• 10. 1. axbOrOt texnOLOGiYaLari tushunchaLari va itOLOGiYa predMeti
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet118/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    Nazorat savollari:
    1. Axborot tushunchasiga ta’rif bering.
    2. Axborot turlariga nimalar kiradi?
    3. Axborot birliklari, axborotning o‘lchov, hajm tushunchalarini aytib 
    bering.
    4. Axborotning jamiyatda tutgan o‘rni nimalardan iborat?
    5. Fayl tushunchasi va ularning turlarini so‘zlab bering. 
    6. Axborot resurslariga nimalar kiradi?
    7. Axborot tizimlari va elementlarini aytib bering.
    8. Boshqa axborot tizimlari haqida gapirib bering.
    9. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy tarkibiy qismlarini 
    so‘zlab bering. 
    10. Kichik aloqa tizimlari haqida gapirib bering. 
    11. Axborot tizimidagi jarayonlar qanday amalga oshiriladi? 


    214
    215
    x bOb. YanGi axbOrOt
    texnOLOGiYaLari
    10. 1. Axborot texnologiyalari tushunchalari va itologiya predmeti.
    10. 2. Ma’lumotlarga ishlov berish va saqlash axborot texnologiyasi. 
    Mavzuning maqsadi: axborot texnologiyalari – itologiya fani to‘g‘-
    risida ma’lumot berish, itologiya jarayonlari, axborot texnologiyasi ja-
    rayoni, yangi axborot texnologiyalari ma’lumotlariga ishlov berish ax-
    borot texnologiyalari va ularning tarkibiy qismlari haqida bilim, malaka 
    va ko‘nikmalarini hosil qilish va ulardan foydalanishga o‘rgatish. 
    10. 1. axbOrOt texnOLOGiYaLari 
    tushunchaLari va itOLOGiYa predMeti
    Keyingi o‘n yillikda yangi fan – axborot texnologiyalari 
    to‘g‘risidagi fan (AT fanlari) yoki itologiya vujudga keldi, uning 
    asosiy xarakterli belgilari quyidagilardan iborat:
    – odamning aqliy imkoniyatlarini kuchaytiruvchi bilishning sa-
    marali usuli va instrumenti sifatida bilimlar va faoliyat turlarining 
    barcha sohalarini rivojlantirish uchun fundamental ahamiyati;
    – odam amaliyoti va turmushini o‘zgartirishga maqsadli 
    yo‘naltirilganligi, odam hayoti va faoliyatining barcha jabhalariga 
    kirib borish qobiliyati;
    – umum ahamiyatga ega bo‘lgan fan sifatida (matematika va fal-
    safa kabi) fanlararo roli, bu, eng avvalo, uning metodologik ahami-
    yati, rivojlangan konseptual bazasining, universal qo‘llaniladigan 
    paradigmalar, usullar, amaliy bilimlarni shakllantirish, tahlil va sin-
    tez qilish uchun tillarning mavjudligiga bog‘liq holda kelib chiqadi. 
    Itologiya predmeti – axborot texnologiyalari (AT), shuningdek, 
    ularni yaratish va qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. 


    214
    215
    Texnologiya (yunoncha techne so‘zidan) – «san’at», «mahorat», 
    «bilish» degan ma’nolarni bildiradi, bu esa jarayondan boshqa nar-
    sa emas. Jarayon deyilganda, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun 
    yo‘naltirilgan harakatlarning muayyan majmuyi tushuniladi. Ja-
    rayon odam tanlagan strategiya bilan belgilanishi va turli vositalar 
    hamda usullar majmuyi yordamida amalga oshirilishi zarur. 
    Axborot texnologiyasi – obyekt, jarayon yoki hodisa (axborot 
    mahsuloti)ning holati to‘g‘risida yangi sifatdagi axborot olish 
    uchun ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish va uzatish vosi-
    talari hamda usullarining majmuyidan foydalanuvchi jarayon. 
    Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi – inson 
    yoki tizimning ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish. 
    Axborot texnologiyasining maqsadi – inson tomonidan tahlil 
    qilish va uning asosida qandaydir xatti-harakatni bajarish bo‘yicha 
    qaror qabul qilish uchun axborot ishlab chiqarish. 
    Axborot texnologiyasi jamiyatning axborot resurslaridan foy-
    dalanish jarayonining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. ho-
    zirgi vaqtga kelib u bir nechta evolutsiya bosqichlaridan o‘tdi, bu 
    bosqichlarning almashinishi, asosan, ilmiy-texnika taraqqiyotining 
    rivojlanishi, axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari 
    paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. Shaxsiy kompyuter zamonaviy 
    jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyasining asosiy texnik 
    vositasi bo‘lib xizmat qiladi, u texnologik jarayonlarni ko‘rish va 
    foydalanish konsepsiyasiga ham, natijali axborot sifatiga ham jid-
    diy ta’sir o‘tkazdi. Axborot sohasiga shaxsiy kompyuterni joriy 
    etish va aloqaning telekommunikatsiya vositalari qo‘llanishi ax-
    borot texnologiyalarining rivojlanishida yangi bosqichni belgilab 
    berdi va oqibatda «yangi», «kompyuter» yoki «zamonaviy» sino-
    nimlaridan birini qo‘shish hisobiga uning nomini ham o‘zgartirdi. 
    «Yangi» sifati bu texnologiyaning evolutsion xarakterini emas, 
    balki novatorlik xarakterini ta’kidlaydi. Uni joriy etish shu ma’noda 
    novatorlik hisoblanadiki, u tashkilotlarda faoliyatning xilma-xil 
    turlari mazmunini sezilarli darajada o‘zgartiradi. Yangi axborot 
    texnologiyasi tushunchasiga kommunikatsiya texnologiyalari ham 


