• Kommunikatsiya va telekommunikatsiya aloqa jarayonlari.
  • Modem. Modem
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    11. 2. teLeKOMMuniKatsiOn
    aLOqa vOsitaLari
    Telekommunikatsiyada esa yuboruvchi tomon signallarni uza-
    tishda kabel simlari aloqa vositalaridan foydalanadi. 


    222
    223
    Agar kommunikatsiyani insonlar misolida tasavvur qilsangiz, 
    uning tarkibiy qismlarini osonlikcha anglab yetish mumkin. Inson-
    lar o‘zaro yuzma-yuz gaplashganlarida bir-birlariga xabar uzata-
    dilar. Kishi, ayni paytda, yuboruvchi va bir ozdan so‘ng esa qabul 
    qiluvchi bo‘lishi ham mumkin. 
    Demak, bir kishining o‘zi ham yuboruvchi, ham qabul qiluvchi, 
    yoki ikkalasi ham bo‘lishi mumkin. Bu ikki tomonlama kommuni-
    katsiyaning oddiy ko‘rinishidir. 
    Xabarlarni yetkazib berishda ishlatadiganimiz signallar – bu 
    biz qo‘llaydigan so‘zlar, biz so‘zlashadigan til. Muloqot samarali 
    chiqishi uchun esa ikkala tomon ham yuboruvchi va qabul qiluvchi 
    signallarni tushunishlari va bir xil talqin qila bilishlari lozim. 
    82- rasm. Kommunikatsiya va telekommunikatsiya
    aloqa jarayonlari. 
    Yana shu narsani ta’kidlash joizki, kommunikatsiya sinxron 
    yoki asinxron bo‘lishi mumkin. Sinxron kommunikatsiyada qabul 
    qiluvchi xabarlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri, yuborilgan paytning o‘zida 
    qabul qilib oladi. 
    Oddiy so‘zlashuv va telefon so‘zlashuvlari sinxron kommuni-
    katsiyaga misol bo‘lishi mumkin. Asinxron kommunikatsiyada 


    222
    223
    esa, qabul qiluvchi xabarlarni ular jo‘natilganidan bir qancha vaqt 
    o‘tgach – biror soat yoki biror kundan keyin qabul qilib oladi. 
    Pochtadan yoki Internet orqali elektron pochtadan xat jo‘natish 
    asinxron kommunikatsiyaga misol bo‘ladi. Akademik tadqiqotchi-
    lar faollik bilan sinxron va asinxron kommunikatsiyalarning sama-
    radorligi, natijaviyligi hamda tashkiliy jihatlari ustida izlanishlar 
    olib boryaptilar. Ikkala turdagi kommunikatsiya ham elektron yoki 
    oddiy yo‘l bilan amalga oshirilishidan qat’i nazar, axborot-kutub-
    xona ishida muhim rol o‘ynaydi. 
    Telekommunikatsiya deganda, signallarning muloqot uchun 
    elektron uzatilishi tushuniladi va u telefon, radio va televizor kabi 
    vositalarni o‘z ichiga oladi. Telekommuniktsiyaning axborot-ku-
    tubxona sohasida sezilarli o‘zgarishlarga olib kelish imkoniyati 
    bor, chunki u vaqt va masofa bilan to‘siqlarni ancha kamaytiradi. 
    Telekommunikatsiya axborot-kutubxonaning faoliyat yo‘nalishini 
    o‘zgartiribgina qolmay, tijorat yo‘siniga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. 
    Tarmoqlarni bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi va axborot almashi-
    nuvining yengilligi raqobat bozorida yuqori darajadagi sifat va xiz-
    matlarga kafil bo‘lmoqda. 
    Ma’lumot almashinuvi telekommunikatsiyaning alohida tarkibiy 
    qismi bo‘lib, ma’lumotlarning elektron jamlanishi, qayta ishlani-
    shining texnologik jarayoni va tarqatilishi tushuniladi. Telekom-
    munikatsiyani qo‘llash uchun ma’lumot almashinuviga erishiladi. 
    Telekommunikatsiyaning umumiy modelini ko‘rib chiqadigan 
    bo‘lsak, bunda model yuboruvchi qismdan boshlanadi va inson, 
    kompyuter, terminal yoki xabarni hozirlaydigan har qanday vosita 
    bunga misol bo‘lishi mumkin. Yuboruvchi signalni telekommuni-
    katsiya uskunasiga uzatadi. 
    Telekommunikatsiya uskunasi bir qancha vazifalarni bajaradi, 
    masalan, signalni bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga yoki bir tur-
    dan ikkinchi turga o‘zgartirishi mumkin. 
    plata – bu axborotlarni jo‘natuvchi va qabul qiluvchi maxsus 
    qurilma. Odatda, bunday plata tarmoq interfeys platasi kompyuter 
    shinasining kengaytirilgan bo‘sh o‘rniga o‘rnatiladi, ma’lumotlar-


    224
    225
    ni uzatuvchi kabel esa shu plataga o‘rnatiladi. Bugungi kunda tar-
    moqda qo‘llaniladigan bir necha tipdagi kabellar mavjud. Bularga 
    signalni modullashtirmaydigan koaksil kabel, signallarni modul-
    lashtiruvchi koaksil kabel va optik tolali kabel kiradi. Bu kabellar 
    ma’lumotlarni uzatish tezligi, uzatish uzoqligi va ulanish usullari 
    bilan farqlanadi. 
    83- rasm. Modem.
    Modem – bu qurilmaning nomi 
    ikki so‘z birikmasi (modulator va 
    demodulator)dan tashkil topgan. 
    Modem uzatilayotgan va qabul 
    qilinayotgan ma’lumotlarni mo-
    dullashtirish va demodullashtirish 
    vazifalarini bajaradi. 
    Signallarni modullashtirish de-
    ganda, signalni uzoq masofaga uza-
    tish uchun uning shaklini almashtirishni tushunamiz. Elektron im-
    pulslar dastlab modemda tovush chastotasiga aylantiriladi, so‘ngra 
    telefon tarmog‘i orqali uzatiladi. Signallar qabul qilinayotganida, 
    bu tovushli signallar modem yordamida kompyuterga mos lab ik-
    kilik elektr impulslari ketma-ketligi shaklida o‘zgartiriladi. Bir 
    kompyuterdan ikkinchisiga axborot uzatilayotganida, raqamli im-
    pulslar ikki marta o‘zgartiriladi: avval tovushli signal (modullashti-
    rish) ko‘rinishiga, so‘ngra tovushli signallar ikkilik impulslari (de-
    modullashtirish)ga o‘zgartiriladi. Turli modemlar ma’lumotlarni 
    uzatish tezligi, ma’lumotlarni uzatish uzoqligi va intellektual qobi-
    liyatlariga qarab bir-biridan farqlanadi. Oddiy modemlar o‘zining 
    sodda funksiyasi modullashtirish va demodullashtirishni bajaradi. 
    Boshqa murakkabroq modemlar o‘z dasturiy ta’minotiga ega 
    bo‘lib, bir qator qo‘shimcha funksiyalarni bajarishga qodir: 
    – telefon raqamlarini avtomatik terish;
    – ma’lumotlar uzatish tezligini avtomatik boshqarish va boshqa-
    lar. 
    Ba’zi bir modemlar ma’lumotlarni bir yo‘nalishda uzatishi yoki 
    qabul qilishi (simpleks rejim) mumkin, boshqalari esa ikki yo‘na-


    224
    225
    lishda ham (poludupleks rejim) ishlay oladi. Modemlar konstruksi-
    yasiga ko‘ra tashqi qurilma sifatida bo‘lishi yoki kompyuter ichiga 
    o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Undan tashqari, bugungi kunda sim-
    siz ishlaydigan flesh modemlar ham mav-
    84- rasm. flesh modem.
    jud bo‘lib, ular ma’lum bir masofada ax-
    borotlarni bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga 
    uzatish qobiliyatiga ega. 
    Axborot texnologiyasi boshqa har 
    qanday texiologiyalar kabi quyidagi ta-
    lablarga javob berishi kerak:
    – axborotga ishlov berishning barcha jarayonini bosqichlar 
    (fazalar), operatsiyalar, amallarga bo‘lishning yuqori darajasini 
    ta’minlash;
    – maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan elementlarning barcha 
    to‘plamini ishga solish;
    – doimiy xarakterga ega bo‘lish. Texnologik jarayonning bos-
    qichlari, amallari va operatsiyalari standartlashtirilgan va unifi-
    katsiyalashtirilgan bo‘lishi mumkin, bu axborot jarayonlarini maq-
    sadli boshqarishni samarali amalga oshirish imkonini beradi. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish