206
207
bir qatorda ko‘plab hisoblash-statistika vazifalari ham bajarilishi,
kitob fondining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etilishi,
kitobxonlar kontingenti to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobga
olinishi,
hisobotlar uchun materiallar tayyorlanishi mumkin va hokazo.
Yuqorida ko‘rib chiqilayotgan axborot tizimlarining barcha tur-
lari foydalanuvchini faqat qachonlardir tizimga kiritilgan
va uning
axborot massivlarida saqlanayotgan ma’lumotlar hamda faktlar
orasidagi zarur axborot bilan ta’minlaydi.
Axborot-mantiqiy tizimlar boshqa tizimlardan farqli o‘laroq il-
gari bevosita shaklda tizimga kiritilmagan, balki tizimdagi mavjud
axborot massivlarini mantiqiy tahlil qilish, umumlashtirish, ma’lu-
motlarni qayta ishlash asosida ishlab chiqiladigan axborotni bera
oladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha tizimlarda foydalanuvchilar-
ning,
shu jumladan, hisoblash texnikasi sohasida mutaxassis bo‘l-
magan foydalanuvchilarning tizim bilan o‘zaro muomala qilish
vositalarini rivojlantirib borish zarur.
Bu vositalar yordamida foy-
dalanuvchi o‘z so‘rovlarini shakllantiradi, ularni tizimga kiritadi,
tizim unga berayotgan axborotni qabul qilib oladi.
Turli tizimlarda bu vazifa turlicha hal qilinadi. Ba’zi tizimlarda
amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan so‘rovlarning qat’iy belgilan-
gan ro‘yxati mavjud bo‘ladi. Foydalanuvchi
uning talablariga im-
kon qadar to‘la javob bera olishi mumkin bo‘lgan so‘rovni tanlaydi
va uni tizimga ko‘rsatadi. Bunday tizimlar
namunali (standart)