    216
    217
    kiritilgan, ular axborotni turli vositalar bilan, xususan, telefon, tele-
    graf, telekommunikatsiyalar, faks va boshqalar orqali uzatishni 
    ta’minlaydi. Yangi axborot texnologiyasining asosiy xarakterli to-
    monlari keltirilgan. 
    Yangi axborot texnologiyalari (YaAT) – foydalanuvchi ishining 
    «do‘stona» interfeysli axborot texnologiyasi bo‘lib, bunda shaxsiy 
    kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalaridan foydalaniladi. 
    «Kompyuter» sifati uni amalga oshirishning asosiy texnik vosi-
    tasi kompyuter ekanligini ta’kidlaydi. Yangi (kompyuter) axborot 
    texnologiyasining uchta asosiy tamoyili mavjud:
    – kompyuter bilan interaktiv (muloqot) ish rejimi; 
    – boshqa dasturiymahsulotlar bilan integratsiya lashganligi;
    – ma’lumotlarni ham, vazifalarning qo‘yilishini ham o‘zgarti-
    rish jarayonining moslashuvchanligi. 
    «Kompyuter» axborot texnologiyasi atamasini emas, balki 
    «yangi» atamasini ancha aniqroq deb hisoblash zarur, chunki bu 
    uning tuzilishida nafaqat kompyuterlardan foydalanishga asoslan-
    gan texnologiyani, balki boshqa, ayniqsa, telekommunikatsiyalarni 
    ta’minlaydigan, texnika vositalarga asoslangan texnologiyalarni 
    ham aks ettiradi. 
    Moddiy ishlab chiqarish texnologik jarayoni turli texnik vosita-
    lar yordamida amalga oshiriladi, ularga uskunalar, dastgohlar, as-
    boblar, konveyer liniyalari va hokazolar kiradi. 
    Xuddi shu kabi, AT uchun ham xuddi shunday vositalar bo‘lishi 
    kerak. Axborot ishlab chiqarishning bunday texnik vositalar bu ja-
    rayonning apparat, dasturiy va matematik ta’minoti hisoblanadi. 
    Ular yordamida dastlabki axborot sifat jihatidan yangi axborot si-
    fatida qayta ishlanadi. 
    Bu vositalar ichidan dasturiy mahsulotlarni ajratib ko‘rsatamiz 
    va ularni instrumentariy deb ataymiz, yanada aniqrog‘i uni axborot 
    texnologiyasining instrumentariysi deb atash mumkin. 
    Axborot texnologiyasi instrumentariysi kompyuterlarning 
    muayyan turi uchun bir yoki bir nechta o‘zaro bog‘liq dasturiy mah-
    sulotlardan iborat bo‘lib, unda ishlash texnologiyasi foydalanuvchi 


    216
    217
    qo‘ygan maqsadga erishishni ta’minlaydi. Instrumentariy sifatida 
    shaxsiy kompyuterlar uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar-
    ning keng tarqalgan quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: 
    matn li protsessor (muharrir), stolga o‘rnatiladigan nashr tizimlari, 
    elektron jadvallar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, elek-
    tron yozuv kitobchalari, elektron taqvimlar, funksional maqsadlar-
    ga (moliyaviy, buxgalteriya, marketing uchun) mo‘ljallangan ax-
    borot tizimlari, ekspert tizimlari va h. k. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish