198
199
9. 3. axbOrOt birLiKLari, axbOrOtninG
O‘LchOv va hajM tushunchaLari
har qanday mahsulotning o‘lchov
birligi mavjud, masalan, litr,
metr, kilometr, kilogramm, volt, amper, kubometr va boshqalar.
Axborotning xuddi shunga o‘xshash ham o‘lchovi mavjud.
Ikkilik
sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit hisoblanadi, bir
bit bu bitta «1» yoki bitta «0». Bunda signalning mavjudligi «1» bi-
lan yoki yo‘qligi «0» bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qara-
ladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb
qabul qilingan. Shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar sig‘imini
o‘lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), ter-
rabayt (tb) va h. k. o‘lchamlar mavjud:
1 Kb =2
10
= 1024 bayt,
1 Mb=2
20
= 1024 Kbayt,
1 Gb =2
30
= 1024 Mbayt,
1 Tb =2
40
= 1024 Gbayt.
Zamonaviy tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish ketma-ket
amalga oshiriladi, ya’ni bir bayt axborot bitlar bo‘yicha uzatiladi.
Tarmoq sohasida kilobayt va megabaytlar fanning boshqa sohala-
ridagidek o‘nli sanoq tizimiga mos keladi.