
    elektron kutubxona;
    – virtual kutubxona;
    – e-kutubxona;
    e-library;
    – digital library;

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish