Ma’LuMOtLarGa ishLOv berish




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/163
Sana02.02.2024
Hajmi17,68 Mb.
#150187
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   163
Bog'liq
Axborot-kutubxona texnologiyasi

10. 2. Ma’LuMOtLarGa ishLOv berish
axbOrOt texnOLOGiYasi 
Ma’lumotlarga ishlov berishning axborot texnologiyasi yax-
shi tuzilgan masalalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu 
ma sa lalar bo‘yicha zaruriy kirish ma’lumotlari mavjud bo‘lishi 
va ularga ishlov berishning algoritmlari hamda boshqa standart 
protsedu ralari ma’lum bo‘lishi kerak. Bu texnologiya boshqaruv 
mehnatining ba’zi bir doimiy takrorlanadigan og‘ir amallarini av-
tomatlashtirish maqsadlarida malakasi uncha yuqori bo‘lmagan 
xodimlarning amaliy (ijro) faoliyati darajasida qo‘llaniladi. Shu-
ning uchun bu darajada xodimlarning mehnat unumdorligini ancha 
oshiradi. Ularni og‘ir va mashaqqatli amallardan ozod etadi, hatto 
xodimlar sonini qisqartirishga ham olib keladi. Operatsion faoliyat 
darajasida quyidagi masalalar hal qilinadi:
– axborot-kutubxona tomonidan amalga oshiriladigan operatsi-
yalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ishlov berish;
– axborot-kutubxonada ishlarning holati to‘g‘risida davriy 
nazorat hisobotlarini tuzish;
– turli-tuman joriy so‘rovlarga javoblar olish va ularni qog‘ozda 
hujjatlar yoki hisobotlar shaklida rasmiylashtirish. 
Ushbu texnologiyaning barcha boshqa texnologiyalardan farq-
lab turadigan, ma’lumotlarga ishlov berish bilan bog‘liq bir nechta 
o‘ziga xos xususiyatlari mavjud:


218
219
– ma’lumotlarga ishlov berish bo‘yicha axborot-kutubxonada 
zarur masalalarni bajarish. har bir axborot-kutubxona o‘zining 
faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi va bunday ma’lu-
motlarning axborot-kutubxonada saqlanishi qonun bilan belgilab 
qo‘yilgan, ulardan axborot-kutubxonada nazoratni ta’minlash va 
saqlab turish vositasi sifatida foydalanish mumkin. Shuning uchun 
har qanday axborot-kutubxonada, albatta, ma’lumotlarga ishlov 
berishning axborot tizimi bo‘lishi va tegishli axborot texnologiyasi 
ishlab chiqilgan bo‘lishi shart;
– faqat yaxshi tuzilgan va ular uchun algoritm ishlab chiqilishi 
mumkin bo‘lgan masalalarni hal qilish;
– ishlov berishning standart protseduralarini bajarish. 
Mavjud standartlar ma’lumotlarga ishlov berishning namunaviy 
protseduralarini belgilab beradi va barcha turdagi tashkilotlar 
uchun ularga rioya qilishni belgilab qo‘yadi;
– ishlarning asosiy hajmini imkon qadar kam odam ishtirokida 
avtomatik rejimda bajarish;
– mufassal ma’lumotlardan foydalanish. Axborot-kutubxona 
faoliyati to‘g‘risidagi yozuvlar taftish o‘tkazishga imkon beradigan 
darajada mufassal xarakterga ega. Taftishlar jarayonida axborot-
kutubxona faoliyati xronologik tartibda faoliyatining boshlanish 
davridan oxirgi davrigacha va oxirgi davridan boshlanish davriga-
cha tekshiriladi;
– voqealarning xronologiyasiga diqqatni qaratish;
– muammoni hal qilishda boshqa darajadagi mutaxassislar to-
monidan yordam berilishini talab qilish. 
Ma’lumotlarga ishlov berishda ATning asosiy tarkibiy qismlari 
quyidagilar hisoblanadi: 

Download 17,68 Mb.
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   163




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish