198
199
inson ob-havo ma’lumotiga, transport vositalari qatnovi jadvaliga,
bank va biznes ma’lumotlariga hamda
kundalik yangiliklardan
habardor bo‘lishga muhtojdir. Agarda inson kundalik axborotlar va
yangiliklardan xabardor bo‘lmas ekan, u jamiyatdan uzilib qolishi
muqarrar.
9. 4. faYL tushunchasi va
uLarninG turLari
fayl yagona, yaxlit deb qaraladigan ma’lumotlar yoki dastur
kodlari majmuyidir. Fayl o‘z nomiga ega bo‘lgan va tizimda saqla-
nadigan ma’lumotlarning asosiy elementi bo‘lgan obyektdir. Foy-
dalanuvchi
faylni yaratishi, nusxalashi, jo‘natishi va yo‘q qilishi
mumkin. har bir fayl atributlar va undagi axborotdan iborat bo‘ladi.
Faylning atributlariga, birinchi navbatda, uning nomi, axborot turi,
yaratilish
sanasi va vaqti, undan faydalanish usuli hamda undan
foydalanishga ruxsat berish shartlari kiradi. Fayllarning quyi dagi
turlari mavjud:
– matn ma’lumotlarni o‘zida
jamlagan fayllar;
– grafik ma’lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar;
– musiqa ma’lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar;
– video ma’lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar.