|
2-laboratoriya ishi iqtisodiy masalalarni yechish jarayonida foydalaniladigan axborotni kiritish, chiqarish va saqlash uchun zamonaviy qurilmalarning turlari ishning maqsadi
|
bet | 1/2 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 286,31 Kb. | | #132487 |
Bog'liq 2-labar
2-LABORATORIYA ISHI
IQTISODIY MASALALARNI YECHISH JARAYONIDA FOYDALANILADIGAN AXBOROTNI KIRITISH, CHIQARISH VA SAQLASH UCHUN ZAMONAVIY QURILMALARNING TURLARI
Ishning maqsadi: Talabarga axborotlarni kiritish chiqarish qurilmalari haqida tushuncha .
Kerakli apparat va dasturiy ta’minotlar: kompyuter, Sistemali plata, mikroprotsessor, Operetiv xotira.
Nazariy qism
Hozirgi kunda biror ish yurituvchini yoki korxona ish faoliyatini printer, skaner, faks, modem (router), veb-kamera, ovoz kuchaytirgich, quloqchin kabi vositalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Albatta, siz ular haqida eshitgansiz va ulardan foydalanib kelmoqdasiz. Bu qurilma va vositalar kompyuterning asosiy qurilmalari hisoblanmasa-da, insonlarning kundalik hayotida ularga ehtiyoj juda katta.
Kompyuterning tashqi qurilmalari yordamchi qurilmalar deb ham yuritiladi
1) ma’lumotlarni kiritish qurilmalari;
2) ma’lumotlarni kompyuterdan chiqarish qurilmalari;
3) ma’lumotni ham uzatish, ham qabul qilish qurilmalariga ajratish mumkin. Kompyuterlar qo‘shimcha qurilmalarsiz ham ishlay oladi, ammo ularsiz axborotni izlash, qayta ishlash, tashqi xotirada saqlash, uni chop etish yoki uzatish amallarini bajarib bo‘lmaydi.
Qo‘shimcha qurilmalar orasidan eng ko‘p foydalaniladigan, yaratilgan hujjatlarni chop etishda beqiyos imkoniyatlarga ega qurilma bu — printer
Printerning bir necha turi mavjud:
1) purkagichli; 2) lazerli; 3) matritsali; 4) ko‘p funksiyali (printer, skaner, kseroks)
Shuningdek, printerlar rangsiz va rangli turlarga bo‘linadi. Kompyuterda yaratilgan yoki uning xotirasida saqlangan ma’lumotlarni chop etish uchun printer va plotterlardan foydalanilsa, aks jarayon, qog‘ozdagi rasm yoki matnlarni kompyuterga ko‘chirish uchun skaner deb nomlangan qurilmadan foydalanilad
Skanerlarning ham bir necha turi mavjud:
1) barabanli;
2) planshetli;
3) qo‘l skaneri.
Kompyuter turli ko‘rinishdagi axborotni qayta ishlovchi qurilma ekanligini avvalgi darslardan bilib oldik. Demak, kompyuter faqat matn, rasm va chizmalarnigina emas, balki tovushli axborot: musiqa, video va filmlarni ham uzatuvchi texnologiya hisoblanadi. Ammo bunday turdagi axborotni uzatishni ovoz kuchaytirgich, mikrofon yoki quloqchinlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Ovoz kuchaytirgich, mikrofon, quloqchin, musiqa aksessuarlari video yoki film shaklidagi axborot tovushlarini uzatish yoki yozib olish uchun qo‘llaniladi
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
2-laboratoriya ishi iqtisodiy masalalarni yechish jarayonida foydalaniladigan axborotni kiritish, chiqarish va saqlash uchun zamonaviy qurilmalarning turlari ishning maqsadi
|