212
213
81- rasm. axborot tizimidagi jarayonlar.
Boshqaruv deganda, tashkiliy, reja, hisoblash, tahlil, nazorat,
rag‘batlantirish kabi funksiyalar amalga oshirilganida qo‘yilgan
maqsadni ta’minlash tushuniladi.
Axborot tizimi o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi:
– har qanday axborot tizimi tizimlarni tuzishning
umumiy ta-
moyillari asosida tahlil qilinishi, tuzilishi va boshqarilishi mumkin;
– axborot tizimi dinamik va rivojlanib boradigan tizim hisobla-
nadi;
– axborot tizimlarini tuzishda tizimiy yondashuvdan foydala-
nish zarur;
– axborot tizimining mahsuloti axborot bo‘lib, uning asosida qa-
rorlar
qabul qilinadi;
– axborot tizimini axborotga ishlov berishning odam–kompyu-
ter tizimi sifatida qabul qilish zarur.
Bugun axborot tizimi deyilganda, aksariyat kishilarning ko‘z
o‘ngiga kompyuter keladi, vaholanki, u axborot tizimining bosh
tarkibiy qismlaridan biridir.
Umuman olganda, axborot tizimini
kompyutersiz variantda ham tushunish mumkin.
Zamonaviy axborot tizimlari ulardan foydalanadigan axborot-
kutubxonalarga ilgari o‘zlari foydalana olmagan bir qator yangi
imkoniyatlar va sifatlarni berishi mumkin, xususan,
axborot tizimi
quyidagilarga yordam berishi mumkin:
212
213
– matematik usullar va intellektual tizimlarni joriy etish hisobiga
boshqaruv masalalarini hal qilishning yanada oqilona variantla riga
ega bo‘lish;
– avtomatlashtirish hisobiga xodimlarni og‘ir mehnatdan ozod
qilish;
– axborotning ishonchliligini ta’minlash;
– ma’lumotlarni qog‘oz o‘rniga magnit disklari yoki tasmalarida
saqlash, bu axborotga kompyuterda ishlov
berishni ancha oqilona
tashkil etish va qog‘ozlardagi hujjat hajmini kamaytirishga olib ke-
ladi;
– axborot-kutubxonalarda axborot oqimi strukturasi va hujjatlar
bilan ishlash tizimini takomillashtirish;
– zamonaviy texnolgiyalardan foydalanishni ta’minlash.
Axborot-kutubxonalar faoliyatini kompleks
avtomatlashtirish
uchun korporativ axborot tizimlarini joriy etish zarur, ular bilan
korporatsiyaning oliy bo‘g‘ini – menejerlari ish olib boradi. Bu
tizimlar qarorlar qabul qilish uchun zarur. Bu esa, o‘z navbatida,
menejerlarning quyi va o‘rta bo‘g‘ini darajasida joriy ishlab chiqa-
rish funksiyalarini bajarish va ishlab chiqarish jarayonlarini opera-
tiv boshqarish bilan bog‘liq ish joylarini avtomatlashtirish masalasi
oldindan hal qilingan bo‘lishini ko‘zda tutadi.