• 9. 5. axbOrOt resursLari va axbOrOt tiziMLari
  • fayllar ustida bajariladigan amallar




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet113/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    fayllar ustida bajariladigan amallar. Yuqorida aytilganidek, 
    fayllar o‘z nomiga ega bo‘lgan hamda o‘zida axborotlarni jamla gan 
    obyektdir. Shunday ekan, demak, undan foydalanish jarayonida 
    ular ustida bir qancha amallarni bajarish mumkin. 
    Bular:
    fayllarni yaratish
    – fayllarni nusxalash; 
    – fayllarni o‘zgartirish;
    – fayllarni uzatish;
    – fayllarni o‘chirish. 


    200
    201
    fayllarni konvertatsiya qilish. Odatda, fayllar o‘zida saqla-
    gan ma’lumotlarning turlariga qarab har xil ko‘rinishda mavjud 
    bo‘ladi. Ko‘pincha ushbu fayllardagi ma’lumotlardan foydalanish 
    uchun ularni bir turdan boshqasiga o‘girishga to‘g‘ri keladi. Ushbu 
    o‘girish jarayoni konvertatsiya deb nomlanadi. Konvertatsiya ja-
    rayonlari, ya’ni ma’lumotlarni bir turdan boshqasiga yoki bir for-
    matdan boshqasiga o‘girish maxsus dasturiy vositalar yordamida 
    amalga oshiriladi. 
    Katalog deb, fayl nomi, uning hajmi, oxirgi marta yozilish sa-
    nasi va vaqti, atributlari haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi diskdagi 
    maxsus joyga aytiladi. Katalog ham faylga o‘xshab nomlanadi, 
    ammo kengaytma ishlatilmaydi. har bir diskda bir nechta katalog 
    bo‘lishi mumkin. Kompyuterda ishlash jarayonida «joriy katalog», 
    «o‘zak katalog» degan tushuncha tez-tez ishlatiladi. 
    Joriy katalog shu daqiqida ishlab turgan katalogdir. Joriy kata-
    log 1- bosqich, 2- bosqich va h. k. larning bittasi bo‘lishi mumkin. 
    9. 5. axbOrOt resursLari va
    axbOrOt tiziMLari
     
    O‘zbekiston Respublikasining 2003- yil 11- dekabrdagi 560–II 
    sonli «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan axborot 
    resurslari va tizimlariga quyidagicha ta’rif berish mumkin. 
    Axborot resurslari – alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida 
    to‘plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, 
    fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimla-
    ridagi) hujjatlar va hujjatlarning to‘plamlaridir. 
    Ommaviy axborot – bunga cheklanmagan doiradagi shaxslar 
    uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, au-
    diovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar kiradi. 
    Axborot tizimi – axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov 
    berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy ji-
    hatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologi-
    yalari va aloqa vositalari. 


    200
    201

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